Maxsus muassasalarda ona tilini o'qitish uslubiyatining prinsiplari Reja: 1. Ona tili o'qitishda didaktik prinsiplarga amal qilish. 2. Ona tili metodikasining prinsiplariga amal qilish. 3. Ogir nutqiy nuqsonli bolalarga ona tilini o'qitish prinsiplari. 4. aqlan zaif bolalarga ona tilini o'qitish prinsiplari. Ona tili o'qitishda ilmiylilik, onglilik, faollilik, kurgazamalilik, uko'vchilarga individual va differensial yondoshish prinsiplari, izchillik, nazariyaning amaliyot bilan bog'liqligi prinsipi, propedevtiklik prinsipi va boshqalarga amal qilish talab etiladi. Maxsus muassasalarda ona tili o'qitish prinsiplari: tilga o'rgatishda nutqning funksional sistemasidagi barcha komponentlarga baravariga ta'sir ko'rsatish yo'li bilan ishni amalga oshirish. nutq va tafakkurning bog'liqligini inobatga olib, nutq o'stirish borasida bolaning fikrlash qobiliyati, tafakkurini ustirib borish va aksincha: og'zaki nutq asosida yozma nutqni shakllanshtirish va yozma nutqni o'stirish asosida boglangan og'zaki nutqni o'stirish prinsiplari. Ogir nutq nuqsonlariga ega bo'lgan bolalar bilan ona tili darslarida sistemali yondoshish, rivojlantiruvchi ta'lim, nutq va tafakkurning o'zaro bog'liqligi prinsiplaridan iborat tahlil etish usuli asosida ishni tashkil etish maqsadga muvofikdir. aqlan zaif bolalar bilan ishlash jarayonida tayyorgarlik ko'rish prinsipi, ko'rgazmalilik, izchillik individual yondoshish, differensial yondoshish va boshqa prinsiplarga shu bolalarning jismoniy va ruhiy rivojlanishidagi o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda amal qilish, M.F.Gnezdilovning bergan tavsiyalariga rioya qilish tavsiya etiladi. Yordamchi maktabning maqsad va vazifalari, ish spetsifikasi va bunday maktabda ukiydigan uko'vchilarning o'ziga xos xususiyatlari ona tilini o'qitishda malum prinsiplarga tayanib ish olib borishni talab etadi. yuqorida ko'rsatilgan prinsiplardan tashqari Yordamchi maktabda ona tili darslarida quyidagi prinsiplarga amal qiladi. 1. Xar qanday ishni boshlashdan avval, unga tayyorgarlik ko'rish prinsipi. Asosiy holatlarga utishdan avval, uko'vchilarni shunga tayyorlash kerak. Chunki mana shu tayyorlanish natijasida holatlarni bajarish uchun kulay sharoit yaratladi .Masalan, yordamchi maktabda alifbeni o'qishdan avval alifbegacha bo'lgan davr o'tkaziladi. Ommaviy maktablarda tayyorlov ishlari asosan nulevoy sinflarda yoki tayyorlov guruhlarda olib boriladi. Birinchi sinfda bir ikki xafta tayyorgarlikk ajratiladi, yordamchi maktablarda esa bu ishlar bir ikki oy mobaynida o'tkaziladi. Birinchi chorakda uko'vchilar o'qish jarayoniga kiritiladilar, yani kirk minut bir joyda utirish, o'qituvchi va uko'vchilar nutqini diqqat bilan tinglay olish, savollarga to'g'ri javob bera olish, kalam, ruchka va boshqa uko'v qurollaridan to'g'ri foydalana olish malakalari tarbiyalanadi. 2. Materialni malum kismlarga bo'lgan holda izchillik bilan, xilma- xil metodlar orakli o'rganish prinsipi. Uko'vchilar murakkab materialni katta qiyinchiliklar bilan uzlashtiradilar. Shuni hisobga olib material kichik kismlarga bulinib, sodda shaklda, izchil va aniq qilib urgatiladi. o'qituvchi urgatmokchi bo'lgan tushunchalarning elementlarini bir-biriga boglab, shular asosida sodda holatlar sistemasini ishlab chikaradi. Masalan, yangi xarf tanishtirish ishlari tovush haqida tushuncha berishdan boshlansa, sungra shu xarf bilan tovush o'rtasidagi aloqa kursatiladi. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.45 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.45 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:23 ]
Arxiv ichida: doc