Modulli o'qitish texnologiyalarida o'quv jarayonini tashkil etish

Modulli o'qitish texnologiyalarida o'quv jarayonini tashkil etish

O'quvchilarga / Pedagogika
Modulli o'qitish texnologiyalarida o'quv jarayonini tashkil etish - rasmi

Material tavsifi

Modulli o'qitish texnologiyalarida o'quv jarayonini tashkil etish Reja: 1. Modulli o'qitish texnologiyalarining asosiy maqsadlari. 2. Modulli ta'lim texnologiyasi mohiyatini yorituvchi tushunchalar. Tayanch tushuncha va iboralar: o'quv maqsadlar, modulli o'qitishning bosh maqsadi, modulli ta'lim texnologiyalarining nazariy asoslari, modulli dastur, kompleks didaktik maqsad, o'quv elementi va b.k. o'qitishning istiqbolli tizimlaridan biri sifatida modulli ta'lim texnologiyalarida asosiy o'quv maqsadlar jumlasiga kuyidagilarni kiritish mumkin: - ta'lim oluvchining o'ziga mos suratda ishlashi; - ularga o'z imkoniyatlarini aniqlash; - ta'lim mazmunini o'zgaruvchan tarzda ko'rish; - uning turli turlari va shakllarini integratsiyalash; - o'quvchilarda mustaqil ravishda ta'lim olish ko'nikmalarini shakllantirish va ularning yuqori darajadagi natijalarga erishtirish. O'z-o'zidan ko'rinadiki, yuqoridagi bayon qilingan maqsadlarning oxirgisi modulli o'qitishning bosh, yetakchi maqsadi hisoblanadi. Modulli o'qitishning mazkur maqsadlarini samarali amalga oshirish fakat uni kontseptual g'oyalar, pedagogik-psixologik nazariyalar asosida kurgandagina sodir bo'lishi mumkin. Rus olimlari L.V. Zagrekova, V.V. Nikolinada «ta'lim nazarisi va texnologiyasi» kitobi modulli ta'lim texnologiyasining nazariy asoslarini kuyidagilar tashkil qiladi deb yozadilar: 1. aqliy faoliyatni bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasi. 2. Dasturlashgan ta'lim nazariyasi (o'quvchini faollashtirish g'oyasi, uning faoliyatini anikligi va izchilligi, o'zini-o'zi nazorat qilish, quvvatlab borish, o'quv-biluv faoliyatni individual tarzda ko'rish). 3. o'quvchilar o'quv faoliyatini boshqarishga kibernetik yondashuv. 4. ta'limni tabakalashtirish, optimallashtirish hamda muammoli, ta'limning nazariy g'oyalarini modulli o'qitish asoslarida, uni ko'rishning prinsip va qoidalarida, ta'lim metodlari va shakllarini tanlashda integratsiyalashuv. Modulli ta'lim texnologiyasi mohiyatini o'rituvchi tushunchalarga kuyidagilar kiradi: - modulli dastur; - kompleks didaktik maqsad; - integrallashgan didaktik maqsad; - xususiy didaktik maqsad; - o'quv elementi; - kirish nazorati; - joriy nazorat; - oralik nazorat; - umumlashgan (chiqish) nazorat. Modulli ta'limning mohiyati shundan iboratki, bunda o'quvchi modul bilan ishlashda o'quv-biluv faoliyatining aniq maqsadlariga mustaqil ravishda (yoki o'qituvchining bazi bir yordamida) erishiladi. Modul harakat rejasi maqsadini, axborotlar bankini; ko'yilgan didaktik maqsadlarga erishish bo'yicha metodik rahbarlikni o'z tarkibiga oladi. Shu boisdan xam modul o'quv-pedagogik adabiyotlarda modulli o'qitishning vositasi sifatida karaladi. Endi kimyo fani bo'yicha ishlab chiqilgan modul dasturini qarashga o'tamiz. «Uglevodlar»ning modulli dasturi (MD): - uglevodorodlar molekulalarining kimyoviy tuzilishi haqida; - ularning xususiyatlari: olish va ishlatish haqida; - yuqori molekulalar birikmasi (polimerpar) haqida bilimlarni egallash. Bunda o'quvchilar o'zlashtirib olishi shart bo'lgan bilimlarga kuyidagilarni kiritish mumkin: tenglamalarni yozishni va ayrim reaksiyalarni o'tkazishni, hozirgi zamon komenklaturasi asosida ayrim moddalarning nomlarini atashni, zarur hisoblashlarni o'tkazishni. Mazkur MD tarkiga 7 ta modul kiradi: MO - kompleks didaktik maqsad. M.1. etilen: tuzilishi, izomeriyasi, gomologik kator, xususiyati, olinishi, ko'llanilishi. M.2. - kauchuk - tabiiy polimer. M.3. - atsitilen - tuzilishi, xususiyati, olinishi, ko'llanilishi. Atsetilen va etilenni kiyosiy o'rganish. M.4. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.14 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:25 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.14 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga