Reja: 1. Milliy g'oyaning ma'nosi va pedagogik mohiyati. 2. Milliy mafkuraning ma'nosi va pedagogik mohiyati. 3. Insonning nodir va betakrorligi milliy ma'naviyatimizning asosi. 4. Insonning nodir betakrorligi va mutaxassilik. Boy ma'naviy qadriyatlarimizga munosabatni belgilashda Prezidentimiz I.A.Karimov maqsad, fakat ilmiy madaniy merosni o'rganish emas, balki betakror xazinamizning ilmiy, amaliy tamoyillarini yangi davrga xizmat qiluvchi kirralari, xikmatlarini ochish, ularni hayotga tadbiq qilishdan iborat ekanligini mustaqilligimizni ilk kunlaridanok belgilab bergan edilar. Prezidentimiz tomonlaridan ma'naviyatni iqtisoddan ustuvor deb e'lon qilinishi milliy davlatchiligimizning, milliy mafkuramizning asosini tashkil qiluvchi ulugvor milliy g'oya edi. Bu milliy g'oya chuqur ilmiy asoslarga ega bo'lib, juda to'gri tanlanganligini dunyoviy, diniy fanlar va hayot isbotlamokda hamda butun dunyo hamjamiyati tan olmokda. I.A. Karimov milliy g'oya, milliy mafkura har kungi hayot sharoitlaridan kelib chiqishi bilan birga har bir fuqaroning, davlatning, millatning istiqbolidan ham kelib chiqishini «Fidokor» gazetasining muxbiri bilan (200, iyun) «Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga isxonaman» nomli muloqotlarida bayon kilgan edilar. Chunki mafkura - jamiyatda yashaydigan odamlarning hayot mazmuni, ularning intilishlarini o'zida mujassamlashtiradi. Har qanday inson, tabiiyki, murod-maqsadsiz yashay olmaydi. Binobarin, toki hayot mavjud ekan, mamlakatlar, davlatlar va ularning manfaatlari bor ekan, ular o'z taraqqiyot yo'lini, ertangi kun ufklarini o'zining milliy g'oyasi, milliy mafkurasi orqali belgilab olishga intiladi. Prezidentimizning bu fikrlarini g'oya, mafkura, milliy g'oya, milliy mafkura, ma'naviyat atamalarining etimologiyalari ham tasdiklab beradi. Ma'naviyat - arab tilidagi ma'no yoki ma'naviyatun, ma'noi g'oya so'zlaridan olingan bo'lib, ruhiy holat degan ma'noni anglatadi. g'oya-insonlarning ezgu niyatlar, fikri asosidagi amalga oshirilayotgan jarayonlar, ishlar, istiqbol rejalari, tamoyillaridan iborat. Mafkura - muayyan tuzum davrida insonlarni davlat, jamiyat o'z-o'ziga, xalqi, olamga munosabatlari va ular rivojining ma'naviy-ilmiy tizimidan iborat. Milliy mafkura - xalqimizning ma'naviy-ilmiy mentaliteti, g'oyalari asosidagi amalga oshirilayotgan ishlar, jarayonlardagi tutayotgan yo'li, davlatga, jamiyatga, olamga, o'z-o'ziga, taraqqiyotga munosabatlar tizimidan iboratdir. maqsadimiz aniq- mustaqil, huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati asosida xalqimizni farovon hayotga erishtirish, shu maqsadga erishish yo'lida fikr erkinligi, faoliyat ozodligi asosida insonning asl kadri mohiyatni ro'yobga chikara borib, inson xazinasini ochish. Bu haqda Prezidentimiz I.A.Karimov Fidokor gazetasi (iyun, 200) muxbirining savollariga javoblarida shunday degan edilar: O'z mustaqil fikriga ega bo'lgan, o'z kuchiga, o'zi tanlagan yo'lning to'griligiga ishongan inson doimo kelajakka ishonch bilan karaydi. U jamiyatdagi fikrlar xilma-xilligidan cho'chimaydi, balki zamonaviy bilim va falsafiy qarashlariga, hayot haqikatiga suyangan holda, har qanday garazli niyat, tahdid va intilishlarni fosh qilishga kodir bo'ladi. Fikr va faoliyat erkinligi aslida insonning nodir va betakrorligiga asoslangan. Chunki insonning o'zligini anglash, uni nodir va betakrorligini anglashdan boshlanadi. Insonning nodir va betakrorligini anglash birinchidan, uning o'zida ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.35 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:25
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.35 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:25 ]
Arxiv ichida: doc