Milliy uyg'onish davri ilk bosqichi adabiyotida nasr

Milliy uyg'onish davri ilk bosqichi adabiyotida nasr

O'quvchilarga / Pedagogika
Milliy uyg'onish davri ilk bosqichi adabiyotida nasr - rasmi

Material tavsifi

Milliy uyg'onish davri ilk bosqichi adabiyotida nasr Reja: 1. Jadidchilik davri o'zbek nasri. 2. 1905-1917 yillar orasida yaratilgan nasr namunalari. 3. Prozaning taraqqiyotida dramaturgiyaning ta'siri. Jadidchilik davri o'zbek nasri.Milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyotini 2 bosqichga ajratilgan: 1) Milliy uyg'onish davri o'zyuek adabiyotining ilk bosqichi (XIX asr oxirlari); 2) milliy va ijtimoiy kurashlar davri (XX asr birinchi choragi). Bu davr adabiyoti yangilanish davri adabiyotidir.Unda qadim davrlardan kelayotgan adabiy turlar saqlandi. Devon avdabiyotida she'riyat (poeziya) asosiy o'rin egalladi. Aruz asosiy vazn bo'ldi.G'azal,ruboiy,tuyuq,ta'rix,muammo, maxammas, masaddas, masamman va masnaviydan keng foydalanildi. Sayohat xotiralarini ifodalovchi sayohatnoma janri maydonga keldi. Bu davrlarda hikoya, qissa va romanchilik keng rivojlandi. H.H.Niyoziyning YAngi saodat, yoxud Milliy roman (1915), Turmush achchiqlari, Uchrashuv, Mirmuhsin SHermuhamedovning Befarzand Ochildiboy, Zindon, Abdulla Qodiiyning Juvonboz, Uloqda asarlarini nasr sohasidagi muhim namunalardir. Bulardan tashqari darsliklar, tarix,jug'rofiya,tabiat kabi fanlarga oid ilmiy hikoyalar yaratildi. Abdulla Avloniy (Birinchi muallim, 1909, Ikkinchi muallim,1912, Turkiy Guliston yoxud Axloq), Sadriddin Ayniy (Taxzibus-sibyon,1909), Behbudiy (Muntaxabi jug'rofiyai umumiy, Madhali jug'rofiyai imroniy, Muhtasar geografiyai Rusiy), Fitrat (Ibtidoiy o'quv maktablarining so'nggi sinflari uchun,1917)ning bolalar uchun yaratgan darsliklariga o'nlab hikoya va hikoyachalar kiritilgan. Ko'pisi asliyat, ko'pisi qardosh xalqlardan tarjimalardir. Bu davrda adabiyotning eng muhim vazifalaridan biri uning tarbiyaviy ahamiyatidir. Adabiyot jamiyatni, xalqni, olamni badiiy aks ettirish bilan birga insoniyatni tarbiyalash, ongini yoritish vazifasini ham bajaradi. Kichkintoylar uchun adabiyot yaratgan ma'rifatparvarlar kattalar uchun - jamiyat, xalq uchun ham mumtoz she'rlar, fol'klordan badiiy-estetik va g'oyaviy mazmuni bilan farq etadigan yangi Yevropatipidagi adabiyotni vujudga keltirdilar. Proza va drama janrlarida asarlar yaratishning naqadar zarur va muhim bo'lganligini Sadoyi Turkiston gazetasining 1915 yil sonida bosilgan Muhtaram yozuvchilarimizga degan maqolasidan ham ko'rish mumkin. Bizga ko'p teatru, ro'man kitoblari yozmoq kerakdurkim, bu qarz bir hovuch ziyoli yoshlarimiz ila ahli qalam ustlariga tushadilar. Muhtaram qalam ahllari milliy maishatni yomon deb bezmay, zohira bo'lsa ham, to'ylarda, kechxonalarda, bichabozlar majlisida, bazmlarda va shunga o'xshash millatlarning eng tanqid qiladurg'on o'rinlarida birga aralashib yurmaklari kerakdurkim, toki komil o'shal odatlarini kitob sahifalarida chiroyliroq qilub yozgunday bo'lsunlar.Milliy maishatdan bezgan bilan bezilub, ko'mulub ketaberadi. Onda aralashub yurulsa andog'i so'zlarni, odatlarni o'rganmoqqa bo'ladurkim, kitob betlariga ko'chirib yozmakka materiallarning eng asllari xalq orasindan olinadi. Ovropaning katta-katta muharrirlari o'shal o'zlarining yaxshi-yomon odatlarining orasinda yuribdilar. So'ngra qo'llariga qalam olib yaxshisini yaxshi, yomonini yomon ko'rsatib yozubdurlar (185-bet). Milliy uyg'onish davri adabiyotida Yevropatipidagi proza, drama va lirika janrlari xalqning kundalik turmushi, urf-odatlarini, ijtimoiy tengsizlik va zulmdan ezilgan xalqni chuqur o'rganish natijasida paydo bo'ldi. Bu davr prozasi tasvirining diqqat markazidahar qanday insoniy huquqlardanmahrum shaxs- kichkina odam obrazi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.44 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:25 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.44 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga