Mehnat va o'quv jamolarini jismoniy tarbiya tashkilotlari Reja: Jismoniy tarbiya jamoasi havaskorlik jismoniy tarbiya harakatining bosh tarmog'i. Boshlang'ich jismoniy tarbiya tashkilotlarining maqsadi, vazifasi va ish mazmunlari. Sport klublarni tashkil qilishning xususiyatlari. Jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qilish va boshqarishda barcha tarmoqlardagi sport tashkilotlar, kamolot, kasaba uyushma a'zolari shuningdek davlat organlari, idoralari asosan o'zining eng quyi organlari mehnat jamoalari, o'quv yurtlari, turli muassasalar va turli tashkilotlarning faoliyatiga tayanadi. Xar bir mehnat jamoasi, o'quv yurtlari va boshqa jamoalar ishlab chiqarish sohasining yoki kadrlar tayyorlash faoliyatini qaysi tomonidan bo'lishidan qatiy nazar ular jismoniy tarbiya harakatining asosini tashkil etadi. Chunki har bir o'quvchi yoshlar ishchi va mehnatkash hamda ziyolilar davlat dasturi asosida yoki mehnat jamoasining ish rejalari asosida jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanib boradi. Jismoniy tarbiya mashg'ulotlari o'quvchi yoshlarni deyarli tula qamrab oladi. Ular o'quv jarayonlaridan tashqari sport to'garaklarida, turli musobaqalarda, ommaviy sog'lomlashtirish tadbirlarida faol ishtirok etadi. Mehnat jamaolarida esa ishlab chiqarish jismoniy tarbiyasi bo'sh vaqtlarida o'tkaziladigan turli sport tadbirlari, sog'lomlashtirish guruhlari va shunga o'xshash mashg'ulotlarda ko'pchilik yoshlar va katta yoshdagi kishilar muntazam ravishda shug'ullanib boradi. O'quvchi yoshlar va mehnatkashlarning xar bir jamoalardagi bu ish formalarini tashkil qilish, boshqarish va ularning talablarini bajarish va yuqoridan quyilgan vazifalarni amalga oshirishda malum faoliyat talab etiladi. Bu talablarni bajarish uchun esa har bir jamoada jismoniy tarbiya jamoasini tuzish va uning kengashini saylash zarur bo'ladi. Har bir jamoada jismoniy tarbiya jamoasini tuzishda maxsus nizomlarga tayanadi. jamoalarning kengashi uning a'zolari, shuningdek sport jamiyati a'zolari o'ziga tegishli bo'lgan sport jamiyatlarini qoidalari asosida ish olib boradi. Shuningdek har bir jamoaning ish xususiyatiga qarab o'z faoliyatlarini yuritish uchun tegishli rejalar tuzadi. Ishlab chiqarish jamoalarida jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qilishda avvalo kasaba uyushma hamda kamolot tashkilotlari rahbarlik qiladi. Jamoaning rahbar xodimlari jamoatchi tashkilotlarning faoliyatiga tayangan holda ularga moddiy va amaliy yordam ko'rsatadi. Mehnat jamoalarida jismoniy tarbiya va sport ishlarini uyushtirish unga rahbarlik qilish asosan jamoatchilik asosida olib boriladi. Jismoniy tarbiya jamoasi azoligiga ilg'or ishchilar, yetuk sportchilar eng faol kamolot, kasaba uyushma tashkilotlarining vakillari jismoniy tarbiya va sport tashkilotchilari saylanadi. O'z navbatida sport seksiyalari targ'ibot va tashviqot sohalari bo'yicha maxsus komissiyalar , byurolar tashkil etiladi. Bularga trenerlar, instruktorlar, metodistlar, tajribali sportchilar borshchilik qiladi. Musobaqalarni tashkil qilish mazmunli va qiziqarli o'tkazish ishlarida trenerlar jamoasi, xakamlar jamoasi, jismoniy tarbiya tashkilotchilari asosiy kuch hisoblanadi. Korxona rahbarlari jismoniy tarbiya jamoalarining kengashining faoliyatini bevosita boshqarishda quyidagi sohalar bo'yicha ishtirok etadi. Sport jamiyati a'zolarining umumiy yig'ilishlarini o'tkazish unda muxokama qilinadigan kun tartibini belgilash. Jamoatchilik ish ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.58 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:24
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.58 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:24 ]
Arxiv ichida: doc