O'zbekiston RespublikaSI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI Otamurodova Zuhra «MAXSUS MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARGA TASHXIS QO'YISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK» BITIRUV MALAKAVIY ISH Ish ko'rildi va himoyaga Ilmiy rahbar: ruxsat berildi : p.f.n. dost.L.Beknazarova Qarshi - 2012 M U N D A R I J A KIRISH 3 I BOB. PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK TASHXIS QO'YISH MUAMMOLARINING O'RGANILISHI7 1.1. Psixologik-pedagogik tashxis qo'yishning nazariy o'rganilish tarixi7 1.2. O'zbekistonda maxsus maktabgacha tarbiya muassasalar tizimining rivojlanishi16 1.3. Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarning psixolog va pedagoglarining ish faoliyati20 II BOB. MAXSUS MAKTABGACHA TARBIYA MUASSASALARIDA PSIXOLOGIK -PEDAGOGIK TASHXIS QO'YISH MUAMMOSINI UMUMLASHGAN HOLDA TAHLIL QILISH 25 2.1. Maxsus maktabgacha yoshdagi bolalar analizatorlarida uchraydigan kamchiliklari 2.2. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga tashxis qo'yish metodikalarining amaliy tahlili43 Xulosalar va tavsiyalar58 Adabiyotlar60 Kirish Mavzuning dolzarbligi: Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq Respublikamizda sog'lom avlodni tarbiyalashga katta e'tibor berilmoqda. «Barkamol» avlodni tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ko'tarilib, bu masalaga ustivor vazifa deb qaralmoqda. Mustaqil Vatanimizning birinchi ordeni «Sog'lom avlod uchun» deb atalgan, «Sog'lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg'armasining tuzilganligi, 200 yilni «Sog'lom avlod yili», 2001 yilni «Ona va bola yili», 2012 yilni Mustahkam oila yili deb e'lon qilinganligi fikrimizning dalilidir. Prezidetimiz tomonidan «Sog'lom avlod» ruknidagi, maxsus yordamga muhtoj bo'lgan bolalarni sog'lomlashtirish, ularni sog'lom kishilar qatoriga qo'shish, ijtimoiy, moddiy jihatdan himoyalash, mehnatga, ijtimoiy hayotga moslashtirish masalalariga doir qator qarorlar , hujjatlar chiqarilmoqda, qabul qilinmoqda. Respublikamizda so'nggi paytlarda bolalarnining sog'lom tug'ilishini ta'minlash, anomaliyalarning oldini olish hamda jismoniy yoki ruhiy rivojlanishda kamchiliklari bo'lgan bolalarni ertaroq aniqlash chora-tadbirlari ustida talaygina ishlr olib borilmoqda. Bu masalani tez va samarali hal bo'lishini ta'minlash maqsadida onaning homiladorlik davridan boshlab to bola voyaga etgunga qadar uning rivojlanishi tibbiyot xodimlari, o'qituvchi va tarbiyachilar, psixolog, defektologlar tomonidan nazorat qilinib, Sog'lom avlod»dasturini to'g'ri amalga oshirilishini ta'minlash chora-tadbirlari ishlab chiqilmoqda, tashkil etilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganidek: Hayotimizni hal etuvchi muhim masalalar qatorida… buyuk ma'naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta'lim va tarbiya tizimini takomillashtirish, uning zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg'unlashtirish asosida jahon andozalari va ko'nikmalari darajasiga chiqarish, barkamol avlodni tarbiyalash zarur. Ushbu mulohazalardan ko'rinib turibdiki, Respublikamizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning yaratuvchisi sifatida shakllanayotgan yosh avlodni voyaga yetkazish, ularning zamon talablari darajasida bilim olishi, shaxs sifatida kamol topishi, kasb-hunar sirlarini o'rganishi va kundalik turmush yumushlarini hal etishga tayyorlab borish masalasi asosiy muammolar tariqasida ta'lim jarayonida ko'ndalang bo'lib turibdi. Ma'lumki, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida keltirilgan uzluksiz ta'lim tizimining barcha bo'g'inlarida ushbu muammoni hal etishda o'qitish jarayoni subyektlarining o'ziga xos o'rni mavjud. Jumladan, maxsus maktabgacha tarbiya muassasalari bolalarini ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
105.22 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:22
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
105.22 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:22 ]
Arxiv ichida: doc