Milliy istiqlol g'oyasi, milliy mafkurani tarbiyalashda pedagogikaning imkoniyatlari

Milliy istiqlol g'oyasi, milliy mafkurani tarbiyalashda pedagogikaning imkoniyatlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Milliy istiqlol g'oyasi, milliy mafkurani tarbiyalashda pedagogikaning imkoniyatlari - rasmi

Material tavsifi

Milliy istiqlol g'oyasi, milliy mafkurani tarbiyalashda pedagogikaning imkoniyatlari Reja: 1. Yoshlar tarbiyasida milliy g'oya va milliy mafkuraning roli 2. Shaxs erkinligi va o'ziga xosligini tarbiya jarayonida ta'minlash 3. Tarbiya jarayonida bolalar, o' k uvchi-yoshlar faoliyatining subyektivligi 4. Oliy maktabda axloqiy tarbiya tizimi Yoshlar tarbiyasida milliy g'oya va milliy mafkuraning roli Tarbiya ta'lim berish bilan mustahkam aloqada bo'lgani holda o'ziga xos qonuniyatlarga ega.ta'lim-tarbiya yaxlit pedagogik jarayondir. Lekin ular bir-biriga aynan o'xshash emas. Bir butun pedagogik jarayonda ta'lim doimo tarbiyaviy vazifalarni, tarbiya esa hayotni bilish, unga tayyorlanishdek mas'uliyatli vazifani bajaradi. ta'limning asosiy vazifasi o' k uvchilarni bilimlar bilan qurollantirish bo'lsa, tarbiyada o' k uvchining jamiyatimizda kabul qilingan axloq-odob qoidalariga mos keladigan e'tiqodini, axloqiy malaka va ko'nikmalarini tarkib toptirish muhimdir.Tarbiya jarayonining mohiyati shu jarayon uchun xarakterli bo'lgan va muayyan qonuniyatlarda namoyon bo'ladigan ichki aloqa va munosabatlarni aks ettiradi. Tarbiya jarayoni murakkab jarayon bo'lib, u uzoq davom etadi hamda uning natijasini ko'rish qiyinrok kechadi. Bolalarni tarbiyalash ular tug'ilgan vaqtidan boshlanadi va muntazam ravishda ta'lim berish bilan birga olib boriladi. Bolaning o'sishi va tarbiyasi uning faoliyati jarayonida amalga oshiriladi. Tarbiya tarbiyalanuvchining ruhiyatiga tarbiyachiga makul bo'lgan sifatlarni singdirish uchun, maqsadga muvofik tarzda va muntazam ravishda ta'sir etishdir. Shuning uchun tarbiya avvalo tarbiyalanuvchi shaxsining tarkib topish jarayoniga rahbarlik qilishni takozo etadi davomida tarbiyalanuvchining qarashlari, hayotiy nuqtai nazari asta-sekin tarkib topib boradi. hozirgi zamon pedagogikasida tarbiya tarbiyachining tarbiyalanuvchi shaxsiga oddiy ta'sir ko'rsatishi emas, balki tarbiyachilar tarbiyalanuvchilarning aniq bir maqsadga qaratilgan, bir-biri Bilan hamkorlikdagi munosabtlari va o'zaro ta'sir ko'rsatishi ekanligi alohida takidlanadi. Bugungi kunda shunchaki bilim egasi bo'lgan insonni emas, balki ijodkor, o'z istedodi bilan ajralib turuvchi, ishbilarmon, xar tomonlama rivojlangan komil insonni tarbiyalash zamon takozosidir. Tarbiya jarayonida kishining turli qobiliyatlari rivojlanadi, g'oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari mustahkamlanadi. Bola kattalarning tajribalarini sust holda emas, balki faol ravishda o'zlashtiradi: bu o'zlashtirishda uning ongli harakati, tirishkokligi katta a x amiyatga ega bo'ladi. Tarbiyalanuvchilar muayyan darajada aktiv faoliyat ko'rsatmasalar tajriba va bilimni o'zlashtira olmaydilar. Bolalaning yoshi ulgaygan sari bu faollik tobora ko'prok mustaqil xususiyatlarga ega bo'lib boradi; tarbiyalanuvchilar o'zlarida dunyoqarashni tarkib toptirishga, o'z-o'zini takomillashtirish, tabiat, jamiyat va turmushda uchraydigan hodisalarni tushunishga ko'nika boradilar. Tarbiyaga barcha davrlarning ilg'or kishilari yuqori baho berganlar. xalq donishmandlari va mutafakkirlaridan Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulugbek, Alisher Navoiy, Zavkiy, Furkat, Avaz O'tar, Xamza, Abdulla Avloniy kabilar inson kamolotini ilm-fan va tarbiyada deb bilganlar. 2. Shaxs erkinligi va o'ziga xosligini tarbiya jarayonida ta'minlash Tarbiya ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.9 KB
Ko'rishlar soni 30 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:25 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.9 KB
Ko'rishlar soni 30 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga