Mehnat ta'limi darslarida mashinashunoslik elementlarini yg'unlashtirib o'tish metodikasi Reja: DTS asosidagi o'quv dasturida mashina elementlari mashg'ulotlarini o'tkazish haqida. Mashinashunoslik elementlari mashg'ulotlarini 5-7 sinflarda o'tish metodikasi. 8-9 sinflarda yo'nalishlar bo'yicha mashina elementlari mashg'ulotlarini o'tish. Mashina elementlaridan o'quvchilar egallashi lozim bo'lgan DTS talablari. Mehnat ta'limi bo'yicha DTS da mehnat ta'limining maqsadi, xalq xo'jaligining turli sohalari, ularda ishlatiladigan texnika va texnologiya to'g'risida bilimlar berish, turli xil asbob-uskunalar, mashina va mexanizmlar, moslamalardan foydalanishni, mexanizatsiyalashtirilgan va elektrlashtirilgan vositalar bilan ishlashni o'rgatishdan iboratligi takidlanadi. O'quvchilarni mehnatga tayyorlash jarayonida kasb hunarga yo'naltirishni yanada kuchaytirish, ularni zamonaviy ishlab chiqarish asoslari, yog'ochga, metallga va gazlamalarga ishlov berish texnologiyasi, pazandachilik asoslari, qishloq xo'jaligi asoslari, badiiy mehnat texnologiyasi va mashina elementlari yo'nalishlari bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarni egallashlari ko'zda tutilgan. DTS asosidagi mehnat ta'limining o'quv dasturiga asosan 5-7 sinflarda mehnat ta'limi yo'nalishlariga mos holda uyg'unlashtirilgan mashina elementlari mashg'ulotlari o'tkaziladi. 5-sinf. Mashina detallarini tayyorlanishi va ishlatilishi. Shakllantiriladigan bilimlar: Mashina detallarining turlari. Bir hil detallarning mashina va mexanizmlarda qo'llanilishi, zamonaviy mashina, mexanizm va detallarni tayyorlashda qo'llaniladigan materiallar. Amaliy mustaqil ishlar: turli mexanizmlardan detallarni ajratish, ularning konstruksiyasini o'rganish, xususiyatlarini belgilab olish, gabarit o'lchamlarni aniqlash, eskizlarini chizish, qayta yig'ish. Rezbali birikma turlari va ulardan foydalanish asoslari. Shakllantiriladigan bilimlar: rezbali birikmalarning asosiy turlari va ularning tavsifi hamda qo'llanilishi. Amaliy mustaqil ishlar: Rezbali birikmalarning turlari-ni, bajaradigan vazifalarini, davlat standartlarini rasmiy me'yoriy manbalar asosida o'rganish. Ponali, shponkali va shlitsali birikmalardan foydalanish asoslari. Shakllantiriladigan bilimlar: Ponali, shponkali va shlitsali birikmalarning vazifasi, tuzilishi, ishlatilishi. Ponali va shlitsali birikmalarga ta'sir etuvchi kuchlar va ularni hisoblash metodikasi. Amaliy mustqil ishlar: Ponali, shponkali, shtift va shlitsali birikmalarning 1-2 xili konstruksiyalarini va ishlash jarayonini o'rganish. Detallarning ajralmas birikmalari va ulardan foydalanish asoslari. Shakllantiriladigan bilimlar: Detallarning ajralmas birikmalari turlari, konstruksiyalar va ular tayyorlanadigan materiallar. Parchinlash, payvandlash, presslash va boshqa ajralmas birikmalarda ta'sir etuvchi kuchlar, ularni hisoblash metodikasi. Amaliy mustaqil ishlar: Parchinlash, payvandlash, detallarni kuch bilan bosib biriktirish va boshqa ajralmas birikmalarning namunalarini o'rganish va aniqlangan ma'lumotlar asosida referat tayyorlash. 6-sinf. Kuch va harakatni uzatish, o'zgartirish va taqsimlash mexanizmlari. Shakllantiriladigan bilimlar: Mashinalarning harakat-larni uzatish mexanizmlari to'g'risidagi umumiy ma'lumotlar. Mashinada kuch-harakatlarni taqsimlaydigan uzatmalar, tuzilishi, ishlash tamoyillari, ular tayyorlanadigan materiallar. Mashinani elektr uzatmalar vositasida harakatga keltirish. Uzatmalarning tuzilishi, turlari, ishlash tamoyili, ular tayyorlanadigan materiallar, ish jarayonidagi asosiy texnik-texnologik ko'rsatkichlari. Amaliy mustaqil ishlar: Elektr, gidravlik prevmatik hamda detallarni bir biriga bevosita tegadigan holatdagi ishqalanish tizimi asosida ishlab chiqilgan uzatmalarni detallarga ajratish, ularning konstruksiyasini va ishlatish tartibini o'rgatish va asosiy ko'rsatkichlari to'g'risida ma'lumotlar asosida referat tayyorlash. Friksion uzatmalar. Shakllantiriladigan bilimlar: ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.97 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.97 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:23 ]
Arxiv ichida: doc