Metod va metodologiya

Metod va metodologiya

O'quvchilarga / Pedagogika
Metod va metodologiya - rasmi

Material tavsifi

METOD VA METODOLOGIYA REJA: Usul (metod) tushunchasi Bilish inson faoliyatini bir ko'rinishi bo'lib, shu faoliyat natijasida narsa va hodisalar to'g'risida tasavvurlar, obrazlar, tushunchalar hosil bo'ladi, ularning tizimlashgan majmuasi bilimda ifodalanadi. Tasavvur va tushunchalarni bir - bir bilan bog'laydigan, yakka tushunchalardan umumiy tushunchalarni hosil qiladigan ruhiy jarayon tafakkurdir. Inson voqyelikni o'zlashtirar va o'rganar ekan, uning faoliyatiga yordam beradigan vositalar, xatti-harakat tamoyillari, qoidalari shakllanadi, ya'ni faoliyat usuli vujudga keladi. Dastlab, amaliyot usullari, keyinchalik ta'lim, fan sohalarida aqliy faoliyat usullari ishlab chiqildi. Shunisi e'tiborliqi, yunon tilida usul (methodos - tadqiqot yo'li, nazariya, ta'limot) nazariy faoliyat qoidasi (tamoyili) ma'nosini bildirsa, arab tilidan olingan «usul» so'zi ko'proq amaliy faoliyat yo'lini, ya'ni, bir narsani yuzaga chiqarish, amalga oshirish yo'li, harakat tarzi, tartibi ma'nolarini ifodalaydi. Shunday qilib, faoliyat bor,faoliyatda qo'llaniladigan usul bor. Mehnat tajribasining umumlashmasi muntazam takrorlanadigan faollik tartibi, qoidasi sifatida asrlar davomida shakllangan. Shu bilan birga aqliy mehnat sohasida ham ixtisoslashgan faoliyat usullari vujudga kelib, ular bilish va tadqiq qilish usullarini paydo bo'lishi uchun zamin bo'lib xizmat qilishgan. Usul - bu amaliy yoki nazariy natijaga erishish maqsadida tatbiq qilinadigan tushuncha, qoida va tamoyillar tizimidir. Bunday tizimdan foydalanish faoliyatimizga oqilonalik, tartibot, yo'nalish va energetik yutuq beradi. Haqiqatan ham faoliyatning qaysi sohasida bo'lmasin, usuldan foydalanish bir qator ijobiy natijalarni beradi: - inson faoliyatini tartiblashtiradi; - natijaga erishish yo'lini qisqartiradi; - faollik yoki izlanish energiyasini tejash imkoniyatini beradi; - samaradorlik koefisiyentini bir necha barobar ko'paytiradi. Ilmiy tadqiqot va usul Tadqiqot usulini turi, xislati o'rganilayotgan obyektning tuzilishi, aniqrog'i, murakkabligi bilan bog'langan. Izlanish obyekti qanchalik murakkab bo'lsa, shunchalik takomillashgan bilish shakllari va usullarni tatbiq qilishga to'g'ri keladi. Usulda obyektiv (obyektni mazmunidan kelib chiqish, xossalari va parametrlari mavjudligini hisobga olish) va subyektiv (izlanish maqsadi, vositalari va qoidalari mujassamlangan yondashuv, tizim) tomonlar birligi mavjud ekan, u ishlab chiqiladi. Shu bois, olimlar har doim tadqiqot usuli masalalari bilan shug'ullanishgan. Rene Dekart (1596 - 1650) Fransuz filosof,matematikva fiziologi. Ayni paytda barcha tadqiqot sohalarigaga tatbiq qilinishi mumkin bo'lgan universal izlanish usulini ishlab chiqishga qaratilgan urinishlar paydo bo'ldi. Fransuz olimi va faylasufi R.Dekart (1596-1650) shunday usul sifatida har qanday narsani shubha ostiga olish usulini tavsiya qildi. Bu usulning asosiy qoidalari: Ishonchli bo'lmagan bilimni haqiqat sifatida qabul qilmaslik, mulohaza tarkibiga aniq, shubha tug'dirmaydigan hukmlarni kiritish kerak. Tadqiqot qilinayotgan har bir muammoni aniq anglash imkoniyatini beradigan darajada qismlarga bo'lish kerak. Predmetni izchil, bir tartibda o'rganish, birlamchi, sodda unsurlarini aniqlashdan murakkab xossani tadqiq qilishga bosqichma-bosqich o'tish lozim. Natijaga bo'lgan ishonchni mustahkamlash uchun tadqiqotda uchraydigan ziddiyat va nomuvofiqliklarni to'la ro'yxatini tuzish, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.33 MB
Ko'rishlar soni 32 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:25 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.33 MB
Ko'rishlar soni 32 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga