Muammoli o'qitish texnologiyasi

Muammoli o'qitish texnologiyasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Muammoli o'qitish texnologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Muammoli o'qitish texnologiyasi Reja: Muammoli ta'lim va uning o'ziga xosliklari Ta'lim jarayonida muammoli vaziyatlarni yaratish Ta'lim jarayonida murakkab masalalarni mustaqil izlash va xal etish. Muammoli o'qitish bu takomillashgan o'qitish texnologiyasidir. Hozirgi oliy maktabdagi samarador o'qitish texnologiyasi - bu muammoli o'qitishdir. Uning vazifasi faol bilish jarayoniga undash va tafakkurda ilmiy-tadqiqot uslubini shakllantirishdir. Muammoli o'qitish ijodiy, faol shaxs tarbiyasi maqsadlariga mos keladi. Muammoli o'qitish jarayonida talabaning mustaqilligi o'qitishniig reproduktiv shakllariga nisbatan tobora o'sib boradi. hozirgi pedagogikaga oid adabiyotlarda muammoli o'qitishning turli taorif va tavsiflar bor. Biznpngcha, nisbatan to'liq va aniq taorif M.I.Mahmudova tomonidan berilgan bo'lib, unda muammoli o'qitish mantiqiy fikrlar tadbirlari (ta'lil, umumlashtirsh) hisobga olingan o'rgatish va dars berish usullarini qo'llash qoidalari va talabalarning tadqiqot faoliyatlari qonuniyatlarining (muammoli vaziyat, bilishga bo'lgan qiziqish va talab) tizimi sifatida izoxlanadi. Muammoli o'qitishning mo'iyatini o'qituvchi tomonidan talabalarning o'quv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va o'quv vazifalarini, muammolarini va savollarini xal qilish orqali yangi bilimlarni o'zlashtirish bo'yicha ularning bilish faoliyatini boshqarish tashkil atadi. Bu esa bilimlarni o'zlashtirishning ilmiy-tadqiqot usulini yuzaga keltiradi. Ma'lumki, o'qitishning xar qanday asosida inson faoliyatining muayyan qonuniyatlari, shaxs rivoji va ular negizida shakllangan pedagogik fanning tamoyillari va qotidalari yotadi. Insonning bilish faoliyati jarayonni mantiqiy bilish ziddiyatlarini xal qilishda oboektiv qonuniyatlari didaktik tamoyillarga tayanadi. O'qitishshshg hozirgi jarayoni ta'lili psixolog va pedagoglarning fikrlash muammoli vaziit, kutilgan xayrat va ma'liyo bo'lishdan boshlanadi, degan xulosalari haqiqatga yaqin ekanligini ko'rsatadi. O'qitish sharoitida insonning o'sha psixik, emotsional hissiy holati unga fikrlash va aqliy ishlash uchun o'ziga xos turtki vazifasini bajaradi. Muammoli vaziyat muayyan pedagogik vositalarda maqsadga muvofiq tashkil etiladigan o'ziga xos o'qitish sharoitida yuzaga keladi. SHuningdek, o'rganilgan mavzular xususiyatlaridan kelib chiqib, bunday vaziyatlarni yaratishning maxsus usullarini ishlab chiqish zarur. SHunday qilib, o'qitishda muammoli vaziyat shunchaki fikr yo'lidagi kutilmagan to'siq bilan bog'langan aqliy mashaqqat holati emas. U bilish maqsadlari maxsus takozo qilgan aqliy taranglik holatidir. Bunday vaziyat negizida avval o'zlashtirilgan bilim izliri aa yangi yuzaga kelgan vazifani xal qilish uchun aqliy va amaliy harakat usullari yotadi. Bunda xar qanday mashaqqat muammoli vaziyat bilan bog'liq bo'la bermasligini taokidlash o'rinli bo'ladi. Yangi bilimlar avvalgi bilimlar bilan bog'lanmasa, aqliy mashakqat muammoli bo'lmaydi. Bunday mashaqqat aqliy izlanishni kafolatlamaydi. Muammoli vaziyat xar qanday fikrlash mashaqqatlaridan farq qilib, unda talaba mashaqqat talab qilgan oboekt (tushuncha, fakt)ning unga avval va ayni vaqtda ma'lum bo'lgan vazifa, masala bo'yicha ichki, yashirin aloqalarini anglab yetadi. SHuiday qilib, muammoni xosiyatining mohiyati shundaki, u talaba tanish bo'lgan ma'lumotlar va yangi faktlar, hodisalar (qaysiki, ularni tushunishi va tushuntirish uchun avvalgi bilimlar kamlik qiladi) o'rtasidagi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.7 MB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:26 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.7 MB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga