Mehnat va kasb ta'limi darslarida o'qitishning faol usullaridan foydalanish Reja: O'qitishning faol usullaridan foydalanishning ahamiyati. Mehnat va kasb ta'limi darslarida o'qitishning faol usullaridan foydalanish. Noan'anaviy darslarning turlari va ularni qo'llash metodikasi. O'qitishdagi ilg'or usullardan biri ta'limning noan'anaviy shakllari hisoblanib, ular ta'lim jarayonini faollashtirishga xizmat qiladi. Kuzatishlardan shu narsa malumki, dars mashg'ulotlaridagi o'quvchilarga bo'lgan munosabat va talabning bir xilligi ularni shu darsga nisbatan qiziqishlarini pasayib ketishiga sabab bo'ladi. Shu sababli darsning noan'anaviy usullarini qo'llash yaxshi natija beradi. Konferensiya darsi V-VII sinflarda mehnat darslarida «Yog'ochlarga ishlov berish» bo'limi mavjud. Bu bo'limda yog'oaterialarining olinishi, turlari, tuzilishi, xossalari, ishlatilishi va turli hil duradgorlik buyumlarini yasash o'rgatiladi. Bu bo'lim yuzasidan olingan bilimlarni kengaytirish va atroflicha o'rganish maqsadida konferensiya darsi tashkil etish mumkin. Bunda o'quvchilarning qiziqishlari va qobiliyatlari hisobga olinib, ularni uch guruhga, yani o'lkashunoslar, duradgorlar va tadbirkorlar guruhlarga bo'lib olinadi. Ularga shu sohalarga oid topshiriqlar beriladi. Bunda o'lkashunoslar guruhi daraxtlar, ularning turlari, tuzulishi, joylari haqida; duradgorlar guruhi daraxtlardan olinadigan yog'och-taxta materiallari, ulardan turli hil buyumlar yasash haqida; tadbirkorlar guruhi esa bu buyumlarni bozorda qanday sotish, tushgan mablag'ni qanday sarflash haqidagi fikrlarini bayon qiladilar. Bu usul qisqa vaqt ichida o'quvchilarga xomashyo tayyorlashdan tortib, buyum tayyorlash va uni sotish jarayonlarini amalda ko'rsatib berishi bilan diqqatga sazovordir. Topag'onlik darsi. Darsda olgan bilimlarni takrorlash va mustahkamlash maqsadida o'yin ko'rinishidagi topag'onlik darsidan foydalanish mumkin. O'quvchilar ikki guruhga ajratiladi. O'quvchilarga o'rganilayotgan mavzularga oid rasm, sxema va boshqa tasvirlar ko'rsatiladi yoki doskaga chiziladi. Rasm teng bo'laklarga ajratilib, raqamlarbilan belgilanadi. O'quvchilarga raqamlar topilishi kerak bo'lgan so'zlarning birinchi harflarini bildirishi uqtiriladi. Albatta nimaning rasmi bo'lsa shunga oid ma'lumotlar bo'lajakligi ogohlantiriladi. Darsni o'qituvchi boshqaradi. Dars musobaqa tarzida o'tkazilib faol o'quvchilar rag'batlantirib boriladi. Bunda guruhlardagi o'quvchilar bir-biri bilan maslahatlashish imkoniyatiga ega. Har bir javob uchun malum ball qo'yib boriladi. Tasvirda beriladigan shartlar, savollar to'la qanoatlantirilgandan so'ng guruhlar to'plagan ballar elon qilinib, g'olib guruh aytiladi. So'ngra to'g'ri javoblar qo'shimcha savollar orqali mustahkamlanadi. Shu tarzda boshqa tasvirlar ko'rsatilib dars davom ettiriladi. Mehnat darslarida turli boshqotirmalardan foydalanish. O'qituvchi tomonidan doskaga boshqotirma jadvali chiziladi va qatorlar raqamlanadi. Qatordagi so'zlarni topish uchun savollar tuziladi. Javoblar jadvalning bo'yiga va eniga ko'ra yozilishi aytiladi. Savollar bilan o'quvchilarga murojaat qilinadi. O'quvchi javoblarni doskaga yozadi. Dars davomida o'quvchilarga turli ko'rinishdagi boshqotirmalar tayyorlashni vazifa qilib berish mumkin. Bu darsni ham musobaqa shaklida tashkil qilish mumkin. Test so'rovi usuli. O'qituvchi o'quvchilarga ikki xil variantda test material-larini tarqatadi. Bir hil variantdagi o'quvchilarni joylashuvi va munosabatlari dars davomida etiborga olinadi. Testlarni yechishda o'quvchilarni nazorat qilishni ikkita alochi o'quvchiga topshiriladi. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.1 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:24
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.1 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:24 ]
Arxiv ichida: doc