«MILLIY ISTIQLOL G'OYASI ASOSIDA BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA VATANGA E'TIQODNI TARBIYALASH. (Qarshi shahridagi 39 - umumiy o'rta ta'lim maktabi misolida) » Bitiruv malakaviy ishi MUNDARIJA: KIRISH3 I BOB. MILLIY ISTIQLOL G'OYASI ASOSIDA BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA VATANGA E'TIQODNI TARBIYALASHNING PEDAGOGIK ASOSLARI. 1.1. Milliy istiqlol g'oyasi asosida boshlang'ich sinf o'quvchilarida vatanga e'tiqodni tarbiyalashning nazariy asoslari9 1.2. Boshlang'ich ta'lim jarayonida milliy istiqlol g'oyasi asosida boshlang'ich sinf o'quvchilarida vatanga e'tiqodni tarbiyalash omillari20 1.3. 1-bob yuzasidan xulosalar27 II BOB. MILLIY ISTIQLOL G'OYASI ASOSIDA BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA VATANGA E'TIQODNI TARBIYALASH YO'LLARI VA USULLARI 2.1. Boshlang'ich ta'lim jarayonida milliy istiqlol g'oyasi asosida o'quvchilar ongiga vatanga e'tiqodni singdirish imkoniyatlari 28 2.2. Boshlang'ich ta'lim jarayonida milliy istiqlol g'oyasi asosida o'quvchilarda vatanga e'tiqodni tarbiyalash yo'llari va usullari36 1.3. 2-bob yuzasidan xulosalar54 Xulosa55 Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati57 K I R I SH Mavzuning dolzarbligi: Mustaqillik tufayli jamiyatimizning barcha sohalarida bo'layotgan qator islohotlar, ijtimoiy o'zgarishlar, ma'naviy - ma'rifiy yo'nalishlarda ham o'z aksini topmoqda. Bugungi kunda barkamol, sog'lom va teran fikrli yosh avlod tarbiyasi, uning har tomonlama puxta, mukammal inson bo'lib yetishishiga erishish masalasiga har qachongidan ham jiddiyroq e'tibor berilmoqda. Yosh avlodni yuksak ma'naviyatli shaxs sifatida tarbiyalash jamiyatda muhim ijtimoiy omil sifatida qaraladi. Barchamizga ayonki, inson qalbiga yo'l avvalo, ta'lim - tarbiyadan boshlanadi. Hozirgi vaqtda barkamol avlodni sog'lom turmush tarziga tayyorlashda ta'lim - tarbiya sohasidan boshlab matbuot, televideniye, Internet va boshqa ommaviy axborot vositalari yoshlarni komil inson qilib tarbiyalaydigan har qanday ijobiy jarayonni zamon talablari asosida yangi bosqichga ko'tarishi zarur. Chunki zamon talab va ehtiyojlari, erki va ozodligi hamda ijtimoiy - iqtisodiy va siyosiy mexanizmi markazida yosh avlod yotadi. Barkamol avlodni o'stirishda ta'lim - tarbiya jarayonining mohiyati, mazmuni, tashkiliy yo'nalishlari, tuzilmalarning o'zaro uygun faoliyatini uzviy ravishda amalgam oshirish muhim mahamiyatga ega. Ayniqsa o'sib kelayotgan yosh avlodni milliy g'oyamiz asosida o'z yurtini ulug'laydigan tinchligi, Vataniga sodiq xalqi farovonligi uchun xizmat qiladigan e'tiqodli farzadlar qilib tarbiyalashimiz lozim. Prezidentimiz o'zining Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch asarida ta'kidlaganidek: Tabiiyki, milliy g'oyamiz shu yurtda yashayotgan barcha odamlarning niyatlarini, hayotiy mafaatlarini mujassam etadigan yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi dgan yuksak tushunchalarni o'z ichiga oladi. Mamlakatimizning doimiy taraqqiy etib borishi uchun avvalambor yosh avlodni barkamol, teran fikrlaydigan, bilimli, ishbilarmon, o'z vataniga mehrli qilib tarbiyalash masalasi davlatimiz siyosatining ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilangan. Jamiyatda yuksak ma'naviy fazilatni shakllantirish, yoshlarni boy madaniy - ma'naviy merosimiz, tarixiy an'analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash Respublikamizda amalgam oshirilayotgan barcha islohotlarning muhim omili hisoblanadi. Prezidentimiz I.A.Karimov tashabbusi bilan jahon ta'lim standartlariga to'laqonli ravishda javob bera ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
69.26 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:25
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
69.26 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:25 ]
Arxiv ichida: doc