mehnat va kasb ta'limi metodikasi fani va vazifasi Reja: «mehnat va kasb ta'limi metodikasi» fanining tutgan o'rni. Mazkur fanning maqsadi va tarkibiy qismlari. «mehnat va kasb ta'limi metodikasi» ixtisoslashtiruvchi o'quv fanlaridan biri. mehnat va kasb ta'limi metodikasi pedagogika fanining tarmoqlaridan biri. 1.Prezidentimiz I.A.Karimov O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1X sessiyasida suzlagan nutqida «. . . bugungi kunda oldimizga kuygan buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishish, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirayotgan islohotlarimiz, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog'liqligini xammamiz anglab etmokdamiz» deb aytgan edi. Yana so'zida davom etib «Fakat chinakam ma'rifatli odam inson kadrini, millat qadriyatlarini, bir so'z bilan aytganda, uzligini anglash, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon jamiyatida uziga munosib, obruli urin egallashi uchun fidoiylik bilan kurashishi mumkin» deb ukimishli kishilarga juda katta baho beradi va ularni tarbiyalash eng dolzarb masala kanini takidlaydi. Respublikamiz o'qituvchilari oldida umumiy ta'lim, hunar maktabini isloh qilish, yangi davr talabiga mos yetuk kishilarni, bozor iqtisodi talabiga javob beradigan ta'lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish, maktab haqidagi konpensiyani amalga tadbiq qilishdek muhim vazifalar turibdi. Birinchi darajali vazifa o'rta maktabni bitirgan o'quvchilar fan asoslaridan chuqur bilim olishlari, ommaviy ishchi kasblaridan 2-3 tasini egallashlari, o'qish bilan birga ishlab-chiqarishda xam ishtirok etishlari lozim. o'quvchilarni mehnat va kasb olamiga olib kirishning xar-xil yo'llari orasida «mehnat ta'limi» fani muhim urin tutadi. Uning metodikasini takomillashtirish, moddiy jihozini mustahkamlash, maktabni o'z atrofidagi sanoat va qishloq xo'jaligi sohasi bilan aloqasini mustahkamlash, ijtimoiy foydali, unumli mehnatni tashkil etish, uning tarbiyaviy iqtisodiy samaradorligini oshirish, uni ta'lim bilan kushib olib borish, o'quvchilarni mehnatga tayyorlashni yaxshilash bilan shugullanadi. mehnat darsi maktabdagi boshqa fanlar uchun umumiy didaktik prinsiplarni kullasada, uning o'ziga xos xususiyatlari xam mavjud. o'quvchilar bilish faoliyati bilan emas, balki yaratish faoliyati bilan shugullanadilar. mehnat predmetlari, qurollari, jarayonlari oddiy o'rganish obyekti sifatida emas, balki o'quvchilar ishlarini aktivlashtiruvchi ko'rsatmaliylik vositasi, didaktik material, ta'limning texnik vositasi sifatida xizmat qiladi. mehnat ta'limining o'quv fani sifatida ana shu va boshqa xususiyatlarini urgatadi. II. Mazkur kursning maqsadi talabalarning umumiy ta'lim maktablarning 4-9 sinflari uchun texnik mehnat ta'limi o'qituvchisi va kasb hunar kollejlari (10-12 sinflarda) ishlab-chiqarish ta'limi o'qituvchilari bo'lib etishishlari tegishli metodik tayyorgarlik ko'rishlarini ta'minlashda xizmat qiladi. Mazkur fan turt kismdan iborat : 1.Birinchi kismda umumiy ta'lim maktabidagi mehnat ta'limi va ishlab-chiqarish ta'limi umumiy masalalari yoritiladi. 2.Ikkinchi kismida texnik mehnat bo'yicha o'quv dasturini alohida bo'lim va ma'ruzalarni o'qitish metodikasi beriladi. 3.Uchinchi kismida kasb-hunar kollejlarida umumiy texnik va maxsus fanlarni o'qitishga bagishlanadi. 4.Turtinchi kismi laboratoriya-amaliy ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.94 KB
Ko'rishlar soni
32 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:24
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.94 KB
Ko'rishlar soni
32 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:24 ]
Arxiv ichida: doc