Mehnat ta'limi darslarida iqtisodiyot va tadbirkorlik asoslarini o'rgatish Reja: O'zbekiston Respublikasidagi iqtisodiy islohotlar, uzluksiz iqtisodiy ta'lim-tarbiya konsepsiyasi. O'quvchilarga iqtisodiy va tdbirkorlik bilimlarini berishning zarurligi. DTS asosidagi mehnat ta'limi o'quv dasturida iqtisodiy bilim berish masalalari. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat ta'limi darslarida o'quvchilarni tadbirkorlikda o'rgatish masalalari. O'zbekiston Respublikasidagi iqtisodiy islohotlar, uzluksiz ta'lim-tarbiya konsepsiyasi. O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosat aholi yashash sharoitini tubdan yaxshilashga qaratilishi har bir shaxsning shakllani-shida uning qobiliyatiga, imkoniyatiga yarasha ijodkor bo'lishiga zamin yaratyapti. Shu bois ijtimoiy faol va ijodkor shaxsningo'zgarib borayotgan sharoitni, yani bozor munosabatlarini hisobga olgan holda mustaqil faoliyatga tayyorlash hayotiy zaruratdir. Vatanimiz tarixiga nazar tashlasak, ajdodlarimiz o'z zamonasiga mos iqtisodiy fikr yuritishda alohida ajralib turganlar. Buborada Buyuk ipak yo'li ni kashf etib, savdo-sotiq, mollar almashtirish, ishlab chiqarishni talab darajasiga qarab o'stirish, hullas bozor iqtisodini rivojlantirishga asos solganlarini bilish mumkin. Prezidentimiz I.Karimov dunyoning boshqa mamla-katlaridagi bozor iqtisodiyotini rivojlanish andoza-lrini kuchli iqtisodchi sifatda tahlil qilishi natijasida Respublikamizda bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'lini ishlab chiqdi. Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar dasturining o'zagi sifatida besh tamoyil asosida amalga oshirilishi I.Karimovning O'zbekiston bozor iqtisodiyotiga o'tish-ning o'ziga xos yo'li kitobida bayon qilingan, yani Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi. Davlat iqtisodiy o'zgarishlarning tashabbuskori va bosh islohotchisi. Qonunlar o'stivorligi. Kuchli ijtimoiy siyosat. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish. Bu qoidalar o'tish davri dasturining negizini tashkil etadi. Respublikamizdagi ijtimoiy munosabatlar, iqtisodiy siyosatdagi o'zgarishlar iqtisodiy ta'lim-trbiyaning barchaga barorbar taalluqli va uzluksiz bo'lishini talab etmoqda. O'zbekiston Respublikasi XTV ning 1996 yil 8 iyundagi 221-buyrug'i bilan O'zbekiston Respublika-sida uzluksiz iqtisodiy ta'lim-tarbiya konsepsiyasi tasdiqlandi. Unda uzluksiz iqtisodiy ta'lim-tarbiyaning bosqichlari, ilmiy metodik ta'minoti ko'rsatib berilgan. Shaxning iqtisod fanini (ilmini) mustahkam o'rganib kamolotga etishi quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi. 1-bosqich Oila va maktabdan tashqari ta'lim. 2-bosqich Maktabgacha ta'lim-tarbiya. 3-bosqich Boshlang'ich ta'lim. 4-bosqich Asosiy maktab ta'limi (to'liqsiz o'rta ta'lim) 5-bosqich O'rta va hunar texnika ta'limi. 6-bosqich Oliy va o'rta maxsus ta'lim. 7-bosqich Malaka oshirish tizimi. 8-bosqich O'zbekiston Fanlar Akademiyasi, tarmoq akademiyalar, ilmiy markazlar. Umumiy o'rta ta'lim davlat ta'lim standartlariga asosan umumiy o'rta ta'lim maktablarida mehnat ta'limining samaradorligini yanada oshirish maqsadida o'quvchilarga iqtisodiyot va tadbirkorlik asoslarini o'rgatish maqsadga muvofiq deb topilib, barcha tuman va shahar maktablarida amalga oshirilmoqda. Iqtisodiyot va tadbirkorlik asoslari mavzusini o'tishdan maqsad o'quvchilarga hozirgi kungi iqtisodiy masalalarni g'oyaviy, siyosiy jihatdan talqin eta olishlari ko'zda tutilmoqda. Mehnat ta'limi bilan uzviy ravishda bog'langan holda o'quvchilarni iqtisodiy tarbiyasi ta'minlanadi. Ular ishlab chiqarish munosabatlariga amaliy ravishda qo'shilishlari, davlat mulki, reja, mehnat va ishlab chiqarish intizomi ish haqi to'g'risida hayotiy tasavvurga ega bo'lishlari, mehnat bilan topilgan bir so'mni qadrlashni o'rganishlari muhimdir. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.98 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.98 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:23 ]
Arxiv ichida: doc