Mirzo Ulug'bekning pedagogik g'oyalari va ta'lim rivojidagi o'rni

Mirzo Ulug'bekning pedagogik g'oyalari va ta'lim rivojidagi o'rni

O'quvchilarga / Pedagogika
Mirzo Ulug'bekning pedagogik g'oyalari va ta'lim rivojidagi o'rni - rasmi

Material tavsifi

Mirzo Ulug'bekning pedagogik g'oyalari va ta'lim rivojidagi o'rni Reja: 1.Mirzo Ulug'bek haqida ma'lumot 2.Mirzo Ulug'bekning yoshligida olgan tarbiyasi 3. Mirzo Ulug'bekning pedagogik g'oyalari va ma'rifatparvarlik xizmatlari. Muhammad Tarag'ay - Mirzo Ulug'bek (1394-1449) Amir Temur sulolasiga mansub ulug' zot, ulkan davlat arbobi va buyuk dahodir. Amaliy faoliyatida davlat arboblikni olimlik, olimlikni esa davlat arboblik bilan qo'shib olib borish Mirzo Ulug'bekka xos bo'lgan nodir fazilatdir. Ulug'bek - podshohlar ichra donishmand, donishmandlar ichra podshohdir. U - insoniyat tarixida ahyon-ahyondagina uchraydigan noyob fenomen. Mirzo Ulug'bekning olam uzra mashhur bo'lishi va tarixda abadiy qolishida buyuk sohibqiron bobomizning ta'lim-tarbiyasi va shaxsan unga nisbatan bo'lgan mehrmuhabbatining ahamiyati beqiyosdir. Amir Temur sevikli nabirasi Muhammad Tarag'ay tarbiyasiga alohida e'tibor bilan qaragan. Amir Temur nabirasi Ulug'bekning o'tkir zehnli, aqlu farosatli bo'lganligi uchun juda sevardi. «Ko'zimning nuri, saltanatimning umidli niholi», deb erkalatardi. Biroq, Ulug'bek Mirzo nozik bo'lib o'sdi, buning ustiga ko'p vaqtini kitob mutolaa qilish bilan o'tkazar, davlat ishlariga rag'bati yo'q ko'rinar edi. Ulug'bekning tarbiyasi bilan buvisi Saroy Mulk xonim shug'ullanib, sevimli nabirasiga o'quv-yozuvni o'rgatgani, tarixiy mavzularda hikoya va ertaklarni so'ylab bergani uning hayotida o'ziga xos maktab bo'ldi. U Amir Temur saroyida bo'ladigan maslahatlar, olimlar, sayyidlar, ulamolar, shayxlar bilan bo'ladigan kengash va mashvaratlarda, chet eldan kelgan elchi va davlat arboblarini qabul qilgan paytlarda, ziyo fatlar chog'ida, shuningdek, harbiy mashqlar paytlari va yurishlarda Ulug'bekni ko'pincha ishtirok ettirgan.44 U nabirasini qilichboz sarkarda emas, balki buyuk donishmand olim bo'lib etishishini aniq bilgan va shu yo'lda unga rahnamolik qilgan. Ulug'bek yoshligidan ko'p kitoblarni mutolaa qilgan bo'lib, u ayniqsa, matematika, astronomiya ilmlariga qiziqdi. U bobosining xos munajjimi mavlono Badriddin bilan ko'p vaqtini o'tkazar, undan hisob va taqvimdan dars olar, ba'zi kechalari, qor tinib osmon yorishgan paytlarida yulduzlarning o'rni va harakatini kuzatish bilan mashg'ul bo'lar edi. Taniqli olim Bo'riboy Ahmedovning ma'lumotlariga ko'ra, mavlono Badriddin Samarqandda bo'lgan vaqtda Ulug'bekni Qo'ksaroydagi xos kutubxonasiga boshlab borib, kutubxonaga yangi kelib tushgan Abulqosim Firdavsiyning «Shohnoma»sini ko'rsatadi. Shu yerda mavlono Badriddin Ulug'bekka alloma al-Farg'oniy tarafidan bitilgan «Kitob fi javome' ilm an-nujum va usul al harakat as-samoviya» («Yulduzlar haqidagi ilm bilan osmon yoritgichlari harakatining asosini (bir-biriga), qo'shuvchi kitob»)ni ko'rsatadilar. 1411yilda 17yoshli Ulug'bek Mirzo Movarounnahr va Turkistonning hokimi etib tayinlanishi Temuriylar xonadonida uning mavqei naqadar yuksak ekanligidan dalolat beradi. Ulug'bek hokim bo'lgach, bobosidan farqli o'laroq harbiy yurishlar bilan kiziqmadi. Aksincha, u o'rta asrlardagi boshqa hokimlardan o'zgacha yo'l tutdi, ko'proq ilm-fanga moyil edi. Lekin, afsuski, Ulug'bekning boshlang'ich ma'lumoti va murabbiy hamda ustozlari haqida to'liq ma'lumotga ega emasmiz. Shunday bo'lsa-da, munajjim Mavlono Ahmad Ulug'bekning dastlabki ustozlaridan biri ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.03 MB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 21 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:25 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.03 MB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 21 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga