REJA: 1. Nutq kamchiligiga ega bo'lgan bolalar bog'chalariga (guruhlarga) saralash 2. Qabul qilishga zid bo'lgan belgilar 3. Tibbiy-pedagogik komissiyaga taqdim etiladigan hujjatlar 4. Umumta'lim maktabl qoshidagi logopedik punktlarga bolalarni saralash 5. Bolalarni qabul qilishga oid tavsiyalar 6. Tibbiy-pedagogik komissiyaga taqdim etiladigan hujjatlar. Tayanch iboralar: (Diagnostika, deferensial, Tashxiz markazi, TPK) Nutq kamchiligiga ega bo'lgan bolalarga mo'ljallangan maxsus muassasalar tarmog'ining muvaffaqiyatli rivojlanishi logopediya fani sohasida yangi tadqiqotlarning tug'ilishiga imkon yaratadi. Bunga quyidagilar kiradi: Nutq kamchiliklarini diagnostikasi va differensial diagnostikani takomillashtirish, nutq kamchiliklarini boshqa kamchiliklardan farqlash, ayrim xollarda tashqi holatdan o'xshash, ammo paydo bo'lish tabiatiga ko'ra turlicha va turli tuzatish metodlarini talab qiladigan kamchiliklarni bartaraf etish imkonini yaratish; turli nutq buzilishlariga ega bo'lgan bolalardagi kamchiliklarni aniqlashning eng optimal yosh muddatlarini aniqlash va o'z vaqtida differensial o'qitishni tashkil etish; og'zaki (maktabgacha tarbiya yoshda) va yozma nutq (maktabda) buzilishlari o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni o'rganish; maktabgacha tarbiya muassasalarida nutq kamchiliklarining oldini olish ishlarini nazariy jihatdan asoslash; nutq kamchiligiga ega bo'lgan maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishidagi o'ziga xos xususiyatlarni o'rganish; turli nutq kamchiligiga ega bo'lgan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni o'qitish mazmuni va metodlarini ishlab chiqish; tegishli hujjatlar va tashkiliy masalalarni ishlab chiqish. Nutq kamchiligiga ega bo'lgan bolalarga mo'ljallangan maxsus muassasalarda bolani xar tomonlama rivojlantirishni ko'zda tutgan holda, o'qitish va tarbiyalash ishlari maxsus dastur asosida izchillik bilan amalga oshiriladi. Og'ir nutq kamchiligiga ega bo'lgan bolalar ommaviy bog'cha yoki umumta'lim maktablariga borsalar, ulardagi nutq kamchiliklari dastur materiallarini to'liq o'zlashtirishlariga to'sqinlik qiladi, umumiy rivojlanishlariga salbiy ta'sir ko'rsatadi, ba'zi xollarda esa xarakterning salbiy xususiyatlari paydo bo'lishiga sababchi bo'ladi, kelgusida sotsial va mehnat ko'nikmalarida qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Bolalardagi nutq kamchiliklarini o'z vaqtida aniqlash va ularni tibbiy-pedagogik ko'rikka yuborish bolalar poliklinikasi logopedi, pediatr, psixiatr va nevropatolog, bolalar bog'chasi va ommaviy maktab logopedlarining asosiy vazifalaridir. Nutq kamchiligiga ega bo'lgan bolalar bog'chalariga (guruhlarga) saralash. Eshitishida, nutqida, ko'rishda, aqliy faoliyati va tayanch-harakat apparatida kamchiligi bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha tarbiya muassasalarining rivojlanishi, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning yetakchi nuqsonlarini hisobga olgan holda, ularni differensial o'qitish va tarbiyalash uchun yetarli sharoit yaratish imkonini beradi. Maxsus guruhlarda kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha olib boriladigan o'qitish vazifalarini muvaffaqiyatli xal etish, ko'p jihatdan nutq kamchiliklarini to'g'ri va o'z vaqtida aniqlashga, uning og'ir, yengil darajalariga, tuzatish mashg'ulotlarining boshlanishiga bog'liqdir. Nutq kamchiligiga ega bo'lgan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni o'z vaqtida aniqlash, ularni guruhlarga to'g'ri komplektlashtirish va maxsus o'qitish, bolalarni o'qitish va tarbiyalashda ijobiy natijalarga erishishga imkon beradi hamda bolalarning kelajakda rivojlanishi va maktabda muvaffaqiyatli o'qishi uchun yetarli sharoit yaratadi. Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarida turli nutq kamchiligiga ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.28 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.28 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:23 ]
Arxiv ichida: doc