Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi fanining mazmuni, predmeti va maqsadi Reja: O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'g'risidagi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi da oliy ta'limga qo'yilgan talablar. Oliy ta'lim tizimi. Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi pedogogik fan sifatida. Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi fanini predmeti, maqsad va vazifalari. Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi fanining tadqiqot metodlari. Tayanch so'z va iboralar: Ta'lim to'g'risidagi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta'lim, fan, ishlab chiqarish,oliy ta'lim tizimi, fanning maqsadi va vazifalari, ta'lim, bilim, ko'nikma, malaka, didaktika, metodika, metod, kasbiy pedagogika, o'qitish metodikasi, kasb, mahorat, tadqiqot metodlari, kuzatish usuli, suhbat usuli, pedagogik so'rov usuli, test, so'rovnomalar, statistik ma'lumotlarni tahlil qilish usuli, ijtimoiy tadqiqot usuli, biomexanik usullar, psixofiziologik usullar. O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'g'risidagi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi da oliy ta'limga qo'yilgan talablar. O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'g'risidagi Qonunining maqsadi fuqarolarga ta'lim, tarbiya berish, kasb-hunar o'rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta'minlashga qaratilgan. Ta'lim to'g'risidagi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, davlat ta'limi standarti va o'quv rejasi kabi me'yoriy hujjatlarda bugungi kunda yosh avlodga ta'lim-tarbiya berishga qo'yilgan talablar o'z aksini topgan. Ushbu hujjatlarda chuqur bilimli, erkin fikrlovchi, o'zida yuksak insoniy fazilatlarni mujassam etgan barkamol shaxsni tarbiyalash birinchi galdagi vazifa etib belgilangan. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarning iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchi; davlat va jamiyat - ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari; uzluksiz ta'lim - malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo'lib, ta'limning barcha turlarini, davlat ta'lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko'rsatish muhitini o'z ichiga oladi; fan - yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi; ishlab chiqarish - kadrlarga bo'lgan ehtiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo'yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatdan ta'minlash jarayonining qatnashchisi. Uzluksiz ta'lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta'lim standartlari asosida, turli darajalardagi ta'lim dasturlarining izchilligi asosida ta'minlanadi va quyidagi ta'lim turlarini o'z ichiga oladi: maktabgacha ta'lim; umumiy o'rta ta'lim; o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi; oliy ta'lim; oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim; kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; maktabdan tashqari ta'lim. Oliy ta'lim tizimi. O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning o'ziga xos yo'lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo'ydi. Ta'lim ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
104.5 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:22
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
104.5 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:22 ]
Arxiv ichida: doc