Mehnat ta'limida instruktaj, mashq, o'quv qo'llanmalari bilan ishlash va laboratoriya ishlari

Mehnat ta'limida instruktaj, mashq, o'quv qo'llanmalari bilan ishlash va laboratoriya ishlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Mehnat ta'limida instruktaj, mashq, o'quv qo'llanmalari bilan ishlash va laboratoriya ishlari - rasmi

Material tavsifi

mehnat ta'limida instruktaj, mashq, o'quv qo'llanmalari bilan ishlash va laboratoriya ishlari Reja: mehnat darslarida instruktaj; mehnat darslari mashq metodi ; mehnat darslarida o'quv qo'llanmalari bilan ishlash ; mehnat darslarida laboratoriya tajribalari. Instruktaj. Instruktaj deyilganda mehnat faoliyati usullarining tushuntirish va ko'rsatish anglanadi. Bu usullar shu faoliyatlarini to'g'ri va xavfsiz bajarish bo'yicha tasavvur hosil qilishga va o'quvchilarning amaliy faoliyatlarini to'g'ri yo'naltirishga karatiladi. Instruktaj darsning bir kismi (elementi)dir. Instruktaj jarayonida bir nechta ta'lim metodlaridan foydalaniladi. Bunday metodlar mehnat usullarini namoyish qilish va ularni bajarish qoidalarini tushuntirish; texnik masalalarni kuyish o'quvchilar o'qituvchi topshirigini kay darajada tushunganliklarini aniklaydigan suhbat ; bunda metodlar o'zaro chambarchas birikadi, uning kombinatsiyasi sistema hosil qiladi. Instruktajga quyidagi talablar kuyiladi. Instruktaj jarayonida ta'limning xilma-xil metod va usullaridan unumli foydalanish; Instruktaj mazmunini o'qituvchi tomonidan aniqlash. Agar o'qituvchining o'quvchilar oldiga kuygan topshirigi ularga tushunarli bulmasa, o'quvchilar uni bajarish sharoitini kupincha buzadilar, chunki ular bu nimaga olib borishini bilmaydilar. Shuning uchun o'qituvchining xar bir talabi asoslanishi kerak. Instruktajning tulaligi va instruktajni kismlarga ajratish. mehnat topshirigi qiyinligi va u kaysi sanada bajarilayotganligiga karab instruktaj butun yoki ishning borishiga karab kismlarga ajratib borish lozim. Instruktaj yordamida o'quvchilar o'z faoliyatini nazorat kila olsinlar. Bu talabni bajarmay, o'quvchilarning mustaqilligiga erishib bulmaydi. mustaqillik esa o'quvchilarda amaliy mehnat va ko'nikma, malakalarini hosil qilishda muhim ahamiyatga ega. Instruktaj uch xil bo'ladi : kirish, joriy, yakuniy. Yangi operatsiyasini o'rganish bo'yicha kirish instruktaji bo'ladi. mehnat usullarini normal va sekinlashtirilgan holda bajarish qoidalarini namoyish qilish; o'z-o'zini nazorat qilish belgilarini; aniq mehnat vazifasini kuyishni o'z ichiga oladi. Kirish instruktajidan o'quvchilar operatsiyaning ayrim qismlarini: asbobni ushlash, ish holatida turish, suratni egallash va xoka'zolarni o'rganish bilan bog'liq harakatlarni bajarishga harakat kiladilar. Xar bir urganilayotgan element oldingisini o'rnini olmay, balki unga kushilib borishi, bir-biriga bog'lanishi, yagona zanjir hosil qilishi zarur bo'ladi. mehnat usullarini bajarshdagi xatolarni tuzatish bo'yicha joriy instruktaj olib boriladi. Bunda o'quvchilar ishni tuxtatib, xatoga yul kuygan o'quvchilarning ishiga etibor berib, unda noto'g'ri ishlaganligining sababini tekshirib borishni talab qiladi. Shu asosda xamma o'quvchilar bilan suhbat o'tkaziladi. Sung o'qituvchi xulosa qilib to'g'ri usullarni ko'rsatishi, xatoga yul kuygan o'quvchining usullarni xotirada tiklashi, shunda ishni davom ettirishga ruxsat berishdan iborat bo'ladi. Yakunlovchi instruktaj sifatli bajarilgan va brak qilingan buyumlarni namoyish qilish, o'quvchilar ishining umumiy xarakteristikasini, o'quvchilar yul kuygan xatolar tahlilini, o'quvchilar ishini baholashni o'z ichiga oladi. mashqlar. mehnat ta'limi jarayonida xar bir yangi operatsiyani qisqa muddatli mashqdan boshlash maqsadga muvofik bo'ladi. Bu mashqlarni shartli ravishda ta'limiy mashqlar deyiladi. Amaliy mashqlarni bajarish jarayonida o'quvchilar har xil buyumlar tayyorlaydilar, mehnat usulida va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.92 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:24 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.92 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga