Minglik mavzusida arifmetik amallarni o'rganish metodikasi Reja: 1. Ming ichidagi sonlarni og'zaki qo'shish va ayirish. 2. Ming ichidagi sonlarni yozma qo'shish va ayirish. 3. Ming ichidagi sonlarni kupaytrish va bo'lish. Tayanch iboralar: yozma va og'zaki hisoblash, sonni unli tarkibi, qo'shish, yuzliklar, unliklar, birliklar, tagma-tag, maydapaymiz, ustun, ko'paytirish, bo'lish. 1. Ming ichidagi sonlarni og'zaki qo'shish va ayirish. Malumki 10 va 100 ichida bir va ikki xonali sonlarni qo'shish va ayirishni o'quvchilar og'zaki usulda hisoblashni urganidilar. Ming ichida qo'shish va ayirishning avval og'zaki sungra yozma usullari urganiladi. qo'shish va ayirishning og'zaki usullari yuz ichida bo'lganidek sonni yig'indiga, yig'indini songa qo'shish xossalariga, shuningdek ayirishning tegishli qoidalariga asoslanadi. Bu nazariy bilimlarni bolalar yuz ichida amallarni o'rganishda uzlashtirganlar. Shunig uchun ming ichida qo'shish va ayirishning og'zaki usullarini o'rganish metodikasida yuzlik mavzusidagi tegishli metodika bilan ko'p o'xshashlik bor. hisoblashning o'xshash usullari bir-biri bilan taqqoslangan holda urganiladi. hisoblash malakalarini hosil qilish uchun turli-tuman mashqlardan foydalaniladi. Bu mashqlar nazariy bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi. Ming ichida qo'shish va ayirishning og'zaki usullari bir vaqtda va quyidagi tartibda karaladi. Tayyorgarlik bosqichida nomerlash haqidagi bilimlarni qo'llash bilan bog'liq bo'lgan mashqlar karaladi. Masalan: 300+2 305+20 320+20 302-300 300+20 350+2 320-300 325-25 300+40+5 325-25 300+25 302-2 Bu ifodalarni qiymatini topishda yuz ichidagi og'zaki qo'shish va ayirish usullaridan foydalaniladi, sungra 500+300 500-300 5 yuz +3 yuz = 8 yuz 5 yuz - 3 yuz= 2 yuz 500+300=800 500-300=200 60+80=140 170-90 6 un + 8 un = 14 un 17 un - 9 un = 8 un 14 un = 140 170-90=80 240+380 620-380 24 un + 38 un = 62 un 62 un - 38 un = 24 un 240+380=620 620-380=240 Bunday hisoblashlar nomrlash bo'yicha bilimlarni mustahkamlaydi va bolalarni qo'shish va ayirishning ancha murakkab usullarini o'rganishga tayyorlaydi, sungra 640300 va 64030 ko'rinishidagi qo'shish va ayirish usullari bilan tanishadilar. Bunda avval bolalar sonni yig'indiga qo'shish va yig'indidan sonni ayirish qoidalarini ikki xonali sonlar katnashgan mashqlarni bajarib takrorlaydilar. Masalan: Kulay usul bilan hisoblang. (50+6)-30=(50-30)+6=20+6=26 (50+6)-4=50+(6-4)=50+2=52 hisoblash usulini tushuntiring. 54-20=(50+4)-20=(50-20)+4=30+4=34 54-2=(50+4)-2=50+(4-2)=50+2=52 Bu misollari yechish usulini bilganlik asosida quyidagi misollarni hisoblash usuli tushuntiriladi. 640+300=(600+40)+300=(600+300)+40=900+40=940 640-300=(600+40)-300=(600-300)+40=300+40=340 640+30=(600+40)+30=600+(40+30)=600+70=670 640-30=(600+40)30=600+(40-30)=600+10=610 Sungra bu hisoblash usullarini taqqoslaydilar va bu usullar nimasi bilan uzshash va nimasi bilan farq qilishini aniklaydilar. 790-350=(700-300)+(90-50)=400+40=440 790-350=(790-300)-50=490-50=440 790-350 79 un - 35 un = 44 un 44 un = 440 240+60=(200+40)+60=200+(40+60)=200+100=300 500-40=(400+100)-40=400+(100-40)=400+60=460 800-380=(800-300)-80=500-80=420 700+230=700+(200+30)=(700+200)+30=930 90+60=90+(10+50)=(90+10)+50=150 380+70=380+(20+50)=(380+20)+50=450 500-140=500-(100+40)=(500-100)-4=360 270-130=270-(100+30)=(270-100)-30=170-30=140 140-60=140-(40+20)=(140-40)-20=100-20=80 340-160=340-(100+60)=(340-100)-60=240-60=180 270-130=(200+70)-(100+30)=(200-100)+(70-30)=100+40=140 2. Ming ichidagi sonlarni yozma qo'shish va ayirish. qo'shish qo'shish va ayirish yozma usullari alohida karaladi, oldin qo'shishning yozma ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.1 KB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:25
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.1 KB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:25 ]
Arxiv ichida: doc