MTM tarbiyachilari kursi uchun

MTM tarbiyachilari kursi uchun

O'quvchilarga / Pedagogika
MTM tarbiyachilari kursi uchun - rasmi

Material tavsifi

MTM tarbiyachilari kursi uchun Reja: Jismoniy rivojlantirish bo'yicha amalga oshiriladigan ishlar. Nutqi va tafakkurini rivojlantirish Ma'naviy kamolatni ta'minlash. Jihoz: Plakatlar, rangli qalamlar, rangli qog'ozlar, rasm daftar, flamaster, kvadrat, doira, uchburchak shakllar. Dars usuli: Guruh tinglovchilarining uchburchak, doira, kvadrat shakllarini tanlashiga qarab 3 ta guruhchaga ajratiladi. Uchburchaklar maktabga tayyorlov guruh bolalarini jismoniy rivojlantirish bo'yicha: badan tarbiya, jismoniy tarbiya mashg'ulotlarida bolalarni nimaga o'rgatadi, qanday ko'nikma, malaka hosil qilishini himoya qiladi. Doiralar nutqi va tafakkurini rivojlantirish bo'yicha qanday bilim, ko'nikma va malaka hosil qilishni himoya qiladi. Kvadrat lar esa ma'naviy kamolatini ta'minlash bo'yicha himoya qiladi. Har qaysi guruh himoya qilishda tasviriy illustratsiya, reklama, narsalar tuzatish ko'rinishlaridan foydalanadi. Guruh chiqishlaridan keyino'qituvchi tahlil qiladi, qo'shimcha qo'shadi, to'ldiradi, xulosalaydi. Bolalarni jismonan rivojlantirish. Jismoniy mashqlarni mustaqil bajarishga o'rgatish jismoniy mashqlar jarayonida jarohatlanishning oldini olish maqsadida ularda ehtiyotkorlikni, o'z harakatini nazorat qila olish ko'nikmalarini tarkib toptirish. Bolalarni jismoniy tarbiya musoboqalari hamda harakatli o'yinlarga jalb qilish. Bolalarda chaqqonlik, jasurlik, topqirlik xislatlarini tarkib toptirish. Mustaqil tarzda jismoniy harakatlarni bajarishga odatlantirish. Buyruqqa (start, stop) asoslanib yugirishga o'rgatish. Uzluksiz 2-3 minut davomida yugurishga, 40-50 metr masofani 2-3 marta yugurib o'tishga o'rgatish. Xoda ustida o'tirib oldinga siljishga o'rgatish. Narvon yordamida tepaga chiqishga va pastga tushishga o'rgatish. Arqon yonida turib, uni mumkin qadar balandroqdan ushlash uchun intilishga o'rgatish. Arqonga osilib turishga o'rgatish, arg'imchoq uchishga o'rgatish. Og'irligi 1 kg gacha bo'lgan sport toshlarini yumalatishga o'rgatish. Cheklangan satr va chiziq bo'ylab yonma - yon qadam tashlab o'tishga, qiya qo'yilgan taxta ustidan yurib o'tishga o'rgatish. Bir oyoqda, qaldirg'och bo'lib turishga o'rgatish. Oyoq uchlari bilan buyumlarni qisib olib ko'tarish va pastga tushirishga o'rgatish. Og'il bolalar bilan Oq suyak, Quloq cho'zma, Eshak mindi kabi o'yinlarni o'rgatish, qiz bolalarni esa Sopalak, Xappak, Besh tosh, Cho'p qo'g'irchoq singari milliy o'yinlar o'ynashga jalb etish. Musiqa ohangiga mos harakat qilishga o'rgatish. Quvnoq va hazil musiqalarning ohangiga mos holda harakat qilishga, harakatlarni musiqa ostida boshlash va yakunlash, navbatma - navbat goh oyoq bilan, goh tovoni bilan qo'yish, oyoqlar bilan tappilatish, qadamma -qadam yurish, cho'kkalagan holda o'tirib musiqa ohangini qarsaklarda ifodalashga o'rgatish. Musiqa ohangiga mos ravishda qo'llarni harakattirishga o'rgatish. Bolalarni jismoniy rivojlanishini ta'minlash maqsadida quyidagi kuy va qo'shiqlar tavsiya etiladi. O'zbek xalq kuylari - Do'lancha, Andijon polkasi, Yallama yorim, Qori navo, Chertma, O'z o'zingni tanib ol, M.Ikramova - Ha, o'yna, o'yna, I.Akbarov - Ayiqlar raqsi, Q.Qodirov Marsh, N.Norxo'jayev - Kim chaqqon. Bolalarning jismoniy kamolatini ta'minlash maqsadida quyidagi harakatli o'yinlar tavsiya etiladi. Zag'izg'on, Kim uzoqqa sakraydi?, Kalit, Do'ppi yashirma, Chavandozlar, Chambarakni tushirish, Qushim boshi, Hamma o'z ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.55 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:25 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.55 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga