Maxsus fanlarni o'qitishni loyihalashtirish va rejlashtirishda o'qitish maqsadlarini belgilash yo'llari Reja: Mutaxassis modeli ta'lim maqsadlarini aniqlashning asosi sifatida. O'qitish maqsadlarining mohiyati va mazmuni. Maqsadlar taksonomiyasi. Pedagogik texnologiyani loyihalashtirish va rejalashtirish yo'llari 1. Mutaxassis modeli ta'lim maqsadlarini aniqlashning asosi sifatida Pedagogik amaliyotda yangi yo'l va vositalarini jadal tatbiq etilayotganligini kuzatish mumkin. Biroq bazi ta'lim shakl va faol usullar o'rniga bo'linmas ta'limiy texnologiyalar zarur. Lekin ta'limiy jarayonni texnologiyali loyihalashtirish va rejalashtirishni, faqat texnologik bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'lgan o'qituvchi bajara olishi mumkin. Texnologik bilimlar tizimi quyidagi tashkil etuvchilardan iborat: tushunchaga oid qism - texnologyalashtirishning murakkabroq bo'lgan toifa va qoidlarini o'rganishga yo'l; ta'lim texnologiyasining tarkibiy qism va harakatlanuvchi tuzilma - ta'lim jarayonini bashoratlash va loyihalashtirish asosi to'g'risida tushuncha; ta'limiy texnologiyalarning kontseptual asoslari - har qanday ta'lim texnologyasi negiziga pedagogik va psixologik fanlar yutug'ida ifodalangan pedagogik g'oya asos bo'ladi; maqsadni belgilash - agar pedagogik vazifalar aniqlangan bo'lsa va o'quv faoliyatining yakuniy natijalari bir manoda ifodalangan bo'lsa, boshlanish shartlari malum bo'lsa, ta'lim jarayonini loyihlashtirish mumkin; ta'lim berish modeli - maqbul yo'llar (usul va shakllar) va vositalar yig'indisi - mavjud sharoitlar va belgilangan vaqtda obyektning boshlang'ich holatini o'zgartirish bo'yicha ko'zlanayotgan natijalarga erishish kafolati; boshqaruvning yo'l va vositalar yig'indisi: bashoratlash, loyihalashtirish, rejalashtirish, tashkillashtirish, nazorat va baholash, shuningdek tezkor o'zgartirish to'g'risida boshqaruv xulosasini qabul qilish maqsadida ta'lim jarayonini uzluksiz va muntazam kuzatish - monitoring. Siz ta'lim berishni texnologiyalashtirish asosini o'rganishni boshlashingizdan avval, quyidagi maslahat va tavsiyalarga etiboringizni qarating. O'qitish rejasini tuzishning har bosqichida o'qituvchining boshqaruv harakatlarini ko'rib chiqamiz. Maqsadni belgilash - didaktik vazifalarni aniqlash, o'quv natijalarini shakllantirish. Bu pedagogik faoliyatni asosiy omili bo'lib, ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchining birgalikdagi faoliyati harakatini umumiy natijaga yo'naltiradi. Tashxis - ta'lim oluvchilar xususiyatlarini va mavjud moddiy - texnik imkoniyatlarni o'rganish. Bu maqsadni to'g'rilash zarurligiga va ularga erishish vositalarini tanlashga imkon beradi. Bashorat qilish - o'rnatilgan vaqt ichida mavjud sharoitlarda pedagogik va o'quv faoliyati natijalarini oldindan ko'rish. Loyihalash - oldindagi faoliyat modelini tuzish, mavjud sharoitlarda o'rnatilgan vaqt mobaynida yo'l va vositalarni tanlash uchun, maqsadga erishish bosqichlarini ajratish, ular uchun alohida vazifalarni shakllantirish, o'quv axboroti va qaytar aloqani yetkazish vositasi va yo'llarini aniqlash. Tashxis, bashorat qilish va loyihalash rejani ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi. Rejalashtirish - oldindagi o'zaro bog'liq pedagogik va o'quv faoliyatining rejasini ishlab chiqishdan iborat bo'ladi. U texnologik xarita ko'rinishida rasmiylashtiriladi. tashkillashtirish - ta'lim beruvchi tomonidan talabalarni belgilangan ishga jalb qilish, belgilangan maqsadga erishishda ular bilan hamkorlik qilish. Axborotli ta'minlash - o'quv axboroti va qaytar aloqani yetkazib berishning yo'l va vositalarini ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
645.02 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:22
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
645.02 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:22 ]
Arxiv ichida: docx