Mehnat ta'limi bo'yicha mustaqil ishlarni tashkil qilish metodikasi mavzusidagi BITIRUV MALAKAVIY ISHI MUNDARIJA KIRISh …….……4 I- BOB. Mehnat ta'limi o'qituvchilarini tayyorlashda mustaqil ishlarni tashkil etishning nazariy asoslari. 1.1. Mehnat ta'limi o'qituvchilarini tayyorlashda mustaqil ishlarning o'rni va ahamiyati9 1.2. Mehnat ta'limi o'qituvchilarini tayyorlash jarayonida mustaqil ishlarni tashkil qilishning psixologik xususiyatlari 15 1.3. Mustaqil ta'limni tashkil qilishning pedagogik asoslari20 II- BOB. Mehnat ta'limi o'qituvchilarini tayyorlashda mustaqil ishlarni tashkil qilish metodikasi . 2.1. Mehnat ta'limi o'qituvchilarini tayyorlashda mustaqil ishning. mazmuni va uni tashkil qilish metodikasi……38 2.2. Mehnat ta'limi o'qituvchilarini tayyorlashda mustaqil ishlarni tashkil qilishning metod va vositalari 41 2.3. Tikuv mashinalariga qarov fanidan Tikuv mashinalari turlari mavzusiga 2 soatlik dars ishlanma45 XULOSA…… 49 Foydalanilgan adabiyotlar …….…50 KIRISh Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng har bir sohada tub o'zgarishlar amalga oshirildi. Shu jumladan ta'lim sohasida ham ta'lim to'g'risidagi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohatlar asosini tashkil etadi. Mazkur dasturda ta'lim sifati va samarodorligini oshirish, uzluksiz ta'lim tizimining uzviyligini ta'minlash, yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash, milliy tizimni yaratish ko'zda tutilgan. Bu borada Respublikamizda katta amaliy ishlar qilinmoqda. Xususan, oliy ta'lim muassasalarida davlat ta'lim standartlariga mos yuqori malakali o'qituvchilarni tayyorlshda o'qitishning zamonaviy usullaridan foydalanish muhim o'rin tutadi. Xususan, mehnat ta'limi o'qituvchilarni tayyorlashda mustaqil ishlarning innovatsion shakl va metodlaridan foydalanish, bunga misol bo'la oladi Oliy ta'lim muassasalarida talabalar mustaqil ishlashning ta'lim mazmunini ishlab chiqish va uni tashkil etish, hamda amalga oshirish usullarini takomillashtirish borasida ilmiy-pedagogik izlanishlar olib borish lozim. Albatta, hozirgi kunda ko'pgina oliy ta'lim muassasalarida talabalarning nazariy va amaliy mustaqil ta'lim olishlari uchun katta imkoniyatlar mavjud. Biroq o'quv-tarbiya jarayonida talabalarda mustaqil ishlash uchun ko'nikma va malakalarini shakllantirish masalasiga dolzarb pedagogik muammo sifatida qaralmaydi, mustaqil ishlash mazmunini tahlil etish va ishlab chiqarishga zamonaviy yondashilmaydi. Uning samarali metod, shakl va vositalaridan foydalanishga etarlicha etibor berilmaydi. Oliy ta'lim muassasalarida mehnat ta'lim o'qituvchilarni tayyorlashda talabalarning mustaqil ishlashini tashkil etish, amalga oshirish, nazorat qilish borasida qator pedagogik muammolar mavjudligini bildiradi. Bo'lajak mutaxassis uchun oliy ta'lim muassasasida ta'lim olish jarayoni - bu insonda pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishda kasbiy jihatdan ahamiyatli sanalgan sifat, bilim, ko'nikma va malakalarni rivojlantirish hamda o'z-o'zini takomillashtirishning eng maqbul davridir. Talaba ushbu jarayonda bilimlarni jamlash, saqlash, uzatish, ularning mantiqiy tuzilmasini yaratish va istiqbolda kasbiy faoliyatini tashkil etishda ularni samarali qo'llash kabi holatlarni o'zida mujassam ettiradi. Pedagogik-psixologik faoliyat bilan bog'liq qarash, qadriyat hamda motivatsiyalar mohiyatan o'zgarib takomillashib boradi. Shuni alohida takidlash joizki, ta'lim tizimi uchun malakali kadrlar tayyorlash ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
58.68 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
58.68 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:23 ]
Arxiv ichida: doc