Milliy va umuminsoniy qadriyatlar fuqarolik madaniyatini shakllantirishning muhim omili

Milliy va umuminsoniy qadriyatlar fuqarolik madaniyatini shakllantirishning muhim omili

O'quvchilarga / Pedagogika
Milliy va umuminsoniy qadriyatlar fuqarolik madaniyatini shakllantirishning muhim omili - rasmi

Material tavsifi

Milliy va umuminsoniy qadriyatlar fuqarolik madaniyatini shakllantirishning muhim omili RYeJA: Milliy va umuminsoniy qadriyatlar haqida ma'lumot. «Qadriyat»-tushunchasining ilmiy talqini. Milliy qadriyatlarning-ma'rifiy qadriyatlar, tarixiy qadriyatlar, milliy urf-odatlar, milliy marosimlar, milliy bayramlar kabi shakllari. O'quvchi-talabalarda vatanparvarlik tuyg'usini tarbilashda milliy qadriyatlarning roli. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarni talabaq o'quvchilar ongiga sindirishning milliy va umuminsoniy qadriyatlarning hozirgi taraqqiyot bosqichdagi tarbiyaviy ahamiyati. Fuqarolik madaniyatini shakllantirishda o'quv mashg'ulotlari, ma'naviy-ma'rifiy tarbiya ishlari bilan birga, milliy va umuminsoniy qadriyatlardan foydalanish muhim ijtimoiy-pedagogik ahamiyat kasb etadi. Zero, milliy va umuminsoniy qadriyatlar millatni, xalqni jumladan, talaba-yoshlarning buyuk kelajak va ulug'vor maqsadlarga etaklash, taraqqiyot, Vatan ravnaqi uchun doimo mas'uliyat sezib yashash hamda yetuk shaxs bo'lib tarbiyalanishlari uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Darhaqiqat, o'zbek xalqining madaniy va siyosiy hayotida asrlar davomida shakllanib, sayqallanib va takomillashib kelayotgan milliy va umuminsoniy qadriyatlar mazmunida xalqning noyob urf-odatlari, an'analari, intizomi, madaniyati, hayot qonunlari mujassamlashtirgan bo'lib, ular kishilarning moddiy va ma'naviy hayotini mukammalashishiga, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga zamin tayyorlab kelgan va shunday bo'lib qolmoqda. Shuning uchun ham ular oliy o'quv yurti talabalarida fuqarolik madaniyatini shakllantirishda muhim mexanizm rolini o'tashi tabiiy. Qadriyat atamasi ilmiy manbalarda qayd etilishicha, inson tomonidan amalga oshiriluvchi faoliyatining mazmunini ochib beruvchi falsafiy-sotsiologik va aksiologik tushuncha hisoblanib, voqelikdagi voqea va hodisalarning ijtimoiy-madaniy xususiyatini aks ettiradi. Chunonchi, «Mustaqillik: izohli ilmiy-ommabop lug'atida qayd etilishicha, «Qadriyatlar-borliq va jamiyat, narsalar, voqealar, hodisalar, inson hayoti, moddiy va ma'naviy boyliklarning ahamiyatini ko'rsatish uchun qo'llaniladigan tushuncha» (81, 279). Albatta, ushbu tushuncha muayyan jamiyat, sinf yoki fuqarolar turmushi va madaniyatining jihatlarini ifodalab ular inson ma'naviy-kamoloti, yoki jamiyatning u yoki bu ehtiyojini qondirish, shaxsiy va ijtimoiy faoliyatini boyitishga xizmat qiladigan nematdir. Shuning uchun u inson va jamiyat rivojiga ijobiy hissa qo'shadigan millat, elat hamda ijtimoiy guruhlarning manfaatlari, maqsadlariga xizmat qiladigan pedagogik omil hisoblanadi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlardan biri - bu milliy va umuminsoniy qadriyatlarning qayta tiklanishi, ularga yangicha mazmun berilishi bo'ldi. Darhaqiqat Respublika prizedenti I.A Karimov mustaqil O'zbekistonni rivojlantirishning ma'naviy-axloqiy negizlari xususida gapirar ekan, bu negizlar: umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; xalqimizning ma'naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; insonning o'z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; vatanparvarlikdan (11,65) iborat bo'lishi kerak deb takidlar ekan, mazkur ma'naviy-axloqiy negizning kuch-qudrati umuminsoniy va milliy qadriyatlarning mushtarakligini uqtiradi. Chunki, qadriyatlar xoh u umuminsoniy bo'lsin, xoh milliy jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakllanib, rivojlanib o'tmish uchun muhim jamiyat etib qolmasdan, balki bugungi kun, kelajakning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-madaniy, ma'rifiy taraqqiyotiga katta ta'sir ko'rsatuvchi hodisa hisoblanadi. Qadriyatlar jamiyat ijtimoiy va ma'naviy-iqtisodiy taraqqiyotning zaruriy mahsuli, muayyan bir davr, sharoit va ehtiyojning ko'zgusi sifatida milliyligi va umumbashariyligi bilan farqlanadi. Milliy qadriyatlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.58 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:25 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.58 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga