Mehnat ta'limidan sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni olib borish metodikasi

Mehnat ta'limidan sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni olib borish metodikasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Mehnat ta'limidan sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni olib borish metodikasi - rasmi

Material tavsifi

Mehnat ta'limidan sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni olib borish metodikasi Reja: Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning xususiyatlari. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning shakllari. Mehnat ta'limidan sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning shakllari. Mehnat ta'limidan to'garaklar va ularni ishini tashkil qilish. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar o'ziga xos xususimyatlar bilan o'quv mashg'ulotlaridan farq qiladi. Sinfdan tashqari ish bir tomondan sinfdagi ishning davomi bo'lsa, boshqa tolmondan o'quvchilarni mehnatga tayyorlash imkoniyatlarini ancha kengaytiradi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlshar o'quvilarning qiziqishi, istaklari, hohish va ehtiyojlariga hamda layoqatlariga suyangan holda ularning darsdan bo'sh vaqtlarida o'quv tarbiya jarayonini to'ldiradi. O'quvchilarning ijodiy qobiliyat-larini, tashabbuskorliklarini oshirishga imkoniyat yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarning o'ziga xosligi shundaki to'garak, klub dasturlarining rang-barang ular mazmunidagi o'zmir yigit-qizlarning shaxs sifatida shakllanishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Iqtisodiy prinsip o'quvchilar tashabbuskorligi yuqoriroq bo'lishini ta'minlaydi. Shuning uchun bu ishlar o'quvchilarni qiziqtiradigan va mazmundor bo'lishi kerak. Sinfdan va matabdan tashqari ishlarning o'ziga xos xususiyatlaridan yana biri, bu ishlarning majburiy dasturining yo'qligidir. O'zbekiston Respublikasi XTV tomonidan namuna sifatidagi dasturlar ishlab chiqilgan, lekin mahalliy sharoitlar va imkoniyatlarni hisobga olib ana shu dasturlar asosida o'zlari uchun aniq maqsadga qaratilgan ish reja tuzib shu asosida ish olib boradilar. Shuni alohida takidlash lozimki sinfdan va maktabdan tashqari ishlar (to'garaklar, suhbatlar, ma'ruza, ekskursiya, munozara, muloqot, adabiy kecha, ilmiy-amaliy konferensiya, turli yozuvchilar, ishlab chiqarish ilg'orlari, shoirlar, san'at arboblari, sportchilar, olimlar bilan uchrashuvlar va xokazo) uchun tuzilgan ish reja va dasturlar O'zbekiston Respublikasi XTV ning 199 yil 30 iyuldagi 85 sonli hayat qarori bilan tasdiqlangan «Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasi» va «Maktabdan tashqari ta'limga qo'yiladigan davlat talablari» ga mos kelishi kerak. Sinfdan va maktabdan tashqari mashg'ulotlarning mazmuni bolalarning maktabda olgan bilimlariga tayanishi va bu bilimlarni chuqurlashtirishga hamda kengaytirishga, o'quvchilarning bu bilimlarni amalda va ijtimoiy-foydali faoliyatida qo'llashlariga yordam berishi lozim. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning quyidagi shakllari bor: A) Ommaviy ishlar: musobaqalar, ko'rgazmalar, konkurslar, kechalar, ertaliklar, ekskursiyalar, konferensiyalar, spartakiadalar, uchrashuvlar va xokazo. B) To'garak ishlari: Yosh fiziklar, matematiklar, tabiatshunoslar, yosh rassomlar, drama to'garagi va xokazo. V) O'quvchilarning mustaqil mashg'ulotlarini yo'lga qo'yish: bunda o'quvchilar fan va texnikaning biron sohasini o'rganish uchun mustaqil ishlaydilar yoki mustaqil ravishda turli modellar quradilar va xokazo. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning bu shakllaridan eng ko'p qo'llaniladigani to'garak ishlaridir. To'garaklarni quyidagi gruppalarga bo'lish mumkin: Fanga oid to'garaklar, fanlararo to'garaklar va fandan tashqari to'garaklar. Mehnat ta'limi va tarbiyasi asosidagi sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda: Mehnat ta'limi darslarida o'quvchilar olgan bilim va ko'nikmalarini mustahkamlash, umumlashtirish hamda kengaytirish. Unumli mehnatga assolangan ijodiy faoliyatga o'quvchi-larni jalb qilish. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.28 KB
Ko'rishlar soni 34 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:24 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.28 KB
Ko'rishlar soni 34 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga