Mehnat darslarini badiiy mehnat texnologiyasi bilan uyg'unlashtirish metodikasi

Mehnat darslarini badiiy mehnat texnologiyasi bilan uyg'unlashtirish metodikasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Mehnat darslarini badiiy mehnat texnologiyasi bilan uyg'unlashtirish metodikasi - rasmi

Material tavsifi

Mehnat darslarini badiiy mehnat texnologiyasi bilan uyg'unlashtirish metodikasi Reja: DTSda o'quvchilarga badiiy-estetik tarbiyasi-ta'limi berishning ahamiyati to'g'risida. Boshlang'ich sinflardagi umumiy va badiiy mehnat o'quv kursining mavzularini tahlili. 5-7 sinflarda badiiy mehnat texnologiyasi mavzularini mazmuni va uni o'quvchilarga singdi-rish metodikasi. UO'TDTS asosidagi mehnat ta'limi o'quv dasturida o'quvchilarni mehnatga tayyorlash jarayonida kasb-hunarga yo'naltirishni yanada kuchaytirish, ularni zamonaviy ishlab chiqarish asoslari, yog'ochga, metallga va gazlamaga ishlov berish texnologiyasi, pazandachilik asoslari, qishloq xo'jalik asoslari, badiiy mehnat texnologiyasi va mashina elementlari yo'nalishlari bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarni egallashlari ko'zda tutilgan. 5-7 sinflarda o'quvchilarning ijtimoiy-estetik didi va dunyoqarashini kengaytira-digan, oilaviy hayot turmushda kerak bo'ladigan o'quv kurslari o'quvchilarda milliy madaniyat va an'analarga mehr - muhabbat uyg'otadi. Xalq badiiy hunarmandchiligining milliy etnik, tarixiy, mahalliy, jug'rofik jihatlari, xalq milliy hunarmandchiligining sohalari: ganchkorlik, o'ymakorlik, naqqoshlik, yog'och, tosh va suyak o'ymakorligi, kandakorlik, misgarlik, kulolchilik, zargarlik, chilangarlik, chopon tikish, do'ppido'zlik, sharq miniatyurasi, rextagarlik, oshpazlik, milliy o'yinchoqlar tayyorlash, ot-ulov anjomlari tayyorlash, kosibchilik, imoratsozlik va boshqalar haqida bilimlar berish o'quvchilarning badiiy estetik tarbiyasida katta ahamiyatga ega. Boshlang'ich sinflar mehnat ta'limi o'quv dasturi quyidagi o'quv kurslardan iborat: Umumiy va badiiy mehnat. Umumiy texnologiya asoslari 1-4 sinflarda umumiy va badiiy mehnat o'quv kursi har bir sinfda 17 soatdan o'qitiladi. Badiiy mehnat turlari insonlarning har-xil faoliyatlarida go'zallik va nafosatgaintilishlari natijasida shakillanib, rivojlanib boradi. O'quvchilarni mehnat ta'limini amalga oshirishda. badiiy mehnat vositalaridan foydalanish-mashg'ulotlarning mazmunini boyitish qiziqarliligini oshirish, amaliy bezak san'atlari sohasidagi bilimlar, mehnat ko'nikmalari va malakalarini shakillantirish imkoninin beradi. bunda mashg'ulotlar mavzusi va amaliy ishlar bajarish bo'yicha vazifalarni o'quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda tanlashga alohida etibor beriladi. Ushbu kurs bo'yicha mashg'ulotlar tarkibiga o'quvchi-larning turli mehnat mavzularini o'zlashtirishlari uchun zarur bo'lgan har xil tavsiyalar, jadvallar, eskizlar, rasmlar, nAQSHlar, ishlashlarini tashkil qilish hamda ayrim dizaynerlik masalalarini hal qilish mashqlarini o'tkazish kiradi. Bu mashg'ulotlarda o'quvchilarga badiiy mehnatning quyidagi yo'nalishlari bo'yicha dastlabki bilimlar, ko'nikma va malakalar shakllantiriladi. 1. Eskizlar, rasmlar, jadvallar va boshqa tasvirlar ishlash. Bu mashg'ulotlarda o'quvchilarga mehnat jarayonida bajariladigan ishlarni turli tasvirlar va jadvallar shaklida rejalash va loyihalash o'rgatiladi. bunda turli kasblar sohasida foydalaniladigan grafik tasvirlarni bajarish va ulardan amalda foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish ko'zda tutiladi. Har qanday mehnat harakatni yoki istalgan jarayonni tasvirlar yordamida ifodalash mumkin. Ushbu har ikki usulning o'ziga xos afzalliklari bo'lishi bilan birgalikda ularning har biri boshqasining o'rnini bosa olmasligi ham malum. Aslida esa mehnat jarayonini sifatli tashkil etilishida har ikkala usuldan unumli foydalana bilish lozim bo'ladi. Mashg'ulotlar uchun oddiy va rangli qalamlar, rasm daftar, rangli qog'ozlar, akvarel bo'yoqlari, cho'tkalar, elim, qaychi, karton, gazmol, charm chiqindilari, o'chirgich, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.89 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:23 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.89 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga