mehnat TARBIYaSI Mehnat tarbiyasi o'quvchilarga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy ko'nikma va malakalarini shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo'lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Mehnat tarbiyasini shunday tashkil etish kerakki, inson mehnat jarayoni va uning natijasidan qanoatlanishini tarkib toptirishga ko'maklashsin. Mehnat tarbiyasining provard maqsadi shaxs xarakterining asosiy xislati sifatida uning mehnatga bo'lgan ehtiyojini shakllantirishdir. O'quvchilarning ijtimoiy rivojlanishini ta'minlashda mehnat tarbiyasi muhim shartlardan biri bo'lib hisoblanadi. Uning amalga oshirilishi davlat tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy va iqtisodiy siyosat mazmuni bilan belgilanadi. Bundan tashqari «Avesto», Kaykovusning «Qobusnoma», Abu Nasr Forobiyning «Fozil odamlar shahri», Abu Rayhon Beruniyning «Geodeziya», «Minerologiya», Mahmud Qoshg'ariyning «Devonu lug'atit turk», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig», Alisher Navoiyning bir qator asarlari va shu kabi ma'rifiy meros namunalarida mehnatsevarlik, kasb-hunarning ahamiyati haqida muhim fikrlar bayon etilgan. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» asarida esa shahar va qishloq xalqini ijtimoiy tabaqalarga ajratib, dehqonlar, hunarmandlar, chorvadorlar, olimlar, tabiblar va boshqalar haqida so'zlab, ularning jamiyat hayotidagi o'rniga alohida to'xtalib o'tadi. Turli kasblar, ayniqsa, dehqonchilik, hunarmandchilik va chorvachilikka oid fikrlarini bayon etadi. U dehqon, hunarmand va chorvadorlarni jamiyatning moddiy boyliklarini yaratuvchi sifatida ta'riflaydi. Masalan, alloma dehqonlar haqida: Qalug' tebranurka bulardan aso'g', Tuzuk tegir ye ichimdan tato'g'. (Hamma qimirlagan jonga bulardan manfaat (bo'ladi), Hammasiga eyim (va) ichimdan halovat etadi). Deb dehqonlar mehnatini ulug'lash bilan birga, hunarmandlar haqida ham «juda zarur kishilardir temirchi, tikuvchi, etikdo'z, suvchi, egarchi, toshchi, o'qchi, kamonchilarning foydasi katta. Ularni sanay berib ko'zim uzayib ketdi. Bu dunyoga ular yaxshilik keltiradilar, Ular juda ko'p ajoyib narsalarni ishlaydilar», - deb o'zining xayrixohligini bayon etadi va hukmron doiralarga mehnatkashlar bilan munosabatda bo'lish shartlari xususida o'z tavsiyalarini bayon qiladi. Dehqonlarga nisbatan: Bularga qatilg'il, qarilg'il o'zun Tilin yo'qshi sozla, achuq tut yuzun. (O'zing bular bilan aralashgin, qo'shilgin, Tilda yaxshi so'zla, yuzingni ochiq tut). Hunarmandlarga nisbatan: Keraklik kishilar yema bu sena, Yo'qo'n tut bularo'g' tosulg'ay tona. (Bular ham senga kerakli kishilardir, Bularni yaqin tut, foydasi tegadi (ey) bahodir) Chorvadorlarni ham haqiqiy mehnatkash inson sifatida ulug'lab: Qato'lg'il, qaro'lg'o'l, yetur ham ichur, Ko'nchilik uzala tirig'lik kechur. Neku qulsa bergil, kerek bo'lsa al, Ko'ni ko'rdim ushbu qutu bilmas al. (Aralashgin, qo'shilgin, edir ham ichir, To'g'rilik ichra tirikchilik kechir. Nima so'rasa bergil, kerak bo'lsa ol Chindan ko'rdim ushbu odamlar Hiyla-nayrangni bilmaydi(lar) XV asarning yirik mutafakkiri Alisher Navoiyning mehnatkash insonni ulug'lovchi, mehnat tarbiyasi haqidagi fikrlari «Hayratul abror», «Farhod va Shirin», «Mahbub-ul qulub» asarlari ham mavjud. Alisher Navoiyning haqiqiy inson uchun eng yaxshi fazilatlardan ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
209.02 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:24
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
209.02 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:24 ]
Arxiv ichida: pptx