Mehnat va kasb ta'limi bo'yicha o'zlashtirishni baholash mezonlari

Mehnat va kasb ta'limi bo'yicha o'zlashtirishni baholash mezonlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Mehnat va kasb ta'limi bo'yicha o'zlashtirishni baholash mezonlari - rasmi

Material tavsifi

Mehnat va kasb ta'limi bo'yicha o'zlashtirishni baholash mezonlari Reja: Mehnat va kasb ta'limida reyting usuli baholashning eng zamonaviy usuli Reyting tizimining maqsad va vazifalari Reyting tizimini amalga oshirish O'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalariga o'qituvchi, usta besh balli usul bo'yicha baho qo'yadi. Baho qo'yishning besh balli usulini amalga tatbiq etishda so'zlar bilan ifodalanadigan «a'lo», «yaxshi», «qoniqarli», «yomon», «juda yomon» degan baholarni «5», «4», «3», «2», «1» raqamlari bilan almashtirish maqsadga muvofiq deb topilgan. Raqamli baholash ko'proq aniqligi, puxtaligi va foydalanish uchun qulayligi bilan farq qiladi. Ko'pincha usta va o'qituvchilar O'quvchilarning intizomiga oid birorta karachiligi (kechifcib kelishi, mashg'ulotlarga kelmay qolishi, dars vaqtida gaplashib o'tirishi va hokazolar) uchun bahoni kamaytirish kabi xatoga yo'l qo'yadilar. Bu o'rinda usta va o'qituvchi tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishning boshqa vositalaridim foydalanilishi lozim. Quyidagi baho mezonlari belgilab chiqilgan: O'quv materialini butun tavsilotlari bilan bilish va tushunish, materialni izchil, mantiqan bog'laogan holda xatosiz bayon etish, hisob-kitob va grafika ishlarini namunali bajarish, mehnat topshiriqlarini bajarish vaqtida olingan ilmiy-texnikaviy bilimlarni mustaqil, dadil va to'g'ri tatbiq etish, mehnat usullarini to'g'ri bajarish (mehnat va hunar ta'limi dasturining talablari doirasida), texnikaviy talablar doirasida sifat ko'isatkichlariga rioya qilish, ishni vaqt normasi doirasida bajarish «5» baho bilan baholanadi. «4» baho butun o'quv matreallarini bilishi va tushunishi, uni og'zaki va yozma ravishda to'g'ri bayon etishi, hisob-kitob va grafika ishlarini to'g'ri va puxta bajarishi, olingan bilimlardan о'quv-mehnat topshiriqlarini, berilgan ishni o'z bajarilganligi uchun qo'yiladi. «3» baho o'quv dasturlaridagi asosiy materialni bundan keyingi о'quv-mehnat vazifalarini bajarishga imkon beradigan hajmda bilishi va tushunishi, o'quv materialini birmuncha xato va kamchiliklar bilan, o'quvchining ozgina yordami orqali sodda qilib bayon etishi, mehnatni tashkil etishda biroz kamchiliklar bo'lgan holda belgilangan vaqt normasini 75% bajargani uchun qo'yiladi. «2» balli baho programma materialining ko'p qismini yaxshi tushunmaslik, uni qo'pol xatolar bilan bayon qilish, hisob-kitob va grafika ishlarini yetarli darajada bajarmaslik, olingan bilimlarni xatolarga yo'l qo'yib tatbiq etish, mehnat operatsiyalarini ko'p xatolar bilan bajarish, mehnatda belgilangan sifat ko'rsatkichlarini ta'minlay olmaslik uchun qo'yiladi. Butun o'quv dasturi materialini bilmaslik va tushunmaslik, o'tilgan materialni bayon qilib bera olmaslik, olingan bilimlardan amalda foydalana bilmaslik, usullarini qo'llay olmaslik, brakka yo'l qo'yish uchun qo'yiladi. Baholashni tarbiyavjy rolini oshirish masalasi sazovordir. Shu munosabat bilan usta, o'qituvchilar qo'ygan baholarini izohlab berishi muhimdir. Bu hol o'quvchilarga o'z bilimlaridagi kamchiliklarini, amaliy ishlaridagi nuqsonlarini bilib olishlariga yordam beradi, Baholashni muntazam izohlab borish ularning ta'limiy rolini oshiradi. Mehnat va kasb ta'limida reyting usuli baholashning eng zamonaviy usuli Fanlar va ixtisosliklar bo'yicha ta'lim standartlarida o'quvchilar o'zlashtirish bilimi, ko'nikma va malakalariga ega bo'lishi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.32 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:24 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.32 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga