Mehnat ta'limi mashg'ulotlarida chizmalar va grafik tasvirlardan foydalanish Reja: Mehnat ta'limi darslarida chizmalar va boshqa grafik tasvirlardan foydalanish. Chizmani o'qish va chizish qoidalari. Chizma, eskiz, texnik rasmlar chizish (amaliy mashg'ulot). O'quvchilarga chizmani o'qish va chizishni o'rgatish uchun ularda grafik bilim elementlarini hosil qilish zarur. O'quvchilarning grafik bilim elementlari bilan tanishishlari chizmalarni o'qishni o'rgatishdan boshlanadi. Ustaxonadagi mashg'ulotlarda texnik rasmlar, eskizlar va ish chizmalaridan foydalaniladi. Ishni texnik rasmdan boshlash, o'quvchilarning rasm solish bo'yicha olgan bilimlariga tayanish buyumning grafik tasviri haqida tezroq tasavvur hosil qilish imkonini beradi. O'quvchilada buyumning shakli va haqiqiy o'lchamlari haqidagi tasavvur aniq bo'lishi uchun ularga texnik rasm bilan birga buyumning o'zini ham ko'rsatish kerak. O'quvchilar texnik rasmni o'zlashtirganlaridan keyin eskiz bilan tanishishgsha o'tiladi. Bunda ham bumning tayyor namunalarini ko'rsatish lozim. Chizmalarni o'qishga o'rgatishning ikkita usuli malum. Ularning birinchisida chizmaga o'quvchilar javob qaytarishi lozim bo'lgan savollar ro'yxati ilova qilinadi. Savollar o'quvchi javob topishi uchun chizmani o'rganishga, uni tahlil qilishga majbur bo'ladigan yo'sinda tuziladi. Bu usul umumiy ta'lim maktablarida qo'llaniladi. Bunda o'quvchilar chizmani bosqichma-bosqich o'qiydi va uni tahlil qiladi. Ikkinchi usul o'quvchilarninng malum tartibda va muayyan reja bo'icha chizmani o'rganishlari hamda uning mazmunini tahlil qilishlariga asoslangan bo'lib, bu ish quyidagi bosqichlardan iborat: Chizma bilan umumiy tanishish. Chizmani asosiy yozuvi va gabarit o'lchamlarini, detalning nomi, materiali, masshtabini o'qish. Tasvirlarni, detalning umumiy shakli, detal elementlarining shakllarini o'qish. O'lchamlar, shartli belgilar, yozuvlarni, texnik talablar va ko'rsatmalarni o'qish. Chizmada detalning tasviri bilan birga texnologik jarayonni tashkil qilish va buyumni ishlash uchun qo'shimcha ma'lumotlar ham bo'ladi. Shunga ko'ra chizmani o'qishni o'rgatish - o'quvchilarga faqat tasvirlangan buyumning fazodagi shaklini tasavvur etishni emas, balki uni tayyorlash va tekshirish uchun kerakli barcha ma'lumotlarni aniqlashni ham o'rgatishdir. O'qituvchi chizmalarni o'qishni o'rgatishda avval tayyor buyum (detal) ni namoyish qiladi va undagi element-larning nomlrini aytadi. Tayyor buyumlar sifatida sodda shaklli buyumlarni, masalan, yog'och taglik, yashiq devori va xoka'zolarni olish tavsiya etiladi. Buyumlardagi tekislik, torets, qirra kabi elementlarni so'ngra detalning oldidan, yuqorisidan va chap tomonidan ko'rinishlari haqida ma'lumot beradi. Shundan so'ng buyumning chizmasini ko'rsatib, uni yuqorida keltirilgan reja bo'yicha qanday o'qish kerakligini tushuntiradi. O'quvchilar chizmaning masshtabini aniqlashda tabiatshunoslik darslarida hamda geografik kartalardagi masshtablarni o'rganishda olgan bilimlariga tayanadilar. O'lchamlar shartli belgilar va yozuvlar eng oxirida o'qiladi. Bunda maktab ustaxonalaridagi mashg'ulotlarda foydalanilgan ish chizmalari GOST ning hamma qoidalariga muvofiq chizidgan bo'lishi kerak. Chizmalarni muayyan reja bo'yicha o'qish usulidan foydalani o'quvchilar oldiga savol-topshiriqlar qo'yishni inkor etmaydi. Dastlabki savollar aniq mazkur detalning shakliga taalluqli, maslan: shponka ariqchasi chap toretsdan qancha oraliqdan boshlanadi?, faska plastinkada qanday burchak ostida ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.51 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:24
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.51 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:24 ]
Arxiv ichida: doc