Maxsus fanlarni o'qitishda o'qituvchining kasbiy-pedagog faoliyati Reja: Maxsus fanlarni o'qitishda pedagogik texnologiyaning asosiy elementlari Yangi pedagogik texnologiya Iqtisodiy ta'lim metod va vositalari 1. Pedagogik texnologiyaning asosiy elementlari Pedagogik texnologiyaning asosiy elementlari quyidagilardan iborat: 1. Pedagogik muloqot texnologiyasida o'qituvchi (pedagog)ning o'quvchi- talabalar bilan muloqoti. Muloqotning vazifalari: shaxsni tanish, axborot almashish; kelgusi pedagogik muloqotni modellashtirish va taqlil etish; muloqotdan olinadigan tasavvurlar; muloqot yuzasidan fikrlash va fikr almashish; pedagogik muloqotni tashkil etishning texnikasi va texnologiyasi - ishga ijodiy yondashish va boshqalar. Pedagogik talab texnologiyasi. «pedagogik talab» tushunchasi, uning o'ziga xos xususiyatlari; xulq-atvor va ijtimoiy-madaniy qoidalarning namoyon bo'lishi; o'quvchi-talabaga bo'lgan qurmat va talab; pedagogik talabning psixologik tamoyillari va mezonlari. 2. Baholash texnologiyasi, pedagogik baqo va uni mezonlash. xatti-qarakatlardan olingan taassurot, voqelikni, obyekt va subyektni qabul qilish; baho berish usullarini tanlash, o'qituvchi(pedagog)ning o'z imkoniyatini taqlil etishi va ta'sir samaradorligini oshirishi); -pedagogik baqolash texnologiyasi. 3. Axborotning ta'sir ko'rsatish texnologiyasi. nutqiy-axborot berish, «ratsional axborot berish» tushunchalari, demonstratsion va ko'rgazmali vositalar-axborot olish vositalaridan biri sifatida; nutqiy ta'sir etish, suqbat, qamkorlik, tezis, argument, ko'rgazmalar va obrazlar; nutqiy ta'sir etish texnologiyasi; demonstratsion va ko'rgazmali vositalar, etik, iqtisodiy, estetik, gigiyenik materiallar; qabul qilishning fiziologik va psixologik xususiyatlarini demonstratsiya qilish texnologiyasi. Pedagogik vaziyatlarni yaratish va uni yechish texnologiyasi. pedagogik konflikt tushunchasi - konflikt pedagogik texnologiya elementi sifatida, konflikt subyektlari orasidagi qaramaqarshiliklar, bo'sh va mazmunli konflikt; - qolat taqlili (voqeani aniqlash); konflikt; Pedagogik texnologiya - ta'lim shakllarini optimallashtirish maqsadida o'qitish va bilimlarni o'zlashtirish jarayonining inson saloqiyati va texnik resurslarni qo'llash, ularning o'zaro ta'sirini aniqlashga imkon beradigan tizimli metodlar majmuasidir. Shuningdek, texnologiya deganda, subyekt tomonidan obyektga ko'rsatilgan ta'sir natijasida subyektda sifat o'zgarishiga olib keluvchi jarayon tushuniladi. Texnologiya qar doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalanib, obyektga yo'naltirilgan aniq maqsadli amallarni muayyan ketma - ketlikda bajarishni ko'zda tutadi. Yuqorida keltirilgan tushunchalarni o'quv jarayoniga ko'chiradigan bo'lsak, o'qituvchi(pedagog)ning o'qitish vositalari yordamida o'quvchi- talabalarga muayyan sharoitlarda ko'rsatgan tizimli ta'siri natijasida ularda jamiyat uchun zarur bo'lgan va oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarni intensiv tarzda shakllantiruvchi ijtimoiy qodisa yoki boshqacha aytganda, o'qituvchi tomonidan o'qitish vositalari yordamida o'quvchilarga ta'sir ko'rsatish va bu faoliyat maqsuli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni deb ta'riflash mumkin. Professor N. Sayidaxmedovning fikricha, «Texnologiya - bu shaxsni o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirish qonunlarini o'zida jo qiladigan va yakuniy natijani ta'minlaydigan pedagogik faoliyatdir». Texnologiya tushunchasi regulyativ (tartibga solib turuvchi) ta'sir etish kuchiga ega bo'lib, erkin ijod qilishga undaydi: samarador o'quv-bilish faoliyatining asoslarini topish; uni ekstensiv (kuch, vaqt, resurs yo'qotishga olib keladigan samarasiz) asosdan ko'ra intensiv (jadal), mumkin qadar, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
426.51 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:22
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
426.51 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:22 ]
Arxiv ichida: docx