Maxsus maktablarda estetik tarbiya berish metodikasi Reja: Maxsus maktablarda estetik tarbiya berish metodikasi Estetik ehtiyoj Estetika ancha keng manoga ega bo'lib, shaxsni tabiat va jamiyatdagi go'zalliklarni ideal nuqtai nazardan idrok etishga urgatadi. Shuningdek, estetik faoliyatga, vokelikni go'zallik qonun-kodalari asosida uzgartirishga qobiliyatli shaxsni tarbiyalaydi. Estetik tarbiya alohida yordamga muhtoj o'quvchilarda estetik bilim, ko'nikma va malakalarni shakillantirishni hamda estetik his- tuyg'uni, kizikish, ehtiyoj, baho berish kabi xislatlarni tarbiyalash masalasini o'z ichiga oladi. alohida yordamga muhtoj o'quvchilarda go'zallik haqidagi bilimlar hayot vokeyligi, buyumlar va rang-barangligi, turlarini hamda san'at, tevarak-atrof, hayot, tabiat manzaralari va har xil janrdagi san'at asarlari: grafika rang-tasvir, amaliy san'at, adabiyot, musiqa asarlari bilan tanishib boradilar. Maxsus maktabda estetik tarbiya bir butun korreksion tarbiyaviy jarayonning ajralmas kismidir. to'g'ri sharoit yaratilganda rivojlanishida nuqsoni bor o'quvchilar ommaviy maktabda ta'lim olayotgan tengdoshlari darajasiga etishi imkoniga ega bulmasalarda estetik rivojlanishda ancha oldinga kadam kuyadilar. alohida yordam muhtoj bolalarni estetik tarbiyalash masalasi juda dolzarbdir. Chunki estetik tarbiya yordamchi maktab o'quvchilarining umumiy rivojlantirishdagi asosiy omillaridan biridir. Yordamchi maktab o'quvchilarining estetik tarbiyalash masalalarini rossiya olimlari I.A.Valtsev, I.A.Groshenkov, T.N.Golovini, A.D.Shishkova, I.A.Yaroshenko, S.I.Milovskaya, N.P.Pavlova va boshqa tadqiqotchilar o'z ishlarda yoritganlar. T.N.Golovina «Yordamchi maktabda estetik tarbiya» kitobida yordamchi maktablarda rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni tarbiyalash tajribalarini yoritib bergan bazi mualiflarning makolalari xam keltirilgan. Mualiflar estetik did va estetik idrokni yordamchi maktab o'quvchilari uchun tushunarli bo'lgan ijodiylik elementlarini shakllantirish masalalarini tahlil kilganlar. Shuningdek ular estetik tarbiyaning korreksion ahamiyatini alohida takidlaganlar. alohida yordamga muhtoj bolalarni go'zallikga oshno qilish, ularda hayotiy vokeylikni to'g'ri tushuntirish, oliyjanob his-tuyg'ularni va intilishlarni shakllantirishga yordam beradi. Bolalarda go'zallikni idrok qilishni tarbiyalash orqali ularda boshqa kishilarning kechinmalarini his eta bilish, kishilarning xursandchiliklariga sherik bo'lish, kaygusini birga baxam ko'rish kabi xususiyatlar tarkib topgan. Estetik taraqqiyot shaxsning estetik ongi va munosabati, estetik faoliyatining shakllanishi va takomillashuvida uzoq vaqtni talab etadigan jarayondir. Shuningdek estetik taraqqiyoti ijtimoiy-tarixiy va estetik tajribani ijodiy uzlashtirish natijasida yuzaga keladi, bu har xil yullar va shakllar bilan amalga oshiriladi. Shaxsning estetik jihatdan rivojlanishiga malum maqsadga qaratilgan ta'lim va tarbiya xal etuvchi rol uynaydi. Estetik ehtiyoj - kishi borliqni, badiiy faoliyatni uning har xil ko'rinishlarida estetik idrok etishga undovchi subyektiv omildir. Estetik ehtiyoj go'zallik to'g'risidagi fanning rivojlanishi qonuniyatlarini yanada chuqurrok o'rganishga undaydi. alohida yordamga muhtoj bolalar rivojlanishidagi o'ziga xos xususiyatlarni va maktabning maxsus muassasa sifatida alohida rolini etiborga olgan holda estetik tarbiyaga quyidagi vazifalarni xal etishiga yunaltiriladi: Xar bir bolaning shaxsini shakllanishiga katta etibor berib, uni mustaqil hayotga tarbiyalash, rivjolanishida nuqsoni bor o'quvchilarning rivojlanishidagi psixik va jismoniy nuqsonlarni korreksiyalashga yordam berish. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.64 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.64 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:23 ]
Arxiv ichida: doc