Mehnat jarayonini tahlil qilish hamda didaktik tushunchalar Reja: Bilim , malaka, ko'nikma, kasb, ixtisoslik. Texnologik jarayon Texnologik operatsiya, utish mehnat jarayoni. mehnat operatsiyasi , mehnat uslubi, mehnat harakatlari. mehnat ta'lim o'qituvchisi ish jarayoni strukturasini ularning elementlarini asosiy mehnat tushunchalarini bilishi shart , bu mexat ta'limining metodikasini yaxshi tushinib olishiga yordam beradi. mehnat ta'lim tushunchalarini ko'rib chiqamiz. Bilim- bu kishilarning obyektiv aklini aks ettiruvchi umumlashgan tajribasidir. Bilimni uzlashtirish faktlar, hodisalar, tushuncha va qonuniyatlarni o'rganishni kuzda tutadi. O'quv, ko'nikma- bu uzlashtirilgan bilimlar asosida insonning amaliy harakatini bajarishga tayergarligidir. Demak ko'nikma biror tarzdagi ishni bajarish uchun zarur bo'lgan harakatlar kompleksini o'z ichiga oladi. ko'nikma bu muayan mehnat uslida muttasil takrorlash jarayoenida hosil qilingan ongli harakatning avtomatik tarzda bajarish darajasiga kutarilgan komponentdir. Kasb- inson puxta egallab olgan doimiy ishlab chiqarish faoliyatining turi (masalan slesar', tokar). Ixtisoslik- insonning mehnat taqsimoti natiyjasida kasb ichida alohidalangan doimiy ishlab chiqarish faoliyati (asbob soz slesor, yiguvchi slesor, universal chilangir). Malaka- kasb eki ixtisoslikni mukammal egallash darajasidir. (ishchi razryadi, klasi eki unvoni ishchining malaka kursatgichi hisoblanadi). Texnologik jarayon- deganda ishlab chiqarish maxsuli xolotini uzgartirish (shtampovka, kuyish, kesish, yigish, vax.k.) bilan bevosita bog'liq ishlab chiqarish jarayonining bir kismi tushuniladi. Texnologik operatsiya- bir eki bir necha tomondan bir ish o'rnida bajariladigan texnologik jarayonning tugal kismini bildiradi. (masalan : kirkish, sharqlash, aralash.). Texnologik jarayonninig navbatdagi elementi utishdir (perexod). Utish texnologik operatsiyaning bir ish o'rnida bir asbob bilan bajariladigan kismidir. Texnologik jarayon elementlari xarakteristikasidan kurinib turibdiki, ularda ishlovchining texnologik jarayonni bajarishga qaratilgan mehnat faoliyati etarlicha tula aks ettirilgan. eshlarni mehnatga tayorlash maqsadida mehnat jaraenini yana xam batafsilrok tahlil kilmok kerak. mehnat jarayoniga maxsus operatsiya, mehnat uslubi (priyomi), mehnat harakatlari. kiradi. Mehnat operatsiyasi - mehnat joroenining bir kismi bo'lib, bu ishchining muayan texnologik operatsiyalarni bajarishga qaratilgan aqliy va jismoniy faoliyati yig'indisidan iborot. Mehnat uslubiyoti -mehnat operatsiyasi ichida oloxada utishlarni (perexod) bajarishga qaratilgan mehnat bo'laklari yig'indisidan iborat. Masalan egovni kulga olish gavdani ish vaziyatiga keltirish, egovlash vaxtida harakatlar. o'quvchilarni mehnatga tayorlashda mehnat jarayonlarini mayda bo'laklariga ajratib o'rgatish juda zarurdir. Mehnat harakatlari - o'quvchining nerv-muskul faoliyatining biror bir ish amaliyotini bajarish uchun sarflanishidir. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.18 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.18 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:23 ]
Arxiv ichida: doc