Maxsus maktabda ish qog'ozlari ustida ishlash metodikasi . Reja: Maxsus maktabda ish qog'ozlari ustida olib boriladigan ishlarning ahamiyati, vazifasi. hujjat turlari va xususiyatlari. Munshoat tili va uslubi. Yordamchi maktab o'quvchilarini ish qog'ozlarini yozishga o'rgatish yo'llari. O'zbekiston Respublikasida o'zbek tili Davlat tili maqomi berilishi munosabati bilan O'zbekistondagi korxona muassasa, tashkilot va birlashmalarida ishni o'zbek tilida yuritishga utildi. Yordamchi maktab o'quvchilari maktabni bitirgach ushbu korxona, muassasalarda mustaqil ishlab, zarur bo'lganda, xar qanday ish qog'ozini xatosiz, to'g'ri yoza bilishlari kerak. Ish qog'ozlarini yoza olish-olingan bilimlarni amaliy hayotga bevosita qo'llash demakdir. Ish hujjatlarisiz na bir muassasa, na bir tashkilot faoliyat kursata olmaydi. Ish qog'ozlari-kishilarning uzoq ish va mehnat munosabatlari jarayonida tarkib topgan muayyan shakl va izchillikda tuzilgan va yozilgan hujjatdir. nutq madaniyati-madaniyatli, ma'lumotli kishining muhim fazilatidir. Bunday odam tafakkur kila bilishi va o'z fikrlarini og'zaki hamda yozma shaklda to'g'ri, aniq, chiroyli ifodalay bilishi kerak. Buning uchun esa fikr aniq va izchil, asosli bo'lib, tilning grammatik, so'z va orfoepik me'yorlariga rioya etilishi muhimdir. Malumki, xar bir kishi mustaqil ishlab chiqarish faoliyatida turli tuman hujjatlar yozishiga to'g'ri keladi. sharqda 10-19 asrlarda yerlik, farmon, bitimlar, arznoma, karznomalar, tilxat yoki mazmunan shunga yaqin hujjatlar nisbatan keng tarkalgan. Yorliklar mazmunan har xil bo'lgan: xabar, farmoyish, bildirish, tasdiklashlar. 19 asrda Kukon xonligida keng tarkalgan hujjatlardan biri patadir. Patta malum kishiga muayyan miqdordagi pul, mahsulot, urug yoki boshqa narsalarni berish lozimligi haqidagi ma'lumot aks ettirilgan. Patta matnlarida xam o'ziga xos doimiy tarkib va muayyan nutqiy kolip turgunlashgan. Umuman, o'tmish hujjatlardagi muayyan turgun tarkib va kolip o'zbek hujjatchiligi uzoq tarixiy tajriba va tajrijiy takomil maxsuli ekanligining dalilidir- deb yozilgan O'zbek tilida ish yuritish nomli K.Mahmudov, A.Madvaliev, N.Maxkamov, M. Aminovlarning kitobida. hozirgi kunda O'zbekistonda ushbu kitob asosida ish yuritilmokda. Kitobning dastlabki boblarida ish yuritish hujjatlarining o'ziga xos xususiyatlari, turlari, umumiy metodik tomonlari hamda hujjat tili ustida tuxtalib utilgan. hujjatlar xizmat va shaxsiy hujjatlarga bulinadi. Xizmat hujjatlari muasasa, tashkilot, korxona yoki ularning vakolatga ega bo'lgan mansabdor shaxslari nomidan bo'ladi. Bayonnoma, tavsifnoma, dalolatnoma, shular jumlasidandir. alohida fuqarolar nomidan yozilgan hujjatlar-tarjimai xol, ariza, ishonchnoma, xat va shu kabilar shaxsiy hujjatlarga kiradi. hujjatlar tarixiy manba, dalillash, guvoxlik vositasi bo'lib xizmat qiladi. Yaratilishi o'rniga ko'ra hujjatlar ichki va tashqi hujjatlarga bulinadi. Ichki hujjatlar ayni muassasaning uzida tuziladigan va shu muassasa ichida foydalaniladigan hujjatlardir, muayyan muassasaga boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslardan keladiganlari esa tashqi hujjatlardir. hujjatlar mazmunigan kura ikki turli bo'ladi: 1.Sodda va murakkab hujjatlar. Sodda hujjat muayyan bir masalani o'z ichiga oladi. Murakkabi esa ikki xil yoki undan ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.52 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:22
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.52 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:22 ]
Arxiv ichida: doc