Mehnat ta'lim gigiyenasi 1. Mehnat ta'lim gigiyenasi 2. Mehnat ta'lim gigiyenasi predmeti Reja: O'quvchilar aqliy mehnat gigiyenasining zarur shartlarini kun tartiblariga rioya qilish. Fizkultura va sport bilan shug'ullanish, o'quv va o'qishdan tashqari mashg'ulotlar uchun sharoit yaratish, bir faoliyatini ikkinchisi bilan almashtirib turish, spirtli ichimliklar ichmaslik, chekmaslik, zararli odatlarga berilmaslik va hokozalarini ongli ravishda bajarishga harakat qilishlari kerak. Aqliy faoliyat uzoq vaqt davom etaversa, ularning ish qobilyati asta-sekin pasayib, ish sifati yomonlasha boshlaydi, bajarayoygan ishga nisbatan etibor kamayadi, o'zlashtirish pasayadi, bo'shashadi, mudraydi. Bu holat miyaning ish bajarayotgan markazlaridagi nerv hujayralari qo'zg'alish holatidan tormozlanish holatiga o'tganligini, yani ular charchaganini ko'rsatadi. Darsda charchashning birinchi bosqichi aktiv tormozlanish bo'shashi bog'liq. Bu harakatlar o'zgacha ko'rinishda namoyon bo'ladi. O'quvchilarning o'zlari aktiv yo'ldan to'xtagan bo'ladilar- sinfda ozgina shovqin- suron ko'tariladi. Charchashning bundan keyingi ikkinchi bosqichi qo' zg'alish prosesslarining bo'shashi,bilan birga davom etadi. Charchash bu tashqi muhit bilan miya po'stlog'idagi nerv hujayralari o'rtasidagi aloqaning vaqtincha uzilishidir. Charchash deganda, miya hujayralarining shu bilan birga butun organizmning ishchanlik qobilyati pasayishi tushuniladi. Yuqori sinf o'quvchilari esa charchash vaqtida ham ishlash qobilyatlarini yo'qotmaydilar. Biroq ko'p ishlash natijasida ish qobilyati pasayadi. Ota- onalar va o'qituvchilar o'quvchi xulqida va holatida aqliy charchash alomatlarini sezsalar, ko'pincha e'tibor bermaydilar, chunki bu o'zgarishlar vaqtinchalik bo'lib, tez o'tib ketadi. Lekin bular bolada boshlanayotgan surunkali chaqaloqlikning birlamchi belgilari bo'lib, astenik sindrom deb ataladi va bu kasallik markaziy nerv sistemasi faoliyati buzilishining bir turi hisoblanadi. Aqliy mehnat faoliyatini yuqori mahsuldorlitgini ta'minlovchi sharoitlar quyidagilardan iborat. - Har qanday mehnatni bajarishga asta- sekin kirishi; - ish bajarishning optimal ritmini va tartibini tanlash va unga rioya qilish - ishni izchilikda va ketma- ket bajarishga odatlanish; - mehnat va dam olishni to'g'ri tashkil qilish, bir ish turini ikkinchisi bilan almashtirib olib borish; - Muntazam ravishda jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish tufayli aqliy mehnat malakalarini avtomatlashtirish va takomillashtirish hamda avtomatik malaka hosil qilish; Toliqishning ortib borishi ish faoliyatining pasayishi bilan xarakterlanadi, ammo odam iroda kuchi bilan ma'lum vaqtgacha aqliy mehnatni talab darajasida davom ettirishi mumkin. Mehnat faoliyatining progressiv pasayish davri. Bu davr toliqishning tez ortib borishi bilan xarakterlanadi, bunda bajarilayotgan aqliy mehnatning maxsuli va samaradorligi keskin kamayadi. O'qituvchi yangi materialni o'quvchining optimal ish qobilyatiga ega bo'lgan vaqda tushuntirish; darsning birinchi yarimida. Dars berishning aktiv usullarini qo'llab, o'quvchi, diqqatini uzoq vaqt bitta predmetda ushlab turmasdan tushuntirilsa, yuksak natijaga erishiladi. Dars berish usulini o'zgartirib turish uni yuqori saviyada olib boorish sinf xonalarini tanaffuz paytida shamollashtirish; o'quvchi faoliyatini turli vazifalarga jalb qilish, o'quv texnika vositalaridan, televuizordan, programmalashtirilgan ovoz yozish ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.07 MB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:23
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.07 MB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:23 ]
Arxiv ichida: ppt