Mehnat ta'limi o'qituvchilarining kasbiy-pedagogik komponentligini shakllantirishni ilmiy-pedogogik asoslari

Mehnat ta'limi o'qituvchilarining kasbiy-pedagogik komponentligini shakllantirishni ilmiy-pedogogik asoslari

O'quvchilarga / Pedagogika
Mehnat ta'limi o'qituvchilarining kasbiy-pedagogik komponentligini shakllantirishni ilmiy-pedogogik asoslari - rasmi

Material tavsifi

Mehnat ta'limi o'qituvchilarining kasbiy-pedagogik komponentligini shakllantirishni ilmiy-pedogogik asoslari MUNDARIJA Kirish …… 4 I-BOB. Bo'lajak mehnat ta'limi o'qituvchisini kasbiy-pedagogik kompetentligini shakllantirishning ilmiy-nazariy asoslari . 1.1. Bo'lajak mehnat ta'limi o'qituvchisi kasbiy-pedagogik kompetentligini shakllantirishning nazariy-metodik asoslari……7 1.2. Kasbiy-pedagogik kompetentlikni shakllantirishning psixofiziologik asoslari --15 1.3. Mehnat ta'limi o'qituvchisi kasbiy-pedagogik kompetentligini shakllanish tuzilmasi --30 II-BOB. Bo'lajak mehnat ta'limi o'qituvchisini kasbiy-pedagogik kompetentligini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari……44 2.1. Bo'lajak mehnat ta'limi o'qituvchisi kasbiy-pedagogik kompetentligini shakllantirish metodlarini tanlash mezonlari --44 2.2. Bo'lajak mehnat ta'limi o'qituvchisining kasbiy-pedagogik kompetentligini shakllantirish metodlari--46 2.3. Bo'lajak mehnat ta'limi o'qituvchisining kasbiy-pedagogik faoliyatini modellashtirish--62 2.4. Bo'lajak mehnat ta'limi o'qituvchisi kasbiy-pedagogik kompetentligini shakllantirishda mustaqil ta'limning tutgan o'rni--71 Xulosa…….79 Foydalanilgan adabiyotlar……80 KIRISh Bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi. O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar, jamiyatda o'ziga xos ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy rivojlanish yo'lining tanlab olinishi, shuningdek, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g'oyasi va talablari asosida jahon talablariga muvofiq keluvchi, uzluksiz ta'lim tizimini shakllantirish uchun qulay shart-sharoit yaratdi. ta'lim sohasida olib borilayotgan hamda aniq maqsadga yo'naltirilgan davlat siyosati ijtimoiy jamiyat taraqqiyotini taminlovchi ustuvor yo'nalishlardan biri sifatida etirof etildi. Bu yo'nalishda amalga oshiriladigan muhim tadbirlar qatorida mutaxassislarning yangi avlodini shakllantirish, ma'naviy-axloqiy jihatdan yetuk, mustaqil dunyoqarashga ega, ijodiy fikrlovchi, boy milliy meros, shuningdek, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga sadoqatli barkamol shaxsni tarbiyalab, voyaga yetkazish vazifalari belgilangan. Jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlar talablariga to'la javob beruvchi, ishlab chiqarish sohasida yuzaga kelgan raqobatga bardoshli, keskin o'zgarishlarga moslasha oluvchi, shuningdek, mehnat bozorida mutaxassislar malakasiga qo'yilayotgan talablar darajasida samarali faoliyat yurituvchi shaxsni shakllantirish dolzarb muammo hisoblanadi. Mehnat ta'limi yo'nalishida bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash jarayonida jiddiy kamchiliklar mavjud, bular: - kasbiy faoliyatning turli yo'nalishlarida talabalarning faol ta'lim olish shakllariga bo'lgan ehtiyoji va ijtimoiy zaruriyatning to'la qondirilmayotganligi, shuningdek, mehnat ta'limi o'qituvchilarining etarli darajada kasbiy-pedagogik tayyorgarlikka ega emasliklari; - mehnat ta'limi o'qituvchilarini kasbiy shakllantirishda talabalar tomonidan ta'lim tamoyillari, mazmuni, metodi va zamonaviy vositalarini mustaqil tanlashlari uchun zarur shart-sharoit yaratilmaganligi hamda bilim va ko'nikmalarning shakllantirilmaganligi; - oliy ta'lim tizimida mehnat ta'limi o'qituvchilarini tayyorlash o'quv rejalari fanlarni bloklararo, blokning ichida va predmet doirasida integratsiyalash kasbiy pedagogik ta'limning asosiy maqsadlariga muvofiq ijtimoiy va shaxsiy tajribaning mohiyati, ijtimoiy jamiyatda kasbiy faoliyatni tashkil etish jarayonida hayotiy ko'nikmalarni egallashga imkon beruvchi asosiy turlari etarlicha amalga oshirilmayotganidir. Bitiruv malakaviy ishning o'rganilganlik darajasi. Oliy ta'lim muassasalarining o'quv-tarbiyaviy mazmundagi faoliyati jarayonining umumiy qonuniyatlari va mehnat ta'limi o'qituvchilarning kasbiy-pedogogik kompetentligini ta'minlashning samarali texnologiyalari mohiyatini o'rganildi. Mehnat va kasb ta'limi o'qituvchilarini tayyorlashni takomillashtirish muammolarining mohiyati va mazmuni o'rganildi. O'qituvchini kasbiy shakllantirish, oliy ta'lim muassasalarida ularning kasbiy va shaxsiy kamolotini ta'minlash uchun zarur pedagogik shart-sharoitlarni yaratish muammosi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 185.85 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:24 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 185.85 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga