TOSHKENT TO'QIMACHILIK VA YeNGIL SANOAT INSTITUTI O'ZBEK VA RUS TILLARI KAFEDRASI O'qituvchisi A.Dj.Bekmuratovaning MEN TANLAGAN KASB mavzusida Ochiq dars ishlanmasi Faoliyat mazmuni Darsning borishi: o'qituvchi dars mavzusi va rejasini doskaga yozadi. Dars erkin holatda kasb olamiga sayyohat tarzida o'tishini e'lon qildi. O'tilgan mavzular Tushunchalar tahlili metodi yordamida takrorlanadi. Quyidagi savollar beriladi. Talabalar javob beradilar. 1. Tayyorlab kelgan gazeta axborotini gapirib bering 2. Notanish so'zlar lug'atini o'qing. 3. O'zbekistonda sportga bo'lgan e'tibor qanday? 4. Sport ustalarining nomini keltiring. 5. Sportchi qizlar haqida gapiring. 6. Sport tinchlik elchisi gapini sharhlang. 7. Siz qaysi sport turiga qiziqasiz va nima uchun 8. Yoshlar o'rtasida o'tkaziladigan sport musobaqalaridan birini sharhlang. 9. Qaysi sportchi mahorati sizni qoyil qoldirgan? 10. Sport haiqda aytilgan qaysi o'zbek xalq maqollarini bilasiz? 11. Institut miqiyosida o'tkazilgan sport o'yinlarida kim qatnashgan ba qanday natijaga erishgan? 12. O'tgan darsda fe'l so'z turkumi haiqida gaplashgan edik, fe'l deb nimaga aytiladi? Misollar keltiring. 13. Harakat fe'llariga misol keltiring. 14. Holat fe'llari nimani bildiradi? Misollar keltiring. 15. Fe'llaring qanday ma'no guruhlari bor? 16. Nutqiy faoliyat fe'llari qaysilar? 17. Fe'lning bo'lishli shakli nima? 18. Fe'lning bo'lishsiz shakli qanday qo'shimcha bilan ifodalanadi? 19. Fe'llarning tuslanishi nima? 20. O'qimoq fe'lini tuslab bering! Vazifa tekshirib bo'lingach, talabalarning javoblari baholanadi: 3 ball, 2 ball, 1 ball shaklida. Yangi dars: Men tanlagan kasb. Ekranda institut mutaxassisliklari bo'yicha tayyorlangan videofilmdan paxta sanosti texnologiyasi fakulteti sohasiga doir qismi namoyish etiladi (10 daqiqa). Doskaga rejadan keyin tayanch so'zlar yoziladi. Tarqatma material berib chiqiladi. Men tanlagan kasb (Моя специальность) Reja: Har kasbning o'z xislati bor. Kasbim-faxrim Orzular qanotida Men yetuk mutaxassis bo'lmoqchiman. Tayanch so'zlar: Kasb, orzu, matbaa xodimi, ulug'lamoq, kasb tanlash, intilmoq, sharafli, ustoz, faxriy unvon. Har bir kasbning o'ziga yarasha sir - asrori bo'ladi. Dunyoda kasblar ko'p va xilma-xil. Qadim-qadimdan odamlar ovchilik, chorvachilik, dehqonchilik, kosibchilik kabi ishlar bilan shug'ullanib kelishgan. Jamiyat rivojlangan sari ortib borayotgan ehtiyog va talabni qondirish uchun kasblar ham ko'payib bormoqda. Bugungi kunda jamiyatimizni to'quvchi, matbaachi, dizaynchi, tikuvchi, g'isht teruvchi, harf teruvshi, o'qituvchi, tarbiyachi, uchuvchi, xonanda, rassom, temirchi, yozuvchi, menenger va hokazo kasblarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Hammamiz ham yoshlikdan, maktabda ekanligimizdayoq o'zimizga kasb tanlaymiz. Kimdir mashhur sportchi, kimdir o'qituvchi, kimdir to'qimachi, kimdir tikuvchi bo'lishni orzu qiladi. Har birimiz shu ezgu orzumizga etishish uchun, tanlagan kasbimizni egallash uchun tinmay o'qiymiz, izlanamiz, intilamiz. Dunyoda shunday sharafli kasb egalari borki, ular ko'p yillardan beri barcha xalqlar orasida el-yurt xizmatiga sazovor bo'lib kelgan. Lug'at Kasb, hunar - профессия, ремесло Kasb tanlash - выбирать профессию Sharafli - ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
224.02 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:25
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
224.02 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:25 ]
Arxiv ichida: ppt