Mehnat ta'limi darslarida elektrotexnik ishlar hamda ta'mirlash asoslarini o'tish metodikasi Reja: Mehnat ta'limi o'quv rejasida elektrotexnik ishlarning o'rni. O'quvchilarga elektrotexnik ishlar bo'yicha berilishi lozim bo'lgan asosiy bilimlar. Uy-ro'zg'orda ishlatiladigan elektr asboblarning turlari va tuzilishi. Elektr asboblarini ta'mirlash asoslarini o'tish metodikasi. Umumiy o'rta ta'limning DTS da umumiy o'rta ta'lim yakunida o'quvchilar mehnat ta'limidan: uy-ro'zg'or elektr asboblaridan xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda foydalana olish; elektrotexnik mehnat (uy-ro'zg'or elektr asboblarini ta'mirlash) bo'yicha bilim, ko'nikmalarga ega bo'lishlari shart ekanligi ko'rsatilgan. Mehnat ta'limining DTS asosidagi o'quv dasturida esa o'quvchilarga mehnat ta'limining har bir yo'nalishi bo'yicha ishlatiladigan elektrotexnika vositalari, ulardan to'g'ri foydalanish hamda ta'mirlash asoslari o'rgatilishi lozimligi takidlanadi. Demak mehnat ta'limi darslarida o'quvchilarda elektrotexnik ishlar va ta'mirlash asoslari haqida bilimlar berish orqali DTS talablari bajariladi. Mehnat ta'limi darslarini qaysi yo'nalishda olib borishdan qatiy nazar elektrotexnik ishlar tegishli mavzular tarkibiga singdirilgan holda olib borilishi kerak. Mehnat ta'limining 2002 yilda RTM tomonidan ishlab chiqilgan o'quv rejasida yog'och va metallga ishlov berish texnologiyasi yo'nalishlarida elektrotexnik ishlar uchun 5-7 sinflarda 6 soatdan dars mashg'ulotlarini o'tish ko'rsatilgan. O'quvchilarga elektrotexnik ishlar bo'yicha quyidagi bilimlar berilishi lozim: Elektr tokining manbalari va iste'molchilari. O'tkazgichlar va izolyatorlar. Elektr zanjiri, elektromontaj ishlari. Uy-ro'zg'or elektr asboblarini tuzilishi va ulardan foydalanish. Uy-ro'zg'or elektr asboblarini tuzatish, ta'mirlash asoslari. Shuningdek, elektr tokini sanoatda, ishlab chiqarishda, transportda va boshqa qator sohalarda isitish, sovutish, yoritish va boshqalardagi ahamiyatini tushintirish, uy-ro'zg'or elektr asboblaridan foydalanishda juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish va xavfsizlik texnika qoidalariga rioya qilish lozimligini, agar ehtiyotsizlik qilinsa inson hayoti uchun xavfli ekanligini tushintirish lozim. Elektr tokining manbalari. Galvanik elementlar, akkumulyatorlar. GES lar va issiqlik elektr stansiyalari (TETs) 1948 yilda Sirdaryoda «Farxod» GES i ishga tushdi. Farg'onada Quvasoy, Toshkentda Angren, Taxyatosh issiqlik elektr stansiyalari ishlab turibdi. Toshkent va Navoiyda tabiiy gazdan foydalanib ishlaydigan yirik issiqlik elektr stansiyalari ishlamoqda. Toshkent GRES ini quvvati 1920 ming kvt-soat. Sirdaryoda yirik GRES ishga tushirildi, uning quvvati 4400 ming kvt-soat. Chirchiq daryosida Chorvoq, Norin daryosida To'xtagul GES lari qurildi. Chorvoq GES i 2 mlrd kvt-soat, Norak GES i 11,64 mlrd kvt-soat elektr energiya beradi. Atom elektr stansiyalari. Atomning parchalanish reaksiyasi (reaktorda) natijasida juda katta issiqlik ajralib chiqadi. Suvni harorati 300 S ga ko'tariladi va bug' turbinasini aylantiradi. 1954 yilda 1-marta quvvati 500 kvt bo'lgan AES ishga tushirildi. Bundan tashqari tinglovchilarga elektr o'tkazgichlar, iste'molchilar, elektr zanjiri, o'tkazgichlarni ketma-ket va prarallel ulash, uylarni elektr montaj qilish va boshqalar haqida bilimlar berilishi lozim. Elektromontaj ishlarini bajarish jarayonida o'quvchilar quyidagi qoidalarga rioya qilishlari shart: elektrotexnik ishlarni bajarishda faqat ishga yaroqli asboblardan ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.79 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.79 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:23 ]
Arxiv ichida: doc