Reja 1.Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushunsha va tamoyillar Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishga xizmat qiladi. 2. Asosiy g'oyalar: Vatan ravnaqi. 3. Yurt tinchligi-barqaror taraqqiyot garovi. 4. Xalq faravonligi. 5. Komil inson. 6. Ijtimoiy hamkorlik. 7. Milliyatlararo totuvlik. 8. Diniy bag'rikenglik (tolerantlik) O'zbekiston xalqining milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillari konsepsiyasi - bu g'oya xalqimizning necha asrlik orzu - armonlari, ezgu - intilishlari, bunyodkorlik faoliyatining ma'no mazmunini ifodalagani, mustaqil taraqqiyotimizning asosiy maqsad-muddaolarini aks ettirgani uchun ham xalqimizning birlashtiruvchi bayroqdir. Xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo'lidagi bosh maqsadi nima? Bu yo'ldagi bosh maqsad buyuk davlat barpo etishdir. Davlatning buyukligi, nima bilan belgilanadi? Davlatning buyukligi, avvalo, Vatanning ozodligi va obodligi, insonning komilligi, xalqning tinch va farovon hayoti bilan belgilanadi. Ozodlik barcha demokratik erkinliklarga erishihsning, fuqarolarning barcha haq-huquqlarini kafolatlangan va ta'minlangan jamiyat barpo etishning bosh sharti bo'lsa, Mustaqillik milliy davlatchilik asoslarini tiklash hamda uni rivojlantirishning bosh shartidir. Shuning uchun ham, bosh g'oyamizda Ozodlik so'zi birinchi o'rinda turadi.Ozodlik tushunchasining ustuvor va yetakchi o'rinda turishi Vatan mustaqilligi barcha orzu-intilishlarimiz, amaliy faoliyatimiz va yorug' kelajagimizning asosi ekanidan dalolat beradi. Obodlik esa davlatning qudratini bildiradi, Sohibqiron bobomiz Amir Temur: Kimki qudratimizga shubha bilan qarasa, biz qurgan binolarga boqsin,- deb xalqimizning kuch qudrati va aql zakovati vositasida barpo etilgan betakror obidalar bilan ruhlangani bejiz emas. Obod yurtda fayz-baraka bo'ladi, odamlar o'rtasida mehr-oqibat hukm suradi, ilm-ma'rifat, madaniyat rivojlanadi. Obod yurtning odamlari faqat yaxshilik haqida o'ylaydi. Obod yurtga Ollohning nazari tushadi. Shuning uchun ham Prezidentimiz: Ona Vatanimiz Allohning nazari tushgan muqaddas diyordir,- deb ta'kidlaganlar. Obodlik ham ozodlik singari, xalqimizning azaliy orzusidir. Siz o'qigan ertak qahramonlarining obod yurtlarni sayohat qilishi, bir-biridan go'zal shaharlarni ko'rishi, bog'larida suv o'rniga sharbat oqib yotadigan, daraxtlarida qishin-yozin mevalar pishib turadigan, odamlari urush nimaligini bilmaydigan yurtlarni sayr etishi buning yaqqol dalilidir. Erkinlik inson hayotining mohiyatidir. Ya'ni erkin bo'lmagan, qullik va qaramlikda hayot kechirgan odamni to'laqonli inson deb bo'lmaydi. Chunki erkin bo'lmagan odam o'zining moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini to'liq qondirolmaydi, o'zicha fikr yuritib, o'zicha faoliyat ko'rsata olmaydi. Shuning uchun, erkin hayot insoniyatning orzusi, yuksak taraqqiyotning sharti bo'lib kelgan. Bugungi kunda biz erkin hayot deganda, avvalo, yurtimiz mustaqilligini, bu muborak zaminda demokratik qadriyatlarning to'liq qaror topishini, qonun asosidagi ongli faoliyatini, yuksak ma'naviyatini tushunamiz, inson kishilik jamiyati bosib o'tgan tarixiy tajribalarini, bilimlarini, bugungi zamonaviy tushunchalarini qancha ko'p egallasa, ma'naviyati qancha yuksak bo'lsa, shuncha erkin bo'ladi. Erkinlik farovonlik bilan bog'liq tushuncha, ya'ni inson erkin bo'lmog'i uchun ,avvalo, u moddiy ta'minlangan bo'lishi zarur. Bu o'rinda xalqimizning Avval iqtisod, so'ngra ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.54 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:25
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.54 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:25 ]
Arxiv ichida: doc