Maxsus maktablarda ekologik tarbiya berish metodikasi

Maxsus maktablarda ekologik tarbiya berish metodikasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Maxsus maktablarda ekologik tarbiya berish metodikasi - rasmi

Material tavsifi

Maxsus maktablarda ekologik tarbiya berish metodikasi Reja: Ekologik tarbiyaning ahamiyati. Psixi-jismonan kamchiligi bor bolalarda amalga oshirish yo'llari. Ekologik bo'yicha ilg'or o'qituvchilarning vazifalari. Inson tabiatga, o'zini urab turgan muhitga nisbatan o'z munosabatlarini uzgartirish, tabiat qonunlarini bilish, o'rganish va shu tabiat haqidagi qonunlar yuzasida o'z hayotini rejalashtirish shart. Tabiat qonunlariga mos keladigan hayot yo'llarini ishlab chiqish kerak. Aks holda inson va uning jamiyati katta tabiiy ofartalarning kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Shu ofatlardan xalok bo'ladi. Insoniyat jamiyatini dadil kadamlar bilan yuksak darajada rivojlangan va fan-texnika asosida kurilgan sanoat tarmoqlari yuzaga keltirdi. Suv inshoatlari, yangi-yangi shahar qishloqlarni bunyod etilishi inson bilan tabiat o'rtasida yangi munosabatlarni yuzaga keltiradi. Inson tabiatni rejalashtirish tabiat qonunlarini va uning bir butun yaxlitligini, turgunligini buzadi. Tabiatni va uning asosiy elementlari bulmish suvni, tuproqni, havoni zaharladi. Natijada million-million yillar davomida turgun bo'lgan tabiiy holat buzildi. Inson tabiatni bir kismi bo'lishi bilan bir katorda, uzining hayot faoliyatida yangi-yangi usullar bilan tabiatga ta'sir qilishi davom ettirmokda. hozirgi kunda yer yuzida inson kuli yetmagan tabiatning biror-bir burchagi kolmadi. Fan-texnika rivojlanishining tabiatga salbiy ta'siri, yer yuzida ko'p mavjudotlarni yukolib ketishiga, olib kelayotgan turli ofatlar, ziddiyatlar muhim ekologik muammolarni kun tartibiga kuydi. Tabiatni ekologik barqarorligini turgunligini va uning tabiiy qonunlarini buzilishiga, insonda ekologik bilimlarning bulmasligidan tabiatni kelajakdagi ekologik holati qanday bo'lishini oldindan kura bilmasligi sabab bo'lgan. Ekologik bilim, bu tirik tabiatni tuzilishi, rivojlanishi, o'zgarishi, yer yuzidagi tirik jonzodlarning holati, ularni bir-birlari va atrof-muhit o'rtasida bo'lib turadigan munosabatlarni, tabiiy boyliklarni son va sifatini, xajmini, xillarini hamda ularni saqlash va tejamkorlik bilan foydalanish yo'llarini uzlashtirishdan iboratdir. XX asr o'z rivojlanish tezkorligi natijasida jiddiy va katta o'zgarishlarga olib kelishi bilan yakunlanmokda. Bir necha million yillar davomida bunyod bo'lgan koinotning tabiiy ko'rinishi, keyingi 10-15 yil ichida juda ogir holatga tushdi. havo buzildi, ifloslandi. Jumladan tuproq zaharli moddalar bilan jarohatlandi. Suvlar turli moddalar bilan ifloslandi va xokazo. Bu holatlar oqibatida inson salomatligiga salbiy ta'sir kila boshladi. Eng avvalo bolalar, onalar, keksalar sogligiga ogir ta'sir kilmokda, yangi-yangi kasalliklar kelib chikmokda. hozirgi kunning eng dolzarb muammolaridan biri fan texnika yutuklari asosida aholining turli tabakalari orasidan ekologik ta'lim-tarbiya madaniyatga oid bilimlarni oshirish yo'li bilan tabiat muhofazasini tezlashtirishni turli chora-tadbirlarini ishlab chiqish va bu borada mutaxassislar tayyorlashni har xil yullar bilan amalga oshirish kerak. Maxsus maktabda ekologik ta'lim va tarbiyaning dolzarbligi Ekologiya (grekcha-yashash joyi, turgan o'rni degan so'zlardan olingan bo'lib) tirik organizmlar hamda ularning atrof muhit bilan o'zaro munosabatlari to'g'risidagi fandir. Bu so'z 1866 yilda nemis zoologi Ernest Gekkel (1834-1919 y) tamonidan taklif etilgan. Ekologiya ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.22 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:23 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.22 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga