Maxsus muassasalarni koplektlash bo'yicha diagnostika ishining mazmuni va uning pedagogik korreksiyadagi ahamiyati Reja: 1. Bolalarni kompleks o'rganish prinsipining mohiyati. 2. Bolani har tomonlama va to'liq o'rganish prinsipi. 3. TPK ning ish mazmuni. 4. TPK da hujjatlar yuritish. 5. Bolaga qanday hujjatlar rasmiylashtiriladi? 6. TPK a'zolari tomonidan bolani tekshirishning qanday turlari o'tkaziladi. 7. Diagnostika ishining mazmuni va uning pedagogik korreksiyadagi ahamiyati. Tayanch so'zlar: (TPK, psixatr, nevropatolog, oftalmolog, lor, ENN.) Maxsus maktablarni to'g'ri komplektlash - davlat xalq ta'limi tizimining eng muhim bo'g'inlaridan biridir. Malum bir turdagi malakali saralashdan o'tkazish qabul-saralash komissiyalarining vazifasidir. «Yordamchi bolalar muassasalariga bolalarni saralash» haqidagi dastlabki rasmiy hujjat 26 oktyabr 1926 yilda chiqarilgan bo'lib, unda yordamchi maktabga bolalarni saralashni tashkil etish prinsiplari, bayon etilgan ushbu maktablarida o'qitiladigan bolalar kategorichlari aniqlangan. Ushbu hujjatda bolalarda aqli zaiflikni erta aniqlash masalasiga alohida etibor beriladi. Bolalarni har tomonlama va chuqur o'rganish talab etiladi. Keyinchalik defektologlarning sayil harakatlari tekshirish metodlari va saralashning shunday tamoyillarini yaratishga qaratildi, ularda har bir bolaning rivojlanishiga mos sharoitlarni o'z vaqtida aniqlash muhimdir. 1973 yili rus defektologlari G.M.Dulnev, A.R.Luriyalar taxririda «prinsipi otbora detey vo vspomogatelnoy shkole» kitobi, bir qator qarorlar, xususan «Ob otbore detey vo vspomogatelnie shkoli» metodik xatlari chiqarildi. Bu qo'llanmalarda saralashning prinsiplari, maqsadi va vazifalarining mazmuni yoritilgan. Bolalarni har tomonlama tekshirish metodikasi berilgan, yordamchi maktabga qabul qilinadigan va qabul qilinmaydigan bolalar kategoriyalari ko'rsatilgan. G.M.Dulnev va boshqalarning qo'llanmasida bolalarni maxsus muassasalarga to'g'ri saralashda asoslaniladigan prinsiplar ko'rsatilgan. Bolalar muassasalarining xodimlari o'z faoliyatida insonparvarlik prinsiplarini maksimal darajada rivojlantira oladigan sharoitni o'z vaqtida yaratib berishdan iboratdir. Bu prinsip bolani diqqat bilan va chuqur o'rganish, uning yo'lida uchraydigan qiyinchiliklarni engib o'tish uchun vositalarni izlashni taqozo qiladi. Umumta'lim muassasalari sharoitida bolalarga berilgan barcha zarur yordam choralari ham ijobiy natija bermagandangina ularni maxsus muassasalarga yuborish masalasi qo'yiladi. Bolalarni o'rganishda zarur prinsip - komplekslilik prinsipidir. Bu prinsip bolani birgalikda muhokama qilishda barcha mutaxassislarning (vrach, defektolog, psixolog) tekshirishida olingan ma'lumotlarni etiborga olishni nazarda tutadi. Bu prinsipiga bolani komissiyagacha bo'lgan vaqtda o'rganishda udarning holatini aniqroq bilish, rivojlanishidagi nuqsonlarining sabablarini aniqlashgaimkon beradi. Pedagog birinchi bo'lib boladagi parishonlik, toliqish, yig'oloqlik kabi o'zgarishlarga diqqatini qaratish mumkin. O'z navbatida vrach ushbu bartaraf etish uchun zarur vositalarni tavsiya etadi. Bola har tomonlama va to'liq o'rganish prinsiplari ham katta ahamiyatga ega. Bu prinsiplar bolaning bilish faoliyati, hissiy-idoraviy doirasi va xulqini tekshirishni nazarda tutadi. Shuningdek, bolalarning akiy qobiliyatlarning shakllanishiga ta'sir etadigan jismoniy rivojlanishi ham etiborga olinadi. To'liq o'rganish deganda bolaning psixik rivojlanishi alohida olingan o'obiliyatlarni rivojlanishining summasi emasligini, shuning uchun bola haqida uning idroki, xotirasi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.97 KB
Ko'rishlar soni
31 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.97 KB
Ko'rishlar soni
31 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:23 ]
Arxiv ichida: doc