Maxsus fanlarni o'qitishni metodlari

Maxsus fanlarni o'qitishni metodlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Maxsus fanlarni o'qitishni metodlari - rasmi

Material tavsifi

Maxsus fanlarni o'qitishni metodlari Reja: Ta'lim metodlarining tasniflanishi Og'zaki metodlar. Ko'rgazmali metodlar Amaliy metodlar Ta'lim jarayonida interfaol metodlardan foydalanish Ta'lim metodlarini tanlash Tayanch so'z va iboralar: Ta'lim metodlari, og'zaki metodlar, ma'ruza, hikoya, bahs-munozara, amaliy metodlar, ko'rgazmali metodlar, ta'lim metodlarini tanlash, interfaol metodlar. Ta'lim metodlarining tasniflanishi Ta'lim metodi deganda ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchilarning birgalikdagi faoliyat yo'llari tushuniladi. Bularning yordamida ta'lim oluvchilar bilim, ko'nikma, malaka, kasbiy mahoratlarni egallashga erishadilar, aqliy va jismoniy kuch va ijodiy qobiliyat rivojlanadi. Pedagogikada ta'lim metodlarini tasniflanishiga va belgilashga bir xil yondashuv mavjud emas. Ta'lim metodi tushunchasining mazmunini ochish to'g'risida munozaralar hozirgi vaqtda ham davom etib kelmoqda. Ba'zi olimlar metodni belgilashda bilish manbalarining xususiyatlarini asosiy deb hisoblaydilar, boshqalari ta'lim oluvchilarning tafakkuridagi ijodiy faollik va mustaqillik, ba'zi olimlar esa ta'lim oluvchilar faoliyatida ta'limning turli bosqichlaridagi tavsifini muhim deb hisoblaydilar. Ta'lim berishda uning ikki tomoni: o'qitish va o'qish tomonlari hamma vaqt aniq ajralib turadi. O'qitish - ta'lim beruvchining ta'lim oluvchilarga bilim, ko'nikma va malakalar tizimi berish, ularning bilish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish borasidagi faoliyati. O'qish - ta'lim oluvchilarning o'quv fani materialini o'zlashtirish borasida qiladigan tizimli va ongli mehnatidir. O'qitish jarayoni murakkab va ko'p qirrali bo'lib, nihoyatda xilma-xil va turli xarakterdagi omillarga bog'liq. O'qituvchi o'qitish metodlarining bitmas-tuganmas xazinasiga ega. O'qitish metodlarini quyidagicha tasniflanadi (1-rasm). O'qitish metodlari o'quv jarayonining amalga oshirish, ya'ni o'qitish va o'qish metodlari bo'lganligidan, har bir metodga o'qituvchi faoliyati va talabalar faoliyati nuqtai nazaridan qarash lozim. Shuning uchun ham, ta'lim metodlarini o'quv materiallarini uzatish va idrok etish manbalari bo'yicha quyidagicha guruhlash mumkin (1-jadval). Og'zaki metodlar. Agar talabalar asosiy o'quv axborotini o'qituvchining o'quv mulohazalari va isbotlari jarayonida yoki darslik mavzulari asosida olsalar, bunday metodlar og'zaki metodlar jumlasiga kiradi (tushuntirish, hikoya, suhbat va h.k.). Og'zaki metodlarga o'quv materialining o'qituvchi tomonidan og'zaki bayon qilinishiga, hikoya, tushuntirish, suhbat ta'lim oluvchilarning texnik adabiyoti bilan mustaqil ishlashi yozma instruktsiya berish, ovoz yozuvchi televideniye kabilar kiradi. Talabalarga o'quv materialini bildirishning asosiy metodlaridan biri so'zlab berish, tushuntirish, ma'ruzani o'z ichiga oladigan og'zaki bayon etishdir. Bularning hammasida ta'lim berishning faqat bir vositasidan - o'qituvchi so'zidan foydalaniladi. So'zlab berish o'quv materialini hikoya tarzida bayon etishni ko'zda tutadi. Bu metod o'quv materiali, asosan, tavsifiy xarakterda bo'lib, mantiqiy izchilligi bilan farq qiladigan hollarda qo'llaniladi. So'zlab berish yordamida, odatda, kirish mavzulari, mashina va mexanizmlarning umumiy tuzilishi, materiallarning xossalari va ishlatilishi, ishlab chiqarishning umumiy texnologiyasi masalalari va shu kabilar bayon etiladi. Tushuntirish o'quv materialini og'zaki bayon etishni ko'zda tutadi. Tushuntirish jarayonida o'qituvchi solishtirish, taqqoslash, deduktsiya, induktsiya, asoslash, qonuniyatlar chiqarish, masalalar yechish va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 119.23 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 119.23 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga