Maxsus maktablarda huquqiy tarbiya berish metodikasi Reja: 1. Maxsus maktablarda huquqiy tarbiya berish metodikasi Tayyorlov davri. Asosiy davr (tarix darslarida) Bolalikni ijtimoiy himoyalash bo'yicha xalqaro amaliyotida ogir sharoitga tushib kolgan, ijtimoiy himoya muhtoj bir necha turda bolalar ajratilgan. Bular orasidan aqliy rivojlanishida, sensor harakat, hissiy irodaviy jabhalarida yetishmovchiligi bo'lgan hamda hayoti va faoliyati cheklangan bolalarni alohida erdamga muhtoj bolalar deb nomlanadi. Nogiron bolalar alohida ehtiyojli bolalar, alohida yordamga muhtoj bolalar deb nomlanadi. Bunday bolalarni ijtimoiy himoyalash xalqaro xamjamiat davlatlarining muhim insonparvarlik vazifalari hisoblanadi. Bolalarni ijtimoiy himoyalash xalqaro huquqiy hujjatlarda etirof etilgan. Psixik va jismoniy rivojlanishda kamchiliklari bo'lgan bolalar huquqlari BMTning kator hujjatlarida bayon etilgan. BMT tashkilot ustavida etirof etilgan maqsad va tamoyillarga muvofik nogironlikning biror turiga ega bo'lgan insonlar fakatgina siyosiy, ijtimoiy, madaniy huquqlarini ruyobga chikarib kolmasdan balki bu huquqlardan boshqa insonlar bilan teng holda foydalanish mumkin. Inson huquqlari to'g'risidagi xalqaro dekloratsiyaning 25-moddasida xar bir odam o'zi va oilasining sogligi va farovonligini taminlovchi turmush darajasiga ega bo'lish huquqi tan olingan. Shuningdek ishsizlik, kasallik, nogironlik xollarida ijtimoiy ta'minlash huquqi xam tan olingan. Bolalar huquqlari to'g'risidagi xalqaro konvetsiyaning asosiy maqsadi bolalar manfatlarini maksimal himoyalashdir. Konvensiya nizomlari bolalarning yashashi, rivojlanishi, himoyalashni, jamiyat hayotida faol ishtiroki kabi huquqlarini ta'minlanishi kerak. Konvensiyaning 23-moddasida aqliy va jismoniy kamchiligi bo'lgan bo'lgan bolalarning jamiyatda munosib hayot kechirish tan olingan. 23-moddasining 1-bandida alohida yordamga muhtoj bolaning ta'lim olish, kasbga tayyorlash, unga tibbiy xizmat ko'rsatish, sogligini ta'minlash, mehnat faoliyatiga tayyorlashga doir ehtiyojlarining ustuvorligi ta'minlanishi zarurligi nazarda tutilgan. Nogironlar va imkoniyati cheklangan shaxslar alohida huquqlarga xam ega buladilar. Masalan kar va zaif eshituvchi shaxslarning sud majlislarida surdotarjimon xizmatidan foydalanish huquqidir. alohida huquqlar kupgina qonunchilik hujjatlarda takidlangan. O'zbekiston Respublikasining Nogironlarni ijtimoiy himoyalash to'g'risidagi qonunda nogironlarning mehnat qilish, ularga tibbiy xizmat ko'rsatish, uy joyga ega bo'lish sohasidagi alohida huquq va imtiyozlar imkoniyati cheklangan insonning jamiyatda o'z ijtimoiy mavkeyini kutarilishiga xizmat kildi. O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksi Konstitutsiyaga mos ravishda oila munosabatlarini muvofiklashtiriga xizmat qiladi. Kodeksda bola huquqining mustaqil subyekti sifatida kuriladi. Kodeksda ota-onalarning farzandani ta'lim olishi kasbga yo'naltirish, ularning huquq va manfatlarini himoyalash borasidagi huquq va majburiyatlari belgilangan. Tarbiyalash aqli zaif bolalarga qanday ishlarni qilish- kilmaslik haqida ko'rsatma berishdangina iborat emas. Tarbiyalovchi ana shunday xatti-harakatlarning ijtimoiy mazmunini anglab olishga, unda to'g'ri xatti-harakatlarni ijtimoiy mazmunini anglab olishga, unda to'g'ri xatti- harakatlarni ijtimoiy va shaxsiy kadri borligiga ishonch hosil bo'lishiga erishish kerak. huquqiy tarbiya boshqa tarbiya usullari bilan uzviy, chambarchas baglangan holda olib boriladi. alohida yordamga muhtoj bola maktabga kirgan ilk davirdan boshlab huquqiy tarbiya xam ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.94 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.94 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:23 ]
Arxiv ichida: doc