Milliy maktab o'qituvchisining ijtimoiy sifatlari Har bir o'qituvchining ma'naviy - siyosiy qarashlari, unga qo'yilgan talablar umuman o'qituvchiga xos xususiyatlar deyarli bir xildir. Ammo har bir xalqning o'zini milliy urf - odatlari, tarbiya usullari, ma'naviy sifatlari mavjud. Shuning uchun ham milliy maktab o'qituvchisi haqida fikr yuritiladi. Milliy maktab o'qituvchisining asosiy sifatlari, uni milliy urf - odatlarga, milliy boyliklarga va milliy tarbiyaviy ta'sir usullariga sodiqligi bilan belgilanadi. Shuningdek, uning Vatanga muhabbat, mustaqillik ishiga sadoqat, jamoa hayotiga munosabat, insonparvarlik, rostgo'ylik, o'z - o'zini tuta bilish, qardoshlarcha birdamlik, nohaqlikka nisbatan murosasizlik, do'stlik va o'rtoqlik kabi sifatlar ham o'qituvchiga xos xususiyatdir. O'qituvchi shaxsi xususiyatlarining muhim tomoni uning ma'naviy - siyosiy e'tiqodi va dunyoqarashidir. O'qituvchi ilg'or pedagogik bilimlarga ega bo'lishi, dunyoqarashi keng va boy bo'lishi, butun faoliyatda axloq tamoyillariga amal qilishi lozim. O'qituvchining butun pedagogik faoliyati, xatti - harakati ana shu e'tiqodi, axloq tamoyillari asosida sodir bo'ladi. O'qituvchining dunyoqarashi uning pedagogik - psixologik bilimlarni amaliyotga tadbiq etishiga mustahkam asos bo'ladi. Har bir o'qituvchi o'ziga topshirilgan ish uchun jamiyat va xalq oldida javobgar ekanligini yaxshi biladi. Bu ishonchni oqlash uchun o'z ustida tinmay ishlaydi. U o'z ishida erishgan muvaffaqiyatlari bilan kifoyalanib qolmaydi, o'z malakasini oshirib boradi, yangilikni his qilib, har doim olg'a intiladi, milliy maktab o'qituvchilarining yuqori ijtimoiy ongliligi ularni o'quvchilar orasida obro'li qiladi. Bu obro' o'quvchilarning o'qish faoliyatlari va o'zlashtirishlarining yaxshilanishini ta'minlaydigan eng muhim omillardan biridir. O'qituvchining eng muhim ma'naviy fazilatlaridan biri - bu uni adolatli bo'lishidir. Adolatli bo'lish bola ishonchini qozonishning negizidir. Shaxsiyatdan, shaxsiy manfaatlar, ehtiroslar va intilishlardan tashqari qandaydir mavhum adolatning bo'lishi mumkin emas. Adolatli bo'lish uchun har bir bolaning ma'naviy dunyosini eng nozik joylarigacha bilishi kerak. Agar u berahim vaziyatda o'ssa, adolatsizlik qayg'usini boshidan kechirsa unda yaxshilik va go'zallikka nisbatan beparvo bo'lib qoladi. O'qituvchining ma'naviy fazilatidan yana biri - bu uning talabchanligidir. O'qituvchi o'ziga nisbatan va o'quvchilarga nisbatan qancha talabchan bo'lsa o'sha yerda intizom, axloqiy poklik, chuqur bilim bo'lishi mumkin. Ammo fanga qo'yilgan talabni tarbiyaga qo'yib bo'lmaydi. Chunki fan shunday vositaki, bu vosita yordamida fanning ideali kishida ravnaq topadi. O'qituvchi bilim berish orqali shaxsni tarbiyalashi lozim, buning uchun u o'quvchilarga nisbatan talabchang bo'lishi lozim. Lekin talabchanglik albatta samimiat bilan bog'liq bo'lishi kerak. Agar o'qituvchi bolaga nisbatan talabchang bo'lsa-yu, lekin bolaning ichki dunyosini, o'ziga xos xususiyatini bilmasa uni qalbiga yo'l ham topa olmaydi. O'qituvchi bolaning yuziga, ko'ziga qarab uni hozir kechirayotgan psixologik holatini anglashi, lozim. Agar bola g'amgin ko'rinsa unga ehtiyotkorlik bilan muomala qilishi zarur. Ehtiyotsizlik bilan muomala qildingmi uni ko'nglini og'ritasan. U esa ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
46.35 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:25
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
46.35 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:25 ]
Arxiv ichida: doc