Reja: 1. Barkamol avlodni tarbiyalashda mehnat va mehnat tarbiyasining o'rni va zaruriyati. 2. mehnat tarbiyasining mazmuni va mohiyati. 3. Uzluksiz ta'limning kasbiy yo'nalishlari. Har tomonlama yetuk, barkamol avlodni yetishtirishda mehnat tarbiyasining roli va o'rni bekiyos kattadir. Insonning kundalik turmush tarzi mehnat va faoliyat bilan bog'liqdir. Shu sababli, mehnat butun moddiy va ma'naviy boyliklarning ijtimoiy taraqqiyotning negizidir. mehnat tarbiyasi shaxsni har tomonlama rivojlantirishning ajralmas kismidir. Shuningdek, bolaning har tomonlama shakllanish vositasi, uning shaxs sifatida ulgayish omili hamdir. Muntazam qilingan mehnat jarayonidagina bola o'z aklini irodasini, hissiyotini, xarakterini rivojlantirishi, shaxs sifatida shakllanishi mumkin. Farzandlarimiz mustaqil O'zbekistonimizning bo'lgusi kuruvchilaridir. Shu sababli kadrlar tayyorlash milliy dasturi va boshqa hujjatlarda ularni mehnatga kay darajada tayyorlashga alohida e'tibor berilmokda. Shunday ekan, mehnat farzandlarimiz uchun ham zarurat, ham burch bo'lishi, buning uchun uyda ham, o'quv yurtlarida ham mehnat qilish uchun sharoitlar yaratilishi lozim. Agar bola kichikligidan mehnat qilishga o'rgatilsa, o'yindan mehnat qilishga xech bir qiyinchiliklarsiz o'tadi. Bu jarayonda kattalarning ibrati muhim rol o'ynaydi. Farzandlarimiz kichik yoshdan boshlab maishiy mehnat, aqliy mehnat, jismoniy mehnat va ijtimoiy mehnatda ishtirok etadi. mehnat tarbiyasida yutuklarga erishishda yoshlarni mehnatga ham ruxan, ham amaliy jihatdan tayyorlash lozim. Shuning uchun ularning yoshi va imkoniyatlariga mos mehnat turlarini bajarishga jalb kilmok lozim. mehnatga psixologik, axloqiy va amaliy tayyorlash jarayonida o'quvchida mehnatsevarlik, intizomlilik, shijoatkorlik kabi axloqiy irodaviy xususiyatlar tarbiyalanib boradi, o'quvchilarda jamoatchilik bilan birga mehnat qilish ko'nikmalarini hosil qilish lozim. Chunki inson butun hayoti davomida ko'pchilik bilan mehnat qiladi. Bu jarayonda o'quvchida mehnat qilish madaniyatini o'stirmok darkor. Yoshlar mehnati dastlab oilada, keyin esa o'quv yurtlarida amalga oshiriladi. Bu jarayonda ayniqsa akademik litsey kasb-hunar kollejlarini o'rni va ahamiyati bekiyos kattadir. Ta'lim to'grisidagi qonunning 13 - moddasida ta'kidlanganidek, kasb-hunar kollej o'quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, mahorati va malakasini chuqur rivojlantirishni tanlangan kasblar bo'yicha bir yoki bir necha ixtisos olishini ta'minlaydigan uch yillik o'rta kasb -hunar o'quv yurtidir. Yoshlar mehnatining mazmuni mamlakat oldida turgan ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy vazifalar, viloyat va tumanlardagi kadrlarga bo'lgan ehtiyoj, o'quv yurtlarining ichki imkoniyatlari va talablari asosida belgilanadi. Avvalo, ta'lim jarayonida mehnat haqida dastlabki bilim va tasavvurlarga ega bo'ladilar, o'qish ham mehnat ekanligini tushunib oladilar. o'quv rejasiga kiritilgan mehnat darslarida esa, mehnat qilish malakalarini egallaydilar. Bu jarayonda o'z mehnatlarining natijasini ko'rib zavklanadilar va yanada yaxshirok mehnat qilishga harakat kiladilar. mehnat qilish jarayonida, sinfdan va maktabdan tashqari mehnat, o'z-o'ziga xizmat qilish mehnati ijtimoiy foydali mehnat turida faol ishtirok etadilar va chinikadilar. Pedagogika fani mehnat tarbiyasini tashkil qilishda bir nechta talablar ko'yadi: Jumladan, mehnatning ijtimoiy axloqiy ahamiyatiga alohida ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.5 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:24
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.5 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:24 ]
Arxiv ichida: doc