Meksika davlatida ta'lim tizimi

Meksika davlatida ta'lim tizimi

O'quvchilarga / Pedagogika
Meksika davlatida ta'lim tizimi - rasmi

Material tavsifi

Meksika davlatida ta'lim tizimi Boshlang'ich maktabda o'qish muddati - 6 y., o'rta maktabda 5 va 6 y. 6-15 yoshdagi bolalar uchun boshlang'ich ta'lim - bepul. Davlat maktablaridan tashqari, ko'pgina xususiy maktablar ham bor. Mamlakatda 189 ta oliy o'quv yurti, shu jumladan, 60 ta universitet mavjud. Eng yiriklari,: Mexikodagi M. milliy muxtor unti (1551), Milliy politexnika instituti (1936), Gvadalahara, Moreliya, Puebladagi universitetlar. Ilmiy muassasalari: M. tillar akademiyasi, M. tarix akademiyasi (1940), Milliy tabiiy fanlar akademiyasi (1884), Milliy tarix va geogr. akademiyasi (1925), M. milliy tibbiyot akademiyasi (1864), yadroviy, tibbiybiol. tadqiqot markazlari, Panamerika kimyo instituti, Milliy matematika maktabi. 30 dan ortiq boshqa i.t. muassasalari va 60 dan ziyod ilmiy jamiyat va uyushmalar mavjud. Mamlakatning eng katta kutubxonasi - Mexikodagi Milliy kutubxona (1833), boshqa shahar va universitetlarda ham yirik kutubxonalar bor. Muzeylari: Zamonaviy san'at muzeyi (1964), Milliy antropologiya muzeyi (1825), Milliy tarix muzeyi (1825), Sankarlos rangtasvir va haykaltaroshlik galereyasi (1785) va b. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko'rsatuvi. M.da 2 mingdan ko'proq davriy nashr, shu jumladan, 227 ta kundalik gaz. chiqadi. Eng nufuzlilari: Dia (Kun, 1962 y.dan), In-formador (Xabarchi, 1917 y.dan), Universal (1916 y.dan), Uno maye uno (Bir plyus bir, 1977 y.dan), Ekselsior (1917 y.dan), Eraldo de Mexiko (Meksika xabarnomasi, 1965 y.dan); Informasones Mexikanas - Informeks Milliy axborot agentligi aksiyadorlik jamiyati bo'lib, 1960 y.da tuzilgan. Notisias Mexikanas - Notimeks hukumat axborot agentligi bo'lib, 1968 y.da tashkil etilgan. M.da mingdan ko'proq radio va 700 dan ortiq telest-ya bor. M.ning yetakchi Televisa teleko'rsatuv tijorat konsorsiumi 1973 y. tuzilgan. Milliy radio va televideniye sanoati palatasi 1942 y. tashkil etilgan. Adabiyoti 16-a.ga qadar tub joy indeys qabilalari tillarida, ispanlar bosib olganidan keyin ispan tilida rivojlandi. Mustamlakachilikdan avvalgi davrda mayya (3-9-a.lar) va atsteklar (14-16-a.lar) adabiyoti g'oyat ravnaqtogshi. Mustamlakachilik davridagi adabiyot yevropacha an'analar yo'lidan bordi. Xalq og'zaki ijodiyoti ham uzluksiz rivojlanib adabiyotga kuchli ta'sir etib turdi. Ispan gumanist ma'rifatparvari B. de Las Kasas adabiyotning rivojida katta rol o'ynadi. Ispan tilida ilk bor E. Kartesning Ispan qirollariga mak-tublar, B. Dias del Kastiloning Yangi Ispaniya istilochilarining asl tarixi asarlari vujudga keldi. B. de Valbuenaning Meksikaning latofati dostoni (1604) M. mavzuidagi birinchi asar bo'ldi. 17-a. adabiyotida she'riyat asosiy o'rinni egalladi. 18-a. da R. Landivarning Meksika qishlog'i (1781), F. Klavixeroning Meksikaning qadimgi tarixi (1780-81) dostonlari maydonga keldi. Mustaqillik uchun kurash yillarida (1810-24) A. Kintan Rooning inqilobiy she'rlari shuhrat qozondi (milliy madhiya -O'n oltinchi sentyabr va b.). X. X. Fernandes de Lisardaning Perikilo Sarniyento romanida mustamlakachilik tuzumi qattiq tanqid qilindi. Mustaqil M. adabiyotida paydo bo'lgan birinchi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 871.16 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:25 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 871.16 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga