Maxsus fanlarni o'qitish jarayonida qo'llaniladigan o'qitish metodlari Reja: Maxsus fanlarni o'rganishda qo'llaniladigan metodlar ta'lim vositalari ta'lim vositalarini tanlash mezonlari ta'lim vositalarini tanlashni aniqlovchi omillar 1. Maxsus fanlarni o'rganishda qo'llaniladigan metodlar Maxsus fanlarni o'qitish metodlari asosiy o'rinni egallaydi. Metod - yunoncha atama bo'lib, usul, yo'l degan manoni anglatadi, yani maqsadga erishish yo'lini bildiradi. Metodlar (usullar) har qanday axborotni (maqsadni) uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab quyidagi sinflarga ajratiladi: So'z orqali ifodalanadigan metod. Ko'rgazmali metod. Amaliy metod. Axborotni so'z orqali yetkazish va qabul qilishga qaratilgan birinchi guruh metodlariga: Hikoya, suhbat, ma'ruza kabilarni kiritish mumkin. Nutq madaniyatini o'stirishda hikoyaning o'qitish va fikrlarni bayon qilish metodi sifatidagi imkoniyatlari boshqa metodlarga nisbatan yuqoridir. Hikoya qilish - pedagog tomonidan yangi o'tilayotgan mavzuga oid fakt, hodisa va voqealarning yaxlit yoki qism larga bo'lib, obrazli tasvirlash yo'li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon etiladi. Bu metod materiallarni bayon qilishdi, obrazlarga xarakteristika berishdi, tabiat hodisalari va ijtimoiy hayotdagi voqealarni tasvirlashda qo'l keladi. Hikoya qilish davomida talabalar passiv tinglovchi bo'lib qolishlariga yo'l qo'ymaslik kerak. Talabalarning diqqatini tasvirlanayotgan obyektga qaratibgina qolmay balki xuddi shu obyekt haqida ular ongli va aktiv fikr yuritishlarini ham ta'minlamoq lozim. O'quv materialini tushuntirish-pedagog tomonidan o'rganilayotgan mavzuning narsa, hodisa va voqealarning mazmunini xarakterlaydigan tushuncha, qonun va qoidalarni uqtirishdir. Bu metod ko'proq aniq, fundamental fanlarni va shunga o'xshash fanlarni o'qitishda ko'proq qo'l keladi. Pedagogning malum bir fanning u yoki bu mavzuga oid qonun, qoidalarni qanchalik asosli ekanligini faktlar, misol va dalillar keltirish, shuningdek masalalar, misollar ishlash yo'li bilan isbotlab beradi. ma'ruza metodi. Bu metod o'quv materialini hajmini kattaligini, mantiqiy tuzilishi, obrazlari isbot va umumlashtirishning anchagina murakkabligi bilan farqlanadi. Agar hikoya darsning bir qisminigina egallasa, ma'ruza odatda ularni to'la qamrab oladi. ma'ruza davomida muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish, mavzuga oid ko'rgazmali materiallarni namoyish etish, ma'ruza oxirida umumiy xulosalar chiqarish kabilar samaradorlikni oshiradi. Suhbat. Bu metod asosan savol-javob yo'sinida olib boriladi. Suhbatlarning malum maqsadga qaratilganligi ularning xarakterini belgalaydi. Suhbat evristik xarakterda, etik xarakterda, instruktiv metodik xarakterda bo'lishi mumkin. O'qitishning ko'rgazmali metodlari. Iqtisodiy ta'limda ko'rgazmalilik metodi namoyish etish, illyustratsiya va ekskursiya tariqasida olib borilishi mumkin. ta'limda namoyish etish metodidan foydalanish a sosan materiallarning xarakteriga-mazmuni, shakli ham hajmiga bog'liqdir. Namoyishning o'zi ham turlicha bo'lishi mumkin: a) aslicha ko'rsatilishi mumkin bo'lgan buyum va narsalar, o'simliklar va ularning tarkibi, kolleksiyalar, asbob va mashinalar, modellar va hokazo. Ekskursiya metodi. Ekskursiya metodi sinf sharoitida dars jarayonida qo'llaniladigan o'qitish metodidan tubdan farq qiladi. Bu metod bilan o'rganilayotgan narsa va hodisalarni tabiiy sharoitda (zavod, fabrika, tabiatni kuzatishga) yoki maxsus ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
5.79 MB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:22
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
5.79 MB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:22 ]
Arxiv ichida: docx