Mehnat ta'limi uslubiyoti fani va uning vazifasi. Politexnik ta'lim mohiyati, metodalogik asoslari

Mehnat ta'limi uslubiyoti fani va uning vazifasi. Politexnik ta'lim mohiyati, metodalogik asoslari

O'quvchilarga / Pedagogika
Mehnat ta'limi uslubiyoti fani va uning vazifasi. Politexnik ta'lim mohiyati, metodalogik asoslari - rasmi

Material tavsifi

Mehnat ta'limi uslubiyoti fani va uning vazifasi. Politexnik ta'lim mohiyati, metodalogik asoslari Reja Maktablar o'quv rejasida mehnat ta'limining tutgan o'rni. Ta'lim va tarbieni kasb bilan kushib olib borish haqidagi ilg'or fikirlar. Politexnik ta'lim va uning mohiyati. Umumiy o'rta ta'li maktablarida mehnat ta'limi fanini o'qitishning maxsadi-o'quvchilarni aqliy va jismoniy mehnat turlari, jarayonlari hamda kasblar bilan tanishtirish, ularda dastlabki mehnat ko'nikmalari va malakalarini, kasbga kizikish va mehnatsevarlikni shakllantirish, ularni mehnat kasblarni kadrlashga, ularning ahamiyatini tushunishga o'rgatish hamda kasb tanlashga tayyorlash orqali ularning kasbga bo'lgan tayorgarliklarini amalga oshirishdan iborat. Ushbu maxsadni amalga oshirish uchun quyidagi ta'limiy-tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarni bajarish lozim bo'ladi. Ta'limiy vazifa -o'quvchilarning barkamol shaxslar bo'lib shakllanishlari uchun ularga mehnat jarayonlari, kasblar, umumiy texnologiya, texnika va ishlab chiqarishning ilmiy asoslarini o'rganish, ularni kasb tanlashga yo'naltirish, kasblar bilan dastlabki tanishtirish orqali ularning kasbga tayyorgarliklarini amalga oshirish ularning kasbga tayyorgarliklarini amalga oshirish va kasb-hunar kolledjlarida ta'lim olgandan keyin oliy o'quv yurtlarida davom ettirishga tayyorlashdan iborat. Tarbiyaviy vazifa- o'quvchilarning mehnat ko'nikmalarini shakllantirish jarayonida kasbga munasabatlarida yuqori axloqiy sifatlarini, mehnatsevarlik, vatanparvarlik va tadbirkorlikni rivojlantirib borishdan iborat. Rivojlantiruvchi vazifa- mehnat ta'limi mashg'ulotlari jarayonida o'quvchilarga aqliy, jismoniy, axloqiy, badiiy-estetik tarbiya va ta'lim berish, kasbga tayyorgarliklarini amalga oshirish orqali ularning barkamal shaxslar bo'lib etishishlariga yordam berishdan iborat. Mehnat ta'limi fanining mazmuni shartli ravishda uchga, ya'ni kasb ta'limi tayyorgarligi, kasblar bo'yicha tayyorgarlik va kasbga maxsus tayyorgarlik qismlariga bulinadi. Bu kismlar xar bir dars va mashg'ulotlarning tarkibiga singib ketgan bo'lib, ularning o'qituvchilar va uslubchilar tomonidan ilmiy uslubiy nuqtai nazardan hisobga olingan holda tahlil qilib borilishi kasb ta'limi mashg'ulotlarining aniq maqsadga yo'naltirilgan bo'lishini ta'minlaydi. Mehnat ta'limining yo'nalishlari maktabj atrofidagi karxona, tashkilot va kasb-hunar kolledjlarida keng tarkalgan sohalar, kasblarga muvofik tanlab olinadi. Shunga ko'ra xar bir kolledjda kasb ta'limining quyidagi yo'nalishlari asos qilib olinishi mumkin: -yog'och va unga ishlov berish texnologiyasi; -metall va unga ishlov berish texnologiyasi; -gazlamaga ishlov berish texnologiyasi; pazandachilik asoslari; -Avtomobillarni sozlash -avtomobil va traktor -maishiy xizmat ko'rsatish -qishloq xo'jaligi asoslari va boshqalar. Mehnat ta'limi o'qituvchilarini tayorlash pedagogika institutlarida amalga oshiriladi. Mehnat ta'limi o'qituvchilarini tayorlash o'quv rejasida umumiy ta'lim fanlari va maxsus fanlar siklini o'qitish nazarda tutilgan. Maxsus fanlar siklini umumtexnik, texnik va pedagogik fanlarga ajratish mumkin. Mehnat ta'limi o'qituvchilarining psixologik-pedagogik jihatdan tayorgarligi psixologiya, pedagogika, mehnat ta'limi va kasbga yo'llash metodikasi, chizmachilik va rasm o'qitish metodikasi, maktab gigiyenasi kabi fanlarni o'rganishda amalga oshadi. Mehnat ta'limi o'qituvchisini tayorlashda «Mehnat ta'limini o'qitish uslubiyoti» ixtisoslashtiruvchi fanlardan biri bo'lib hisoblanadi. Bu fan boshqa fanlarni takrorlamaydi, ular bilan yaqin bog'lanishda bo'ladi. bo'lajak o'qituvchi «Mehnat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.33 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:24 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.33 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga