Motivatsiyani boshqarish Reja: Motivlashtirish menedjerning asosiy funksiyasi sifatida. Xizmatchilar motivatsiyasini boshqarishning umumiy prinsiplari. tashkilotning motivatsion tabiati tushunchasi. boshqaruvda motivatsiya nazariyalari. ehtiyojlar ierarxiyasi motivatsiyasi. A.Maslouning ehtiyojlar piramidasi. tashkilotning zamonaviy nazariyasida xizmatchilarning motivatsion omillarga bog'liqligining ijtimoiy turlari. Kasbga yunalganligini baholash metodikasi (K.Tomas). «Shaxsning yunalganligi» metodikasi (V.Smeykal va M.Kucher). «Muvaffakiyatga erishuvga ehtiyoj» metodikasi (Yu.M.Orlov). Ijtimoiy faoliyatni tashkil etish va boshqarishda barcha imkoniyatlar tuplagan tajribalar, ishchi va mehnatkashlarning hamda rahbarlarimizning tafakkuri, ma'naviyati, milliy e'tiqodi mamlakat boyligi hisoblanib, shular orqali boshqaruv tizimini olib borish yaxshi natija beradi. Ijtimoiy faoliyat jamiyatdagi, jamoadagi, oiladagi yurish-turish tamoyillari inson aql-zakovatining yoki boshqacha aytganda tabiiy intellektning talablarini kondirish rahbarlar, mutaxassislar, oddiy xodimlar bilan munosabatda bo'lish, bir tizim doirasida faoliyat kursatayotgan odamlar orasida xam ijtimoiy, xam iqtisodiy, ruhiy tarbiyaviy munosabatlar urnatish kabi muhit bilan kurshovda bo'lishi kerak. yuqoridagilardan kelib chikkan holda ijtimoiy faoliyatda axloq, xulk kabi umumiy tushunchalarni ajratib qarash urinlidir. Xulk kishining jamiyatda yashab namoyon etadigan, shakllanadigan tushuncha bo'lib, u kishining yurish turishida, axloqida, munosabatida, xotirasida, tafakkurida namoyon buladigan ijtimoiy ongning bir ko'rinishidir. axloq jamiyatdagi, jamoadagi, oiladagi, yurish-turish tomiyillari yig'indisi. axloq davlat deganlari quvvatlab va kuzatib boradigan huquq me'yorlaridan farq qiladi. axloq jamiyatchilik fikriga va ta'siriga, e'tiqod,, an'ana va odatga, urf-odatga, kishining o'z xulk-atvorini boshqarishga tayyorligiga, mexribon va xushmuomalaligiga, ishda xamkasblari bilan madaniyatli muamalada bo'lishga, mehnat, ishlab chiqarish, moliya intizomlarini saqlash iga tayanadi. axloq kishining ogir sharoitda o'zini tuta bilishida, buysunuvchilariga topshiriq berayotganda xushmuomala bo'lishda, kul ostidagilarga nisbatan etiborli bo'lishda, ular muvaffakkiyatini o'z vaqtida takdirlashida o'z ifodasini topadi. O'zbekiston Respublikasining mustaqilligi uning fuqarolariga inson erkinligi huquqlaridan foydalanishga keng yul ochib berdi. ayniqsa, ijodkorlarga, ixtirochilarga, aqliy mulk egalariga kulay sharoitlar yaratdi. Ular o'z aql-zakovat mulkini: ixtirolari, ilmiy kashfiyotlari, texnologik yangiliklari, uslubiy ishlanmalarini tovar sifatida erkin sotish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Bu, bir tomondan, xalqimiz ichidan yangi ixtirochilar, ijodkorlarning usib chiqishiga xizmat kilsa, ikkinchi tomondan, ma'naviyat, ma'rifat, ilm-fan kabilarning o'sishiga imkoniyat yaratadi. Bugungi sharoitda boshqarish vazifasi kanchalik murakkabrok, tabakalashganrok bo'lgani sari, rahbarlik qilish oldida xar qanday vazifa ichida xam vazifalararo yo'nalishda xam boshqarishni takomillashtira olish vazifasi turadi. Natijada boshqarish vazifasidan asta-sekin boshqarishni takoimillashtirishning mustaqil vazifasi ajralib chikadi- bu vazifa moyillikdir, yani kishilar faoliyatini ruhiy yullar bilan maqsadga muvafiklashtirishdir. Bunda xodimni boshqarishning maqsadi samarali va maxsulida sxemalari uchun ularning kobilyatlarini kengaytirishdir. Demak, moyillik - kishi faoliyatini malum zur berish yoki kuch bilan majbur etishga, malum harakat qilishi natijasida va malum darajada katiyatlilik, halollik bilan maqsadlarga erishishga qaratilgan kuchlarning xammasidir. Zamonaviy boshqarish ma'rifatli, o'z kasbini keng va chuqur egallagan, yuqori axloq me'yorlariga amal qilishni talab etadi. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.81 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:25
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.81 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:25 ]
Arxiv ichida: doc