mehnat ta'limi o'qituvchisi va o'quv ustasi. Metodik adabiyotlar R Ye J A : mehnat ta'limi o'qituvchisi va uning o'rni. o'quv ustasi va uning o'quv jarayonidagi vazifasi. o'quv adabiyotlari va ulardan foydalanish. Pedagogika fanidan malumki o'quv jarayonida o'qituvchi rahbarlik rolini utaydi. Bu umumiy holda mehnat o'qituvchisiga xam taallukli. mehnat ta'limida vaqtning asosiy (30 %) kismi o'quvchilarning amaliy ishiga sarf bo'ladi. o'quvchilarni amaliy ishlarini mustaqil egallashlari uchun o'qituvchining roli yanada ortadi, chunki o'qituvchi xamma narsani oldindan puxta uylab yaxshi rejalashtirsagina o'quvchilar mustaqil ishlay oladilar. o'qituvchi darsga tayyorlanayotganda har xil metod va usullarni kullab yangi materialni bayon qilishni uylaydi. U o'quvchilarni individual xususiyatlarini, tajribasini, jismoniy rivojlanishini va boshqa faktorlarni etiborga olib ish obyektini tanlaydi. Uning oldida o'quv ishlab chiqarish jamoasini tashkil etish, ular orasida ishlab chiqarish munosabatlarini shakllantirish, mehnat usullarini to'g'ri bajarish, olingan bilimlarni amalda kullanishini nazorat qilish va o'quv natijalarini baholash vazifasi turadi. o'qituvchida kuyidagilar xos bo'lishi kerak : 1). yuqori g'oyaviylik. o'qituvchi usib kelayotgan avlodimizning tarbiyachisidir. U yuksak madaniyatli, ma'rifatli, ona Vatanimizga cheksiz sadokatli, qadriyatlarimiz kadriga etadigan bo'lishi lozim. 2). yuqori texnik malaka. Texnik fanlarni va o'z kasbini yaxshi bilishi lozim. Masalan, 5-6 sinflarda o'quvchilar slesarlik, duradgorchilik, tokarlik, ishi elementlari va elektrotexnika elementlarini tanishadilar. Shuning uchun o'quvchi duradgorchilik, slesarlik, tokarlik kasblaridan 2-3 razryadga ega bo'lishlari lozim. 3). yuqori texnologik-pedagogik tayyorgarlik. mehnat o'z bilimi va malakalarini yuksak darajada egallash bilan birga, ularni o'quvchilarda xam tartib toptirish uchun bilimlar berish kerak. Shuning uchun psixologiya, pedagogika, didaktika va boshqa fanlarni o'quv jarayoniga asos buladigan qoidalarini chuqur uzlashtirib olishlari lozim. 4). o'z kasbiga muhabbat. o'qituvchi - o'qituvchi bo'lib tugilmogi kerak. o'z ishiga kizikishi bulmasa o'qituvchi bo'lib ishlay olmaydi. Maktabda ishlash ko'p xursandchilik ijodiy xuzur bagishlaydi, ammo bularga chidamlilik, xayrxoxlik, talabalarga xurmat, ularga muhabbat bilangina erishiladi. mehnat ta'limi o'qituvchisini oliy o'quv yurtlaridagi tayyorgarligi asosli bulsa xam u tugallanmagan hisoblanadi. Chunki hozirgi zamon ishlab chiqarishi juda tez suratlar bilan rivojlanmokda. mehnat qurollari, texnologik jarayonlar uzluksiz takomillashib bormokda. Ular albatta mehnat ta'limida o'z aksini topadi. Demak mehnat o'qituvchisi fan va texnika sohasidagi taraqqiyotni uzluksiz kuzatib borishi, ulardan o'quvchilarni tushunarli shaklda xabardor qilib turishi kerak. o'qituvchilar mehnat ta'limi jarayonida foydalanadigan metodik vositalari xam uzgarib turadi. ilg'or o'qituvchilarni yangi formalarini, uzluksiz ravishda bilim, malaka va ko'nikmalarini shakllantirishini yangi usullarini joriy etib borishlari lozim. Yaxshi ilg'or o'qituvchilarning tajribalari umumlashtirib ommalashtiriladi. Shunga ko'ra xar bir o'qituvchi ilg'or pedagogik tajribalar yoritadigan vaqtli matbuotni kuzatib borishlari va undan o'z ishida foydalanishlari lozim. o'qituvchilar uzining pedagogik mahoratini takomillashti-rishini, o'z malaka va saviyasini xar doim oshirib ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.07 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:24
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.07 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:24 ]
Arxiv ichida: doc