Men tasdiqlar (Men murojaat) Reja: «Men - tasdiqlar» va men-murojaatlar. Men - tasdiqlar usulini qo'llash bo'yicha ma'lumotlar va talablar. Senga asoslangan holatlarni Men-tasdiqlarga o'zgartirish. Men-tasdiqlarning ishlatilishi. Optimal darajada o'zini himoya qilish. Men - tasdiqlar (Men - murojaat) Konflikt vaziyatda yuzaga kelgan emotsional tang holatdan, ko'pchilik, aybni boshqalarga yuklash, ular meni tushunmadi qabilida ish tutish, o'zgalar so'zlari va harakatlariga osilish, kek saqlash, o'zini oqlash kabi amallar orqali chiqishga urinadi. Juda ko'p hollarda kichkina, oddiygina konflikt ham eng yaqin bo'lgan odamlarni, masalan eru-xotinni, opa-singil, aka-ukani bir-biriga qarshi qilib qo'yadi. Siz: «Sen qech qachon meni eshitmaysan. Qachon qarasang telefonda gap sotasan. Hech qachon menga e'tibor berib, meni xotirjam eshitmaysan. Faqat o'zing haqida o'ylaysan. Senga yer, bolalarning otasi kerak emas, senga kiyim-kechak bo'lsa, bo'ldi Sen o'zgarishing kerak. O'zgarmasang, bir kuni mensiz qolasan. Men senga kerak emasman, shuning uchun bor boshqasini qidirib top!» Sen faqat o'zingni gapingni uqtirganing-uqtirgan. Xey, boshqa odamlar ham bor. Bizda ham aql bor, bizda ham qalb bor. Faqat sening aytganing bo'lishi kerak. Bor, bilganingcha hal qil!. Siz ham mundoq odamlarga o'xshab, gaplashib, xasratlashib o'tirsangiz-chi. Uydasiz-u, xayollaringiz qayda bilmayman. Kimni o'ylayapsiz, shu payt-da. Siz faqat o'zingizning dardingizni bilasiz. Boshqalar sizga odam emas. Boshqalarga hech narsa kerak ham emas. Siz - yuqoridasiz, biz - pastda. Xey, xotin ham odam. Uning ham yegisi, kiygisi keladi. Biz faqat mehnatga tug'ilganmiz. Ishingiz tushsa, xotinni eslab qolasiz, bo'lmasa, bizga qaramaysiz ham. Bizning ham talablar bor bu dunyoda. Yerdan chiqmaganmiz-ku axir Bolalaringizning onasiman-kuDarding bormi deb xech so'raysizmi?! Faqat senga pul kerak bo'lganida, yoki ishing tushganda, meni eslab qolasan. Faqat sening muammoingni hal etish uchun men tug'ilganman. Sen bo'lsa, muammosiz yashay olmaysan. Menda pul ham, oshna-og'ayni ham yo'q bu kundan boshlab. Bor - o'z dardingni o'zing yech! Siz meni yugurdak qilib olgansiz. Falon narsani qilib kel, piston narsani olib borib ber Men ham odam. Mening yoshim ham anchaga borib qoldi. Haligacha - yugurdakdek muomala qilasiz. Sizdan kichik bo'lsam nima bo'libdi, boring o'zingiz qiling o'sha aytganingizni. Bunday gaplar sizga biror hodisani eslatmaydimi? Sizni biror kim nohaq ayblasa yoki siz to'g'ringizda yomon fikrga borsa, sizga yoqadimi?! Necha bor siz hayotingizda «Sen har doim…», «Sen hech qachon…», «Sen majbursan…», «Sen qilishing kerak…» kabi ta'nalarni eshitgandirsiz. Bu narsalar ko'p marta asabingizni buzgan bo'lishi mumkin. Aytilganlarga diqqat bilan qarasangiz, ko'p marta «sen» degan so'zni ko'rasiz, «sen undaysan, sen bundaysan, sen - u san, sen - bu san» kabi ta'nalardan har qanday yaxshi odam ham oxir-oqibat charchaydi. O'zbeklarda bir maqol bor Qurbaqani bosaversang, u ham ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.93 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:25
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.93 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:25 ]
Arxiv ichida: docx