Ming ichida sonlarni nomerlash

Ming ichida sonlarni nomerlash

O'quvchilarga / Pedagogika
Ming ichida sonlarni nomerlash - rasmi

Material tavsifi

Ming ichida sonlarni nomerlash Reja: + 1. Nomerlashni o'rganishning tayyorgarlik ishi. 2. Yangi sanoq birligi - minglik bilan tanishtirish. 3. og'zaki nomerlash. 4. Yozma nomerlash. Tayanch iboralar: rakamlash, sonlar katori, minglik, og'zaki, yozma rakamlash, o'z xonali son, son, rakam, uchinchi xona, ketma-ketlik, sonning unli tarkibi. Ming ichida sonlarni nomerlashni o'rganishda o'qituvchining vazifasi bolalarni kuyidagilarni o'rgatishdan iborat. Predmetlarni bittalab, untalab va yuztalab gruppalarga birlashtirib sanash. Ming ichida sonlarni o'qish va yozish hamda ularning natural katorda kelish tartibini bilish. Sonlarni yuzliklardan, unliklardan va birliklardan hosil kila olish. Ungdan chapga hisoblaganda birliklar, unliklar, yuzliklar kaysi uringa yozilishini aniqlash. Sonni xona kushiluvchilarining yig'indisi shaklida ifodalash va berilgan sonda istalgan xona birligining umumiy sonini topish. Ming ichida sonlarni og'zaki nomerlashga oid ishni bir necha bosqichga bo'lish mumkin: I. Tayyorgarlik ishi. Bu bosqichning asosiy vazifasi 100 ichida nomerlashga doir materiallardan 100 ichida sonlarni nomerlashga yordam beradigan kismini takrorlashdan iborat. Shu maqsadda o'quvchilarga taxminan bunday mashqlarni taklif qilish mumkin. Sonlarni tartib bilan 18 dan 23 gacha, 36 dan 45 gacha, 77 dan 89 gacha ayting. Xar kaysi katorning yana 4-5 ta sonini ayting: 76, 77, 78, … 45, 46, 47, … 20, 30, 40, …. 3 unlik 3 birlikdan iborat sonni ayting. Bundan oldingi sonni ayting. Bundan keyingi sonni qanday hosil mumkin? Bu sonni yozish uchun nechta rakam kerak bo'ladi? 83 sonni qanday xona kushiluvchilarining yig'indisi bilan tasvirlash mumkin? 79, 85, 92 sonlari qanday kushni sonlar orasida turadi? 5 unlik 4 birlikdan, 8 unlik 0 birlikdan iborat sonni yozing. 62, 44, 70 soni nechta har xil rakamdan tuzilgan? II. o'quvchilarni yangi sanoq birligi - minglik bilan tanishtirish. Bu tanishtirish ko'rsatma qo'llanmalar chuplar va chuplar dastasi (10 ta alohida chup, xar bir boglamda 10 tadan chup bo'lgan 9 boglam dasta) xar birida 100 tadan chupi bo'lgan 9 boglamdan foydalanib amalga oshirish mumkin. Yangi sanoq birligi yuzlik bilan tanishtirishni bunday boshlash mumkin. 1 dan 10 gacha alohida chuplarni sanaladi va 10 ta chup rezina bilan bir bog - unlik qilib boglanadi. 9 boglam unlik chuplar yoniga 1 bog unlik kuyilib 10 ta bog unlik 1 unlik, 2 unlik … 10 unlik hosil kilinadi. Bu dastalarning xammasida kancha birlik borligini qanday sanash mumkin ( un, yigirma, uttiz, …. yuz). Shundan keyin 10 bog unliklar rezina bilan bir bog - yuzlik qilib boglanadi va bog'lash yordamida yuztalab sanash amalga oshiriladi: 1 yuzlik - yuz, 2 yuzlik - ikkiyuz, … 10 ta yuzlik - minglikni hosil qilinishi va mingtalab sanash mumkinligi tushuntiriladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.28 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:25 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.28 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga